Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
164 ketgan ko‘zlarida aks etdi. — Sen ham kuyganlardan ekansen, shoirliginga tan berdim! Agar shu shoirliging bo‘lmasa, seni rahmatlik otamning qasdiga itlarimga talatib yuborar edim! Xayr, shoir, omon bo‘l! Cho‘pon itlarini ergashtirganicha chag‘atda yoyilib yurgan qo‘ylariga qarab ketdi. Bobur shu kuni Osmon Yaylovdan Dahkatga qanday tushib kelganini bilmaydi. U mash’um o‘tmishidan osonlikcha qochib qutulolmasligini, yomon beklar Boburning nomidan qilgan zolimliklarni odamlar undan ko‘rishini o‘ylab, vujudini yangi bir bezovtalik chulg‘ab oldi. Yoshlikda beklarning ra’yiga qarab qilgan xatolari boyagi ikkita vahimali itning qiyofasiga kirib, hali ham ketidan quvib kelayotganga o‘xshardi. Dahkatda esa uni yana bir tahlikali xabar kutib turardi. Shayboniyxon qo‘shinlari O‘ratepaga yetib kelgan, shaharga bozor qilish uchun borgan dahkatlik kadxudoni xon kishilari tutib olib kaltaklashgan. — Bobur yashirinib yurgan joyini ko‘rsatasan! — deb talab qilishgan edi. Yuzlari qamchi izidan qontalash bo‘lib shishib ketgan ellik yoshlardagi kadxudo tojikchalab: — Men mehmonimni tutib beradigan ablah emas!— dedi Boburga — Yovlaringizni Oqtangi degan daraga boshlab borib, adashtirib, o‘zim tog‘ma-tog‘ qochib keldim! Oqtangi Dahkatdan o‘ttiz chaqirimcha g‘arbda edi. Xonning iskabtoparlari bugun bo‘lmasa, ertaga bu yerlarga yetib kelishi muqarrar. Shayboniyxon Boburning boshini kesib kelganlarga katta oltin va’da qilgan. Ichki hovlidan Qutlug‘ Nigor xonim chiqdi: — Boburjon, hammamiz najotni sizdan kutmoqdamiz! Darvishona yurishlarni endi bas qiling. Hamma sizni quvg‘indagi shoh deb bilur, boshqa gapga hech kim ishonmagay. Xon kishilari ham sizni taxtga da’vo qilishi mumkin bo‘lgan bir shahzoda deb izlab yururlar. Dahkatliklar ham shuncha vaqt bizga nonu tuz berdilar. Endi bu qishloqni xavf- xatardan qutqarish ham sizning burchingizdir, jonim! Bobur agar yov bilan bu yerda to‘qnashsa, qishloq oyoqosti bo‘lishini o‘yladi. Bu yerda u bilan birga yurgan onasini, bek va navkarlarini yovdan omon saqlash uchun ham, o‘zi boyagi cho‘ponga o‘xshash qasoskorlarning tasodifiy qurboni bo‘lib ketmasligi uchun, dahkatlik kadxudoning tuzini oqlash uchun ham Bobur yana qaytadan qurol-yarog‘ taqishga va odamlariga boshchilik qilishga majbur ekanini, hozir shundan boshqa iloji yo‘qligini his qildi-yu, og‘ir «uh» tortdi: — Shohlik taqdirimdan yalang oyoq qochib qutulolmas ekanmen! Janob Sherimbek! Siz endi Qosimbekning o‘rnida amiral umarosiz! Boburni o‘n ikki yoshida Olatog‘ tomonlarga olib qochib ketib qutqarmoqchi bo‘lgan keksa Sherimbek tog‘oyi quvonib ta’zim qildi: — Inoyatingizdan sarafrozmen, amirzodam! — dedi.— Buyuring! — Odamlarimizning barchasiga amrimizni yetkazing. Ko‘ch-ko‘ronni yig‘ishtirsinlar! Shu bugun kechasi Dahkatdan jo‘nab ketgaymiz! — Muborak buyrug‘ingiz alhol ado etilur, amirzodam! Yana zirhli kiyimlar kiygan, qurol-yarog‘ taqqan Bobur o‘sha kecha tog‘dan-toqqa oshib kun chiqish tomonga — Isfaradan naridagi So‘xga qarab ketdi. 4 Tog‘dan tushib kelayotgan So‘x soyi toshlarga bosh urib shovullaydi. Bobur archazor so‘qmoqdan Oynatog‘ tomonga ko‘tarilib boradi. Tog‘larda ko‘p yurib har qancha chiniqqan bo‘lsa ham, tik so‘qmoq yo‘lda hansirab qoladi. Oynatoqqa yetguncha ikki-uch |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling