Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
287
ketgaymen, bunga ishoning! 
Bobur Hirotga, Tabrizga, Balxga, Andijonu Toshkentga odamlar yuborgan, «kimda-kim 
bizga xayrixoh bo‘lsa Hindistonga kelsin, ulufalar berurmiz, ne istaklari bo‘lsa ado 
eturmiz» degan qadag‘a*lar yo‘llagan edi. Kobuldagi dorug‘alar keluvchilarning sarfu 
xarajatlari uchun maxsus mablag‘lar olgan edilar. 
— Bo‘lmasa, siz ham... qaerdaki qizilboshlar bilan shayboniyzodalardan bezgan olimu 
hunarmand, beku navkar ko‘rsangiz, bizning nomimizdan ayting, kelsinlar!— dedi u 
Xo‘ja Kalonbekka. 
— Jonim bilan ayturmen, toki mendek ketganlarning biri o‘rniga yuzi kelsin! 
Xo‘ja Kalonbek Boburga bu gaplarni chin dildan aytganday ko‘ringan edi. Ammo 
Hindistondan ketishga ijozat olgandan keyin Boburga o‘zini ayanch ko‘rsatib yalingani 
uchun alami keldi. U bek do‘stlari oldida ichgan qasamini qoyillatib bajarganini hammaga 
namoyish qilgisi, Hindda qolayotganlarni kuydirib ketgisi keldi-yu, Agrada yashagan 
uyining devoriga bir bayt she’r yozib qoldirdi: 
Agar bayxayri salomat guzar zi Sind kunam, 
Siyoro‘y shavam, gar havoyi Hind kunam*. 
Xo‘ja Kalonbekning uyiga ko‘chib o‘tgan Hindubek bir kun kechki payt bu she’rni yozib 
kelib Boburga ko‘rsatdi va baytni o‘qigan odamlar hamma joyda shov-shuv gap qilib 
yurganini aytdi. 
Bobur Xo‘ja Kalonning «Hech kim menga ergashmaydigan qilib ketgaymen!» degan
so‘zlarini esladi-yu: 
— Bu kudurat nechun? — deb hayron bo‘ldi. — Nahotki, Xo‘ja Kalon boshqa beklarning 
ham Hinddan ketishini istasa? 
Bilmadim, bu yerda qolgan beklarning fidoyiligi Xo‘ja Kalonbekning alamini 
keltirganmi? 
— Ha, o‘zi shunday fidoyi bo‘lolmaganining alami bu! — dedi Bobur va qarsak chalib 
munshini chaqirdi. 
Munshi kelguncha o‘rnidan turib, xonai xosning u burchagidan-bu burchagiga asabiy bir 
tarzda borib keldi. Bir ko‘ngli Xo‘ja Kalonning ketidan chopar yuborib, uni G‘azni 
hokimligidan bekor qilishga moyil edi. Lekin shuncha yillik qadrdonidan ayrilish, keyin 
G‘aznidagi vayron bo‘lib yotgan bandni tiklash uchun yana boshqa odam izlash tashvishi 
uni bu fikrdan qaytardi. 
Nima qilish kerak? Xo‘ja Kalonning she’ri Hindistondan ketgisi kelib yurgan beku 
navkarlarni battar qo‘zg‘atib qo‘yishi aniq. Agar bu bayt uchun Xo‘ja Kalon jazolansa
she’rning ta’siri yanada oshishi aniq. 
— Bu bayt devorga yozilganicha turibdimi? — so‘radi Bobur Hindubekdan. 
— O‘chirtirib tashladim. 
— Bekor qilibsiz, bek. Siz o‘chirganingizdan so‘ng bu bayt odamlarning xotirasiga 
yanada mahkamroq o‘rnashur, she’rning ta’sirini faqat she’r bilan kesmoq mumkin. 
Qo‘lida qalam-qog‘ozi bilan xipcha bo‘y, o‘rta yashar munshi ta’zim qilib kirdi. 
— Yozing! — buyurdi Bobur unga. 
Munshi gilam ustiga cho‘kka tushib, juzdonni tizzasiga qo‘ydi, qog‘ozni kafti bilan 
tekislab, yozishga tayyorlandi. 
Bobur badiha ohangida gapirdi: 
Yuz shukr de Boburki, karimu g‘affor, 
Berdi senga Sindu Hindu kishvari bisyor. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling