Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
284
Bobur otdan tushdi-yu, daryoda langar tashlab turgan «Osoyish» nomli ikki oshiyonlik 
muhtasham kemani Xo‘ja Kalonbekka ko‘rsatib hazillashdi: 
— Hozir sizga mana bu istiqbol muntazir! Yuring! 
______________ 
* A sh o r a — javzo oyiga to‘g‘ri keladi. Hindistonda yoz fasli bahorda hut oyidan boshlanib, to‘rt oy davom etadi. Keyin «Pashkol» deb 
ataladigan yomg‘irlar fasli boshlanib, bu fasl mezon oyigacha davom etadi. 
* B o d i s a m u m — eng issiq garmsel shamol. 
* V o y i n — katta hovuz. 
* Ya ’ n i Sharafiddin Ali Yazdiy. 
* B i r p a x r a — to‘rt soat.
* * * 
Qayiqlarga minib kemaga yetganlarida Bobur Xo‘ja Kalonbekni kemaning tumshuq 
tomonidagi xonai xosga boshladi. Kema daryo bo‘ylab suzib borar ekan, suvning shamoli 
eng avval shu xonaga tegar va ajib bir salqinlik berar edi. 
Savdarlar daryoda sovitilgan norinj va limu* sharbatidan keltirdilar. Xo‘ja Kalonbek 
muzday norinj suvidan bir chini kosa sipqardi-yu, nafasini sal rostlab, Boburning yuziga 
qaradi. 
— Hazratim, siz ham qorayib juda ozib ketibsiz,— dedi. — Bizga bildirmaysizu, lekin ne 
chog‘lik qiynalib yurganingizni boshqalar sezmasa ham men payqaymen. 
— Ha, endi... Siz bilan biz o‘ttiz yildan beri birgamiz. Ne ranju ne mashaqqatlarni 
boshdan kechirmadik! O‘shal g‘amu alamlarga nisbatan hozirgi azoblarimiz — davosini 
topsa bo‘ladigan dardlar-ku. 
Xo‘ja Kalonbekni yana ter bosdi. U qo‘ynidan ipak ro‘molcha olib, peshonasidan ko‘ziga 
oqib tushgan terlarini artar ekan: 
— Afsuski, yoshim ketib qoldi, — dedi. — Yigitlikda issiq-sovuqni farq qilmas edik. Hozir 
ellikdan oshdik... Sezib turibmenki, Hindning bodi havosidan bir haftada bir yoshga 
qarimoqdamen. Eski beklardan Qosimbek qavchin bor edi. Bu yil keksayib, dunyodan 
ko‘z yumdi. Bu ahvolda men ham ko‘pga bormasmen, hazratim! 
— Unday demang, janob Kalonbek. Issiqqa ham odatlanurmiz. 
— Movarounnahrday salqin o‘lkalardan chiqqan odam hind issig‘iga o‘rganishiga aqlim 
bovar qilmaydir! 
— Nechun! Asli Shahrisabzning lochin urug‘idan bo‘lgan Xisrav Dehlaviy Hindda yetmish 
yil umr ko‘rmish. Bunisiga ne deysiz? 
Xisrav Dehlaviy — Xo‘ja Kalonbekning sevimli shoirlaridan edi. Dehlidan o‘tganlarida 
Kalonbek ham Bobur bilan birga Xisrav Dehlaviyning Nizomiddin Avliyo maqbarasiga 
qo‘yilgan qabrini ziyorat qilgan edi. O‘sha yerda Kalonbek Dehlaviyning «Ro‘y ba Hind 
ovardoni sohibdilon bechiz nest!» degan mashhur satrini eslagan, «biz ham endi Hindga 
kelgan sohibdillardanmiz» degandek mag‘rurlangan edi. U paytda hali issiqning tafti 
bunchalik baland emas edi. Xo‘ja Kalonbekning Hindistondan qaytib ketish istagi ham 
hozirgichalik kuchli emas edi. Bobur Dehlaviyni eslatish bilan Kalonbekning avvalgi 
ahdida turolmayotganini aytmoqchi edi. 
Xo‘ja Kalonbek buni payqab, tomoq qirdi: 
— Hazratim, Dehlaviy ulug‘ odam bo‘lgan, — dedi.— Mening ulug‘ odamlarga 
tenglashadigan qudratim yo‘q ekan... 
— Siz yana avvalgi e’tiqodlaringizga zid gapirmoqdasiz. Maqsad ulug‘ odamlarga 
tenglashmoq emas, balki ularning nek ishlarini davom etkazmoq edi-ku. Bizni maftun 
qilgan hodisa — Xisrav Dehlaviyning qalbida turkiy ulusning qudrati bilan hind elining 
dahosi bir-biriga payvand bo‘lib, ulug‘ natija berganligi emasmidi? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling