Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 Balki bu beklar chindan ham Boburni aldayotgandir? Balki mana shunaqa beklar Axsida Umarshayx mirzoni jardan itarib yuborib o‘ldirgandirlar? Balki bular erta-indin Boburning joniga ham qasd qilishar? Birdan Boburning beg‘am yurgan davri esiga tushdi. Kechagina u tengdosh o‘rtoqlari bilan ot choptirib o‘ynab yurmaganmidi? Alisher Navoiyning rasmiga tikilib musaffo yoshlik xayollariga berilgani qachon edi? Oradan bir necha yil o‘tganga o‘xshaydi. Holbuki, shu bugun ertalab, shu bugun choshgohda uning hayoti quyoshli osmonday tiniq va sof edi-ku. Bu qora bulutlar uning atrofiga qayoqdan yopirilib keldi? «Yasoq!» — deb qichqirayotgan har darg‘azab bek Boburdan quyoshni to‘sib olgan bir qora bulutga o‘xshardi. Boburni chir-mab aylantirayotgan dahshatli quyun mana shu qora bulutlarning shamoli emasmikan? Nahotki bu bulutlar doim toju taxt bilan birga yursa-yu, Darvesh govga o‘xshaganlarning qoniga shunchalik tashna bo‘lsa?! Boya Boburga xuddi bulutlar orasidan suzib chiqqan to‘lin oyday go‘zal ko‘ringan toju taxt endi oy tutilgan tunday vahimali tusga kirdi. Bobur noma’lum xavf-xatardan seskanib, Xo‘ja Abdullaga yordam so‘raganday qaradi: — Ustod! Xo‘ja Abdulla unga tomon surilib: — Amirzodam, bardam bo‘ling, — dedi. — Ne qilay, ayting!.. — shivirladi Bobur. — Hukm chiqaring! Beklar yasoqqa yetsin deb talab qilmoqdalar. — Siz-chi, ustod? Agar Xo‘ja Abdulla, o‘tirganlarga qarshi chiqib, Darvesh govni yoqlasa, shuncha amal- taqal bilan boshlari zo‘rg‘a qovushgan beklar yana parokanda bo‘lib ketishlari aniq edi. — Amirzodam, — shivirladi Xo‘ja Abdulla, — podshohlik udumiga binoan xatarli urush paytida tojdorlar sha’niga nomunosib gap aytgan odam jinoyatchi hisoblanur! Darvesh gov yana bu yerda ham tilini tiymay chatoq qildi. Barcha beklarni yomonlab, qarg‘ab, olovga moy sepdi! Endi siz... bitta Darvesh govni deb barcha beklardan voz kecholmagaysiz. Vaziyat tahlikali... Siyosat uchun govni yasoqqa yetkazmoqdan boshqa iloj yo‘q! ___________ * B a r i ya t — bek va a’yonlar. R a i y y a t — fuqaro. * * * Ertasi kuni peshinda Andijon arkining qarshisidagi jazo maydonida nog‘oralar chalindi. To‘plangan xaloyiqning ko‘zi oldida Darvesh gov, yomon ovoza tarqatishda ayblanib boshi kesildi. Yoqubbek Ahmad Tanbalni yapasqi navkari bilan birga o‘sha kuni kechasi Axsiga yashiriqcha jo‘natib yuborgan edi. Ikki oradagi sir sirligicha qoldi. Dushman Marg‘ilonni olib, Andijonga tahdid solmoqda edi. Xo‘ja Abdulla boshliq elchilar Boburning nomidan Samarqand podshosining Marg‘ilondan beridagi qarorgohiga borib, sulh tuzishni taklif qildilar. — Siz bilan urush boshlagan iningiz Umarshayx mirzo jardan yiqilib shunqor bo‘ldi!* Bobur mirzoni farzand o‘rnida ko‘rgaysiz! Axir u zot sizga kuyov bo‘lish orzusidalar! Sizni bosh hukmdorimiz, deb tan olurlar! O‘lpon to‘lagaymiz! Urushni to‘xtating, hazratim! Xo‘ja Abdullaning bu taklifiga samarqandlik beklar qattiq qarshi chiqdilar. Ular Andijon va Axsini bosib, talab, katta-katta o‘lja olish umidida edilar. Sulh ularni mana shu o‘ljalardan mahrum qilar, o‘lponni podshohning bir o‘zi olar edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling