Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
259 xalaqit berishi mumkin bo‘lgan mirzo Komron va mirzo Askariylarning Qandahorga jo‘natilishi Mohim begimni qiynab yurgan ishkal tugunni birdan yechib yuborgandek yengillik berdi: — Hazratim, inoyatingizdan boshim ko‘kka yetdi! Ammo bilursizki, ojizangiz hokimlikka tashna emasmen. — Kimki hokimlikka tashna bo‘lmasa, men o‘shal zotga ko‘proq ishonib hokimiyat bergaymen. Barcha tashqi ishlarga Qosimbek mutasaddi bo‘lg‘ay. Hindol yoningizda. Siz uning nomidan ham amru farmon bersangiz, shariatga mos kelur. Mohim begimning boyagi iztirobli o‘ylari bir lahzaga bo‘lsa ham xayolidan uzoqlashdi. Boburning katta ishonchi qalbiga shunchalik yoqib tushgani begimning o‘zini ham xiyol taajjublantirdi. Qandahorga hokim bo‘lish Komron mirzoga ham yoqib tushishini o‘yladi. Bobur ikki tomonni ham tinchitadigan nozik bir siyosat yurgizayotganini begim endi sezdi. Odamlardagi ichki manfaat tuyg‘usini bexato topib, shu tuyg‘uga suyangan holda ularni mohirona boshqara bilish katta bir san’at ekani, Bobur yillar davomida mana shu san’atni qanchalik yaxshi egallaganini begim hozir juda yaqindan ko‘rdi va go‘yo o‘z tajribasidan o‘tkazdi. Komron mirzoni Qandahorga jo‘natish, Mohim begimga Kobul ixtiyorini berish boshqa ko‘p amiru beklarning ko‘nglidagini topib, o‘rinlarini almashtirish — bu hammasi shatranj donalarini ularga juda mos keladigan bir mahorat bilan surish va o‘rinlarini almashtirishga o‘xshab ketardi. Shunday bo‘lsa ham Bobur Mohim begimning ko‘nglidagi eng nozik dardni payqab, uni kundoshi Gulruh begimning qo‘li yetmaydigan yuksak martabaga munosib ko‘rgani behad yoqimli edi. — Hazratim, sizning ulug‘ ishonchingiz mening tanimga yangi bir jon ato qildi! Biroq... ne qilayki, men dunyodagi barcha ne’matlardan, hatto o‘z jonimdan ham siz bilan Humoyunni ortiq ko‘rurmen. Siz hozir rahnamolik san’atida benazirsiz. Shunday bo‘lsa ham fotihlarning g‘animi ko‘p bo‘lur. Hindda beadad el. Beadad yog‘iy. O‘ylasam vahmim kelur! — Jang xatarsiz bo‘lmas. Siz muncha iztirobga tushmoqdasiz, Mohim? Sizga ne bo‘ldi? — Men Humoyun uchun ham iztirob chekmoqdamen... Hech bo‘lmasa Humoyun Kobulda qolsin, sizdan o‘tinamen, hazratim! Bobur Mohim begimga endi ozorlanib ko‘z tashladi: nahotki u «erim xatarli jangda o‘lsa ham o‘g‘lim yonimda tirik qolsin» demoqchi? — Humoyun taxt vorisi, — dedi Bobur ranjigan tovush bilan. — Shuning uchun qo‘shinda men bilan birga borishi shart... Eskidan odat shundayligini nechun unutdingiz? Bu odatning ma’nosi shu ediki, agar uzoq yurtdagi jangda podshoh halok bo‘lsa, taxt vo- risi darhol qo‘shinga bosh bo‘lishi kerak edi, aks holda, qo‘shin boshqa da’vogarlar tomoniga o‘tib ketishi mumkin edi. Bobur bu odatni eslatish bilan «men agar olamdan o‘tsam, o‘rnimga Humoyun qolishini istab, uni birga olib ketmoqchiman», demoqchi edi. Mohim begim Boburning gapidagi bu ma’noni fahm-ladi-yu, iztirobi battar oshdi. Nazarida, Bobur Hindistondan umrbod qaytib kelolmaydiganday, oldindagi yurish «borsa kelmas» yurish bo‘ladiganday tuyuldi. Mohim begimning yuragi ezilib, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. — E xudoyim! Dunyo nechun bunday beomon yaratilgan? Qachon bexatar kunlarga yetgaymiz? Bobur jim edi. _______________ * O d i n a p u r — Afg‘onistonning janubidagi shahar, hozirgi Jalolobod. Norinj— apelsin. * Oldinroqqa ketib aytish mumkinki, Mohim begim Gulbadanni chindan ham Bobur nasri ruhida tarbiyaladi. Gulbadan begim voyaga yetganda «Boburnoma»ning eng yaxshi fazilatlaridan ibrat olib, o‘zining mashhur «Humoyunnoma» asarini yozdi. O‘sha zamonlarda ayollarni kamsituvchi diniy aqidalarga qarshi borib yozilgan «Humoyunnoma» tariximizning nodir madaniy obidalaridan biriga aylandi. * I b r o h i m L o d i — afg‘on qabilalaridan chiqqan podsho. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling