Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
o‘qib hazrati Alisherni saroylariga chaqirmishlar, butun a’yonlari oldida tabrik aytmishlar. 
Sulton Husaynning yaxshi ko‘rgan bebaho bir oq otlari bor edi. Miroxo‘rga: «O‘shal otni 
keltiring!» — deb buyurmishlar. Mir hazratlari hayratga tushib: «Menga ot in’om qilmoq-
chilarmi? — deb o‘ylamishlar. Otni keltirgunlaricha podshoh Mir Alisherga qarab: «Endi 
siz she’riyatda menga ustoz pirsiz, men sizga murid bo‘lmoqchimen», deganlar. Mir 
Alisher iztirob bilan e’tiroz qilganlarki: «Hazratim, siz podshohdirsiz, sizga men murid 
bo‘lmog‘im kerak». Shu asnoda oq otni oltin anjomlari bilan keltirurlar. Sulton Husayn 
kulib turib so‘rabdilar: «Murid pirning amrini bajarmog‘i kerakmi?» Mir Ali-sher, albatta, 
tasdiq javob bermishlar. Shunda podshoh u oliy zotga aytmishlarki: «Bo‘lmasa, mana 
shul otga mining!» Shohning amri vojib. Mir Alisher otga yaqinlashurlar. Oq otning bir 
fe’li bor ekan: Sulton Husayndan boshqa odam minmoqchi bo‘lsa, belanglab qo‘ymas 
ekan. Mir Alisher yaqinlashganda ot belanglashga tushmish. Shunda Sulton Husayn otni 
jilovidan olib: «Tinch tur!» — deb o‘shqirurlar. Ot tinchlangach, hazrat Mir unga 
minurlar. Saroy ahli: «Endi nima bo‘larkin?» deb nafaslarini ichlariga olib sukutga ket-
mish. Sulton Husayn otning jilovini ilklaridan qo‘ymay hovli bo‘ylab yurib ketmishlar. 
Hamma hayron. Shunda podshoh ot ustidagi hazrat Alisherga ayturlarki: «turkiy tilda 
birinchi bo‘lib yozgan ulug‘ «Xamsa»ngiz uchun mendek Sulton Sohibqiron sizga jilovdor 
murid bo‘lsa arzir!» Saroy ahli bu so‘zni eshitib, lol bo‘lib qolmish. Hazrat Alisherning 
o‘zlari shu darajada mutaassir bo‘lmishlarki, hushlaridan ketib qolmishlar. Keyin 
mulozimlar chopib borib hazratni otdan tushirib olmishlar... Ana, amirzodam... 
— Fikringizga tushundim, mavlono, — dedi Bobur o‘ychan tovush bilan. — Qayerdaki 
iste’dodlarga baxillar zavol keltirolmasa-yu, saxiylar yo‘l ocha olsa, o‘sha joy bugungi 
Hirot kabi kamolot cho‘qqisiga ko‘tarilar ekan. 
Xondamirning ko‘nglidagi gapni Bobur bunchalik yaxshi topib aytgani mavlonoga g‘alati 
ta’sir ko‘rsatdi. Xondamir Boburda o‘zining maslakdoshini topganday quvonib: 
— Tasanno, amirzodam! — dedi. — O‘shal ulug‘ zotlar davrida Hirotning kamolot 
quyoshi osmonning eng baland nuqtasiga chiqqani rost! Lekin... afsuski, quyosh eng 
baland nuqtadan so‘ng pastga og‘ar ekan. So‘nggi yillarning mudhish voqealarini ko‘rib, 
qalbimni bir vahm titratur: «Hirotning tole quyoshi asta-sekin og‘ib tushmasdan, birdan 
zulmat qa’riga qulab ketsa... unda ne qilg‘aymiz? 
Xondamir Movarounnahrdagi to‘polonlar va qir-g‘inlar Shayboniyxonning qo‘shini bilan 
birga Hirotga ham yaqinlashib kelayotganini sezgani uchun shu iztirobli savolni bergan 
edi. Uning nazarida, bu savolga Shayboniyxon bilan yuzma-yuz olishgan Boburgina 
javob berishi mumkin edi. 
— Iztirobingiz bejiz emas, mavlono, — dedi Bobur.— Hirotdagi bugungi osoyishtalik 
dahshatli to‘fon oldidan bo‘ladigan muvaqqat sokinlikni eslatur. Toshkent ham men 
so‘nggi marta borganimda, xuddi hozirgi Hirotga o‘xshar edi. Men ming balolarni 
boshdan kechirib, jahannam qa’ridan chiqib borgan edim. Marhum tog‘oyim 
Mahmudxonga: «Bu balolar sizning ham boshingizga tushmasin, birga chora topaylik», 
deganimda istehzo qilib kulgan edi. Rahmatlik siz aytgan iste’dodsiz, layoqatsiz 
tojdorlardan edi... Xiyla baxilligi bor edi... Mahmudxon axiri Shayboniyxonning oyog‘i 
tagida qandoq toptalganligi ma’lumingizdir. 
— Nahotki, o‘sha hodisalar Hirotda yana takrorlansa, amirzodam? 
Bobur Hirotning shimol-g‘arbida g‘ubor ichida ko‘rinayotgan Soqi Solmon cho‘lining xira 
ufqiga tikilib, o‘ylanib qoldi. U Hirotga temuriylarning boshini qovushtirib, 
Shayboniyxonga qarshi mustahkam ittifoq tuzish uchun kelgani, bu mavzuda qariyb 
yigirma kun-dan beri muzokara borayotgani Xondamirga ma’lum edi. Bobur tezda javob 
beravermagach, Xondamir andisha qilib dedi: 
— Amirzodam, muzokaralar maxfiy bo‘lsa, faqir davlat sirlarini bilishga haqqim yo‘q. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling