Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 — Shuncha joydan qon kechib, jon berib-jon olib kelib, endi yetdik deganda quruq qaytamizmi? — dedi Muhammad tarxon nomli bek. — Sulh tuzmang, hazratim! — Qattiq turing! — deyishdi boshqa beklar ham. Sulton Ahmad mirzo beklarning ra’yini qaytarolmaydigan zaif tojdorlardan edi. Xo‘ja Abdulla boshliq elchilar undan rad javobi olib qaytdilar. Endi avvalgidan battar qirg‘in bo‘lishini sezgan bek va navkarlar Andijon qo‘rg‘oniga kirib bekina boshladilar. ___________ * Vafot etdi ma’nosida. QUVA JASORATNING JAZOSI 1 O‘tgan kuni otlanib Andijonga ketgan mulla Fazliddin bugun qattiq iztirob ichida yana Quvaga qaytdi. U Boburning otasi o‘rniga hukmdor bo‘lganini eshitib undan himoya so‘rash niyatida arkka borgan edi. Agar uning huzuriga kirsa noumid qaytmasligiga ishonardi. Chunki mulla Fazliddin chorbog‘da ko‘shk qurgan paytlarda Bobur bilan ko‘p hamsuhbat bo‘lgan, uning zehni o‘tkir, shoirtabiat, zukko o‘spirin ekanini sezib, Alisher Navoiy suratini hadya qilgan edi. Endi mulla Fazliddin bo‘yni yo‘g‘on beklardan ko‘rgan yomonliklarini aytib bersa, Bobur uni himoyasiz tashlab qo‘ymasligi kerak. Lekin ark darvozasi oldida o‘sha dorug‘a Uzun Hasan turgan ekan. — Bobur mirzoning huzuriga kirmoq uchun maxsus ruxsat kerak, — deb uning yo‘lini to‘sdi. — Ruxsatni kim berur, janob dorug‘a? — Eshik og‘a Yoqubbek janoblari!.. Ana, o‘zlari ichkaridan chiqmoqdalar!.. O‘ntacha navkar qurshovida ichkaridan otliq chiqib kelayotgan Yoqubbek faqat birinchi vazir darajasidagi eshik og‘alar taqadigan enli oltin kamarni beliga taqib olgan edi. Puli katta bu bek Andijon mudofaasiga hammadan ko‘p mablag‘ ajratgan edi. Uning navkarlari ham boshqa beklarnikidan ko‘proq edi, o‘zi ham Boburga ixlosi zo‘rligini har ishda namoyish qilib, tunu kun tinmas edi. U birinchi kuniyoq Boburga o‘zini sodiq ko‘rsatgani ustiga bu hammasi qo‘shilib, axiri sohib ixtiyor eshik og‘a bo‘lib olgan edi. Buni endi bilgan mulla Fazliddin xiyol sarosimaga tushdi. Lekin o‘zini dadil tutishga tirishib, otliq kelayotgan Yoqubbekning qarshisidan chiqdi: — Janob eshik og‘a, ijozat bering, kamina Bobur mirzo huzurlariga kiray! Yoqubbek otining jilovini tortib, xiyol to‘xtadi-yu, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turgan mulla Fazliddinga tepadan kinoyali nazar tashladi: — Kirib ne qilmoqchisiz? — Arzim bor... Me’morlik san’atiga oid... — Hozir yosh podshohimizga me’morlar emas, mamlakat mudofaasiga yaraydigan navkarlar kerak! Urush tugagandan so‘ng keling! Yoqubbek: «Gap tamom!» degandek qilib, otini yeldirganicha o‘tib ketdi. Mulla Fazliddin bir lahza qaqqayib turib qoldi. Bir vaqt Uzun Hasanning: — Janob me’mor, tavochilar navkarlikka odam olmoqdalar, istasangiz borib navkar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling