Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
79 ko‘kragiga qadaldi. Bechora yigitni ushlab qolishga ulgurolmadilar— narvon bilan birga qal’adan tashqariga uchib ketdi. Shinak atrofiga qirrali toshlar tayyorlab qo‘yilgan edi. Xonzoda begim shu toshlardan birini ikki qo‘llab oldi-yu, pastga otdi. Boshqa navkarlar ham narvon qo‘yilgan joyning pastini mo‘ljallab tosh ota boshladi. Pastda eshitilgan dod-voylar va ingrashlarga qaraganda, bu toshlar mo‘ljalga tegmoqda edi. Shu payt qal’aning narigi chetida — Xakan darvozasi tomonda qo‘shkarnaylarning g‘at- g‘ati, tabl va naqora tovushlari, allakimlarning g‘olibona qichqiriqlari eshitildi. Mavlono Fazliddin shovqin kelayotgan tomonga quloq solib turib qo‘rqib ketdi. Bu galgi g‘avg‘o shahar ichida ko‘tarilmoqda edi. — Begim, quloq soling! Yog‘iy qal’aga kirganmi? Shahar ichidan bu tomonga yopirilib kelayotgan shovqindan Xonzoda begim ham seskanib ketdi. Pastdan No‘yon Ko‘kaldosh jon-jahdi bilan qichqirdi: — Begim, xiyonatchilar Xakan darvozasini yog‘iyga ochib bermishlar. Tezroq arkka qayting! Arkka! No‘yon ot choptirgancha Mirzo darvozasi tomonga o‘tib ketdi. Xonzoda begim zinapoyadan pastga chopib tushar ekan, mavlono Fazliddin qo‘lidagi mash’ala bilan uning izidan yugurdi. Otga minganlaridan keyin Xonzoda begim: — Mash’alani tashlang! — deb buyurdi. Mash’ala mavlononi yov o‘qiga nishon qilib berishi mumkin edi. Mavlono Fazliddin yonib turgan mash’alani yerga tashladi-yu, begim bilan birga arkka qarab ot choptirib ketdi. Ammo ular arkka yaqinlashganlarida bir necha yuz otliqlar oldilaridan qirqib chiqdilar va darvoza yo‘lini to‘sib qo‘ydilar. Qurolli otliqlar orasida mash’ala ko‘targan navkarlar ham bor edi. Mash’ala yorug‘ida beliga oltin kamar bog‘lagan, dubulg‘a va jiba kiygan Ahmad Tanbal ko‘rindi-yu, mavlono Fazliddinning borlig‘i muzlab ketganday bo‘ldi. Tanbalning qo‘shini Xonzoda begimni va uning navkarlarini darhol qurshovga oldi. Ahmad Tanbal yonidagi navkarga sho‘x tovush bilan gapirdi: — Mash’alani yaqinroq tut! Ie, Xonzoda begimmilar? Ko‘zlarimga ishonmaymen! Begim, bu ne hol? Nechun mardona kiyim kiyibsiz? — Nomardlar ko‘payib ketgani uchun mardona ki-yindim! Tanbal bu istehzoni o‘ziga olgisi kelmay kuldi: — Qo‘rg‘onda mardlar qolmagan bo‘lsa, mana, biz keldik, begim! Tanbalning ketida turgan Uzun Hasan bu gapni yoqtirib xaxoladi. Mash’ala yorug‘i beklar orasida ayanchli kulimsirab turgan ko‘sanamo Ali Do‘stbekka tushdi. Bobur Andijonni mana shu odamga ishonib topshirib ketgan edi. Ali Do‘stbek esa Boburni o‘lim to‘shagida yotipti, deb eshitib undan umidini uzgan edi. Boya Tanbalning qo‘shini Mirzo darvozasining oldida jo‘rttaga g‘avg‘o ko‘targan, devorga narvon qo‘yib chiqmoqchi bo‘lganlar ham himoyachilarni ataylab chal-g‘itgan edi. Ahmad Tanbal bilan til biriktirgan Ali Do‘stbek bugun mana shu to‘polon paytida qal’aning narigi chetidagi Xakan darvozasini yovga sekingina ochib bergan edi. Xonzoda begim buni endi fahmladiyu, Do‘stbek bilan Ahmad Tanbalga nafrati oshib, jirkanib ko‘z tashladi: — Sizlarmi mardlar?! Sizlar uchun mardlik bilan xoinlikning farqi qolmadimi?! Kechagina Bobur mirzoga sodiqmiz, deb qasamyod etganlar bugun unga shunchalar yomonlik qilmoqdasiz! Men aminmen: ertaga siz Jahongir mirzoga ham xiyonat qilursiz! Ahmad Tanbal qilichining sopini changallab: — Haddingizdan oshmang, begim! — dedi. — Bobur mirzo adolatsizlik qildi. Samarqand olingandan keyin Andijon Jahongir mirzoga berilmog‘i kerak edi. Bobur mirzo bermadi! Biz adolat uchun jang qilib, mana bugun g‘alabaga erishdik! Ammo siz sharmu hayoni unutib, nechun bizni bunchalik haqorat qilmoqdasiz? Shoh qiziga yarashmaydigan bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling