Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
264
yuz mingga yaqin askar va bir yarim ming harbiy fil bilan Agra tomonidan yaqinlashib 
kelmoqda edi. Ibrohim Lodi shu fillari va askarlari bilan bultur Dehli bo‘sag‘asida 
Olamxon, Dilovarxon va boshqa dushmanlarining qirq ming kishilik qo‘shinini tor-mor 
keltirgandi. Boburning qo‘shini esa o‘n ikki mingdan oshmas edi. Yovning son jihatidan 
beqiyos darajada ustunligi ko‘pchilik bek va navkarlarning qalbiga g‘ulg‘ula solar edi. 
Agar mag‘lub bo‘lishsa, atrof hammasi notanish yerlar, begona yurt, qayerda jon 
saqlashadi? 
Ichki beklar orasida yurgan Tohir ko‘proq Boburning harbiy tajribasiga va usta Aliqul 
boshliq to‘fangandozlar va to‘pchilarning qurollariga umid bog‘lagan edi. Jahonda hali 
juda kam tarqalgan bunday qurollar Ibrohimning qo‘shinida yo‘q edi. Bobur o‘zida yo‘q 
harbiy fillar hujumini mana shu qurollar kuchi bilan bartaraf qilish fikrida ekanini Tohir 
bilar edi. 
Ular Panipat shahri bilan Jamna daryosining oralig‘idan to‘fang va to‘p otish uchun qulay 
bo‘lgan bir joyni topishdi-yu, yaqin-yiroqlardan olib kelingan barcha aravalarni yarim 
doira shaklida saf qildirishdi. Yetti yuzdan ortiq arava bir-biriga zanjirday mahkam 
tirkishlar* bilan bog‘landi. Aravalarning oldi va oralariga yoy o‘qi o‘tmaydigan temir 
qalqonlar o‘rnatildi. To‘fangandozlar va to‘pchilar shu qalqonlar ortiga bekinib o‘q otishni 
mashq qildilar. 
Aravalar baland bir tepalikning etagiga — oldi nishab joyga keltirildi. Ular o‘z-o‘zlaridan 
yurib ketmasligi uchun g‘ildiraklarning tagiga yog‘och to‘siqlar tirab qo‘yildi. 
Harbiy mashqlar o‘tkazilgan kuni Bobur aravalar ortidagi tepalikda otliq turib, g‘ildiraklar 
oldidagi yog‘och to‘siqlarni birvarakayiga olishni va barcha aravalarni barobar yurgizib 
ko‘rishni buyurdi. 
Mulozimlar qatorida yurgan Tohir aravalar safining narigi chetiga ot choptirib borib, 
sarkardaning buyrug‘ini Mustafo to‘pchiga yetkazdi. Hamma piyodalar, to‘pchilar, 
zarbzan va barqzanlar* buyruqni bajarishga hozirlandilar. Hammaga ko‘rinadigan joyda 
turgan usta Aliqul: 
— Aravalar surilsin! — deb qichqirdi. 
Aravalar ba’zisi hadeganda o‘rnidan jilmadi, ba’zilari esa birdan tezlab ketdi. Aravalar 
safi egri-bugri bo‘la boshladi, ora-oraga bog‘langan tirkishlardan bir qanchasi uzildi, 
temir qalqonlar qulab tushdi. 
— To‘xtang! — buyurdi Bobur. — Mashqni takrorlating, janob Aliqulbek, toki birorta 
tirkish uzilmasin, birorta qalqon ham qulamasin! 
Odamlar terlab-pishib aravalarni yuqoriga sudrab chiqa boshladilar. 
Bu og‘ir ishdan ba’zi navkarlar o‘zlarini chetga olsa, o‘nboshilar ayamay so‘kar, hatto 
urar edilar. 
— Mashq paytida navkarni ayamang, — dedi Bobur Aliqulbekka. — Hozir ayasangiz 
jangda mag‘lub bo‘lib o‘lib ketur. 
Bobur tepalikdan tushib, daryo tomonga yo‘l oldi. U yoqda fil o‘tolmaydigan chuqur
xandaqlar qazilgan, endi ba’zi joylarga shox-shabba bosib, ihota yasashmoqda edi. 
Xizmati yuzasidan Boburga ergashib, uni qo‘riqlab yuradigan Tohir xandaqlar va shox-
shabbalarga qarab o‘zicha o‘ylandi: «Shuncha tayyorgarliklarga yarasha yog‘iy 
to‘g‘rimizdan kelsa yaxshi-ya! Agar shaharni aylanib o‘tib orqadan kelsa hammasi 
behuda-da!» 
Biroq shaharning narigi tomoniga borib kelgan chig‘dovullar u yoqdagi botqoqlik va 
changalzorlardan katta qo‘shin o‘tolmasligini aniqlab keldilar. O‘ng tomonda Jamna 
daryosi. Chapda Panipat shahrining aholisi tig‘iz mahallalari. Ibrohim Lodi bu 
mahallalarni qo‘shiniga toptatib, shahar oralab kelmas. Demak, uni faqat to‘g‘ridan 
kutish mumkin. Lekin salkam o‘n barobar katta kuch bilan kelayotgan yovga bu 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling