Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
288
«Kishvar» so‘zi vaznga tushmay saktalik berganini sezdi-da, ikkinchi satrni boshqacha 
qilib takrorladi: 
Berdi senga Sindu Hindu mulki bisyor. 
Issiqlig‘iga gar senda yo‘qdur toqat. 
Sovuq yuzin ko‘ray desang G‘azni bor. 
Mushoiraning nozik qoidalariga moslab birpasda yaratilgan bu badiha Hindubekning 
zavqini keltirdi. U devorga sovuq gap yozib ketgan Xo‘ja Kalonbekning basharasi ham 
Boburga nechog‘liq sovuq ko‘ringanini o‘zicha tasavvur etib, beixtiyor kulib yubordi. 
Bobur ot-gan o‘qining nishonga tekkanini shu zavqli kulgidan sezdi-yu, yengil bir so‘lish 
olib, munshiga buyurdi. 
— Badihani uch nusxa ko‘chiring. Bir nusxasini Xo‘ja Kalonbekning ketidan jo‘natsinlar. 
Hindubek, bir nusxasini siz olib, Kalonbekning baytini o‘qigan beku navkarlarga bering. 
Ko‘rsinlar-chi, mushoirada kim g‘olib? 
Bu badihani o‘qigan ko‘pchilik bek va mulozimlar Xo‘ja Kalonbekni kulgi qilishib, «Sovuq 
yuzin ko‘ray desang G‘azni bor!» deydigan bo‘lishdi. Issiqdan toqatsizlanib 
noliydiganlarga ham: «Sovuq yuzin ko‘ray desang G‘azni bor!» deb istehzo qilish rasm 
bo‘ldi. 
________________ 
* L i m u — limon. 
* Q u r u r — yuz lak, ya’ni o‘n million. 
* A r b — milliard. 
* N i l — trillion. 
* P a d a m — kvardillion. 
* Aslida odam odamdan kam emas, chunki hamma ham Odam Ato farzandidir. 
* Q a d a g‘ a — chaqiriq xat. 
* Yaxshilik va salomatlik bilan Sind daryosidan o‘tib olganimdan keyin agar yana Hindni havas qilsam yuzim qaro bo‘lsin.
3 
Panipatda og‘ir yarador bo‘lgan Tohir uch oygacha o‘rnidan turolmay yotdi. Saroydan 
yuborilgan tabib uning etidagi yaralarni durust muolaja qildi-yu, lekin qovurg‘a va qo‘l 
suyaklarining mayda-mayda bo‘lib singan joylarini epaqaga keltirolmadi. Singan 
suyaklarning og‘rig‘i tunu kun tinchlik bermas edi. Tohir Agrada o‘sha eski qadrdoni 
Mamat bilan kichik bir hovlichada turar, «endi bu yerdan o‘ligim chiqsa kerak», deb 
o‘ylar edi. 
Shuning ustiga Kobuldan mavlono Fazliddin Tohirning muhandis o‘g‘li Safarbekni 
boshlab kelib qoldi. Ular qurilishda birga ishlaydigan hind sangtaroshlaridan so‘rab-
surishtirib, agralik bir jarrohni topib keldilar. Jarroh kambag‘alparvar odam ekanini 
eshitgan mavlono Fazliddin jiyanini unga tanishtirar ekan: 
Sohib Bayju, — dedi. — Tohir ham aslida zahmatkash bir dehqon edi. Men buning 
navkar bo‘lishiga qarshi edim... 
— O‘shda siz haq gapni aytgan ekansiz, mulla tog‘a,— dedi Tohir. — Men berahmlar 
orasida yurib berahm bo‘lib ketgan ekanmen... Bo‘lmasa, yigirma yillik qadrdonim 
Mamatga shunchalik shafqatsizlik qilarmidim? Mana, hammasining qasosi qaytdi. Hali 
ham Mamat odamgarchilik qildi. Bo‘lmasa otlarning oyog‘i tagida qolib majaqlanib 
ketardim! 
Mavlono Fazliddin Mamatning bu yaxshiligini kelgan kunlari eshitgan va uni bog‘ 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling