Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 endi undan orqada — izma-iz yelib kelayotgan navkar va savdarlar orasida qolib ketganday bo‘ldi. Ular oftob ufqqa yaqinlashgan paytda Andijon qo‘rg‘oniga kirib keldilar. Kechqurun gavjum bo‘ladigan ko‘chalar hozir allanechuk jimjit. Do‘konlar yopiq. Hammayoq huvillagan. Butun shahar xavf-xatardan qo‘rqib, biqinib turganga o‘xshardi. Sherimbek oldinda borayotgan Boburni ehtiyot qilmoqchi bo‘lib, navkarlariga «qurshab boring» ishorasini qildi. O‘zi esa Boburning old tomoniga o‘ta boshladi. Atrofini otliqlar o‘rab ola boshlaganda Bobur yana quyunning ichiga tushib qolganday bo‘g‘ildi. Ko‘z o‘ngida yana otlar, odamlar chirpirak bo‘lib aylanishga tushdi. Bobur yutoqib oldinga intildi, otini qamchilab, navkarlar qurshovini yorib chiqqanda yuziga shabada tegib, xiyol yengillashdi. Sherimbek yana oldinga intilib, Boburga yondashmoqchi bo‘lganda No‘yon Ko‘kaldosh uning jilovidan mahkam ushladi: — Bek janoblari, qo‘ying, amirzodam oldinda borsinlar. Fuqaro taxt vorisini ko‘rsin, ko‘ngli taskin topsin. Ana, tuynuklardan mo‘ralab turgan odamlar ig‘vogarlarning gapi yolg‘onligiga amin bo‘lsinlar! — Fitnachilar biror teshikdan amirzodamni o‘qlasalar-chi? — Niyatni yaxshi qiling! Bobur boshliq otliqlar arkka yaqinlashganlarida ulkan darvozaning har ikki tavaqasi lang ochildi. Xo‘ja Abdulla va bir to‘da beklar, mulozimlar Boburga peshvoz chiqdilar. Bobur otdan tushib ustozi bilan ko‘rishar ekan, birdan ko‘ngli yumshab, ko‘zlariga yosh quyilib keldi. Xo‘ja Abdulla rangi o‘chgan, lablari titrayotgan Boburni bag‘riga bosib, tasalli bergisi keldi, ammo beklar va navkarlar oldida taxt vorisini quchoqlash odobsizlik sanalishini o‘ylab, o‘zini tutdi. U ham ko‘ziga yosh olib: — Kulfatda qoldik, amirzodam, musibatda qoldik!— dedi. — Endi bizning pushti- panohimiz o‘zingizsiz! Mazidbek a’yonlar davrasidan bir-ikki qadam oldinga chiqdi. O‘zining Boburga bek atka ekanini bildirib qo‘ygisi kelib, Xo‘ja Abdullaning gapini og‘zidan oldi: — Amirzodam, hamma beklar sizga sodiq xizmat qilishga tayyordurlar! Bobur to‘planib turgan beklarga ko‘z tashlagan edi, ular hammasi Mazidbekning gapini tasdiqlab, qo‘llari ko‘kraklarida, ta’zim ado qilishdi. Bobur tovushi titrab: — Minnatdormen, — dedi. U yana otlanib ark darvozasidan kirayotganda orqadan Yoqubbek ham yetib kelib, beklar davrasiga qo‘shildi. U Bobur qaytganini eshitgan zahoti har qanday shubhadan xoli bo‘lish uchun darhol otlanib, sadoqat izhor qilishga shoshilgan edi. Xo‘ja Abdulla o‘ngda, Mazidbek chapda yurib Boburni ark to‘ridagi qishlik qasrga boshlab keldilar. Ilgari poytaxt Andijondaligida taxt mana shu qasrga o‘rnatilgan edi. Keyin poytaxt Axsiga ko‘chirilgach, ustunlari o‘ymakorliklar bilan bezatilgan marmar zinapoyali bu qasr avvalgi hashamatidan mahrum bo‘lib, ko‘rimsizlashib qolgan edi. Bugun Bobur kelishidan oldin Xo‘ja Abdullaning farmoyishi bilan qasrning zinapoyalariga yana poyandoz to‘shaldi. Ilgari taxt qo‘yilgan shahnishinga turkman gilamlari va kimxob ko‘rpachalar solinib, maxsus joy hozirlandi. Bobur binafsharang poyandozga qadam qo‘yganda quruqshab ketgan tomog‘ini ho‘llamoqchi bo‘lib yutindi. Ammo og‘zida nam yo‘qligidan tomog‘ini allanarsa qirib o‘tganday bo‘ldi. Bo‘lajak podshohga xizmat qilish uchun to‘plangan beklarning hech qaysisi Boburga hozir bir qultumgina suv kerakligini sezmas edi. Birda-yarim sezganlari ham shuncha odamning oldida yosh podshohning ro‘zasini ochirish musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi, deb bunday ishni qilishdan qo‘rqishar edi. Hamma o‘ltirgach, Xo‘ja Abdulla qur’on o‘qib, Axsida bugun dafn etilgan Umarshayx mirzoning arvohiga bag‘ishladi. Bir necha kishi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling