Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
230 Ismoil in’om qilgan o‘sha mashhur dastorni taxtga chiqqanda boshiga kiyib ko‘rinish berdi. So‘ng Shoh Ismoilning tamg‘asi bilan bir necha ming tanga pul zarb qildirib, bu pullarni qizilboshlarning o‘zlariga tarqatdi. Shu munosabat bilan shaharu qishloqlarda har xil mish-mishlar avvalgidan ham ko‘payib ketdi. Go‘yo afsonaviy kitoblarda bitilgan Ya’juj-Ma’jujlar mana shu qizilboshlar emish. Bobur qizilboshlarning sallasini Ko‘ktoshga kiyib chiqqanda muqaddas toshning bir cheti yorilib ketgan emish. Endi Shoh Ismoil Samarqandga kelib mana shu Ko‘ktoshga chiqarmish. O‘shanda qiyomat-qoyim boshlanarmish. Shayboniyzodalar Samarqandda qoldirib ketgan mulla va darvish kiyimidagi xufiyalar mahalla-kuylarda, bozorlarda vahimali ovozalar tarqatib, shia-sunniy nizolarini mumkin qadar alangalantirishga tirishar edilar. Bozorda narx-navo oshib ketayotganini ham shialarning kasofatidan ko‘rayotgan omi kishilar qizilboshlarga nafrat bilan qarar edilar. Bitimdagi shartlar bajarilgandan keyin qizilboshlar yurtlariga qaytib ketishga hozirlana boshladilar. Ularning besh-oltitasi Samarqandning Chorsusidagi atlas do‘koniga sovg‘a sotib olish uchun keldi. Bozor kuni. Chorsuda odam juda ko‘p. Qizilbosh navkarlar yetti xil rang bilan tovlanayotgan Samarqand atlasiga xaridor bo‘lib qolishdi. Mulla yoqa ko‘ylak kiygan semiz bazzozga qarab, to‘rt kiyimlik atlas kesishni buyurishdi. Bazzoz yog‘och gazni qo‘liga oldi-yu, qizilbosh nav-karlarga istehzoli ko‘z tashlab: — Avval pulingni ko‘rsat, — dedi. — Aqchang qandoqa? Tangang? Katta cho‘girma kiygan bir yigit charm hamyonidan uch-to‘rtta kumush tanga olib, bazzozga berdi. Bazzoz tangalarning old tomoniga Shoh Ismoilning tamg‘asi orqa tomoniga shia imomlarining nomi zarb berilganini ko‘rdi-yu, qo‘rqib ketdi. U sunniy mullalarning: «Shia puli harom, uni olgan odam choryorlarning qarg‘ishiga uchraydi», degan gaplarini eshitgan edi. Shuning uchun qo‘liga tangani emas, zaharli chayonlarni olganday jirkanib va shoshib tangalarni egasiga qaytardi. Beliga qilich va xanjar taqqan devqomat qizilbosh navkar avval kaftidagi yangi kumush tangalarga, so‘ng bazzozga taajjub bilan tikildi. — Ne o‘ldi?! Bu oqchada ne illat va-ar? — Bizda bu tangalar o‘tmaydi. Hech kim olmaydi. — Nechun olmassan? Nechun? — kuyib-pishib so‘radi qizilbosh navkar. — O‘tmaydi. — Nechun o‘tmas?! Bu savolga chetroqda turgan bezorinamo bir yigit javob berdi: — Kelgindilarning puli harom! — Harom?! — deb qizilbosh navkar haligi yigitga qarab intildi. Ammo u yigit o‘zini bozor to‘la xaloyiqning orasiga urdi. Shunda do‘konlar orasidan kimdir qizilbosh navkarga tosh otdi: — Rofiziylar, ket yurtingga! — degan tovush eshitildi. Ko‘zlaridan olov chaqnayotgan ikkinchi qizilbosh bazzozdan tahdid bilan cho‘zib so‘radi: — Bizim aqchani olmas-sa-an?! Bazzoz endi uning g‘azabidan qo‘rqib, muloyimroq gapirdi: — Olsam, kuygaymen, mehmon. Biz eski aqchada savdo qilishga o‘tganmiz. — Eski aqcha? Shayboniyxonning aqchasi kerakmi? Hozir Samarqand bozorida chindan ham Shayboniyxon chiqargan tangalar yaxshi o‘tardi. Bu tangalarga sunniylar sig‘inadigan choryorlarning nomi bitilgan edi. Savdogarlar uchun bundan ham muhimi — Shayboniyxon tangalarining vazni og‘irroq, demak, qiymati balandroq edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling