Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti
Download 435.89 Kb. Pdf ko'rish
|
vitaminlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- (2, 7-dimetil-9-D-ribitil-izoalloksazin). 13
- 1.4 Yog’da eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari.
- Vitamin A 2
- Vitamin E (tokoferollar)
- -tokoferol. (7, 8-dimetil tokol)
B 2 vitamini (riboflavin)
СН 2 - СН – СН – СН –СН 2 ОН | | | | | ОН ОН ОН Н 3 С N N 7 8 9 1 2 О 6 5 10 4 3 NН Н 3 С N || О
(2, 7-dimetil-9-D-ribitil-izoalloksazin). 13
Ovqat tarkibidagi riboflavin diffuziya yo`li bilan so`riladi, so`rilgan riboflavindan FMN va FAD sintezlanadi. FMN va FAD holatida flavinli kofermentlar tarkibiga kiradi. Bu moddalar nafas olish zanjirida elektron va protonlarni tashish, piruvat, suktsinat, α-ketoglutarat, α-glitserofosfat va yog' kislotalar oksidlanishida ishtirok etadi. Avitaminozida: o'sishdan to'xtaydi, soch to'kiladi , til, lab shilliq qavatlari, og'iz burchaklari, teri epiteliysida keratit, katarakta, mushakda umumiy va yurak mushagida kuchsizlik kuzatiladi. B 3 vitamini ( pantoten kislota)
3 ОН О 4 | 3 | 2 1 || НО – СН 2 – С – СН – С – NН – СН 2 – СН 2 – СООН γ | β α СН 3 2.4-dioksi- 3.3- β-alanin dimetil moy kislota
14
3 СН 3 CН 3 С | Н 2 С С – (СН = СН – С = СН) 2 – СН 2 ОН Н 2 С С – СН 3 СН 2 СН 3 СН 3 CН 3 CН 3 С | | H 2 C С– СН = СН – С = СН – СН = СН – С = СН – СН 2 ОН НС –СН 3 СН Vitamin A 2 Vitamin A qonda xilomikronlar tarkibida tashiladi va jigarning kupfer hujayralarida to'planadi, to'r pardaning epiteliy hujayralari bilan, retinol membranalarning maxsus retseptorlari bilan birikadi. Biologik funktsiyasi:Vitamin A ning organizmda fotoretsepsiya va yorug'lik sezish jarayonlarida ishtiroki; vitaminning strukturaviy vazifalari (o'sish, reproduktsiya, hujayralarning proliferatsiyasi, ixtisoslashishi va h.k). Vitamin A erkaklarda spermatogenezni, ayollarda esa homiladorlikni me'yorda o'tishi uchun zarurdir. Vitamin A ning giper-gipovitaminoz hollarida uning strukturaviy vazifasini buzilishi modda almashinuvidagi o'zgarishlar bilan
ifodalanadi. Bundan tashqari vitamin A nukiein kisiotalar va oqsillar sinteziga ta'sir ko'rsatadi. Nukiein kisiotalar sintezining buzilishi oqsil sintezi sekinlashuviga olib keladi. Vitamin A oqsillarning oshqozon-ichak yo'lidan so'rilishiga, tashilishiga, alohida fraktsiyalarning qondagi miqdoriga va oqsil almashinuvining oxirgi mahsulotlarini chiqarilishiga sezilarli ta'sir qiladi. Vitamin A membranalarning zaruriy qismi 15
bo`lib, ularning turg'unligini (stabilligini) oshiradi. Membranalarda vitamin miqdorining o'zgarishi (ortishi yoki kamayishi) ularning strukturasi va vazifasini, oqibatda esa hujayralar metabolizmini buzilishiga olib keladi. Vitamin A membrana glikoproteidlari va glikolipidlari sintezida qatnashadi, hujayradagi modda va energiya almashinuvida membranaga bog'liq fermentlarning muhimligini bilgan holda, vitamin A ning membranalarni stabillovchi ta'siri organizmdagi eng muhim vazifalaridandir deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari vitamin A mitoxondriyalardagi biologik oksidlanish va oksidlanishli fosforlanish jarayonlarining fermentlarini faolligini oshiradi. A - gipovitaminozda hujayra tuzilmalari membranalariga zarur bo'lgan mukopolisaxaridlar sintezining buzilishi hujayra mermbranalarining tuzilishi va vazifalarining buzilish zanjiridagi muhim halqadir. Bularning hammasi organizmda modda va energiya almashinuvinig buzilishiga olib keladi. Vitamin A yetishmaganida ko'z muguz qabatining qurishi - kseroftalmiya (grek. xerox - quruq, ophtalmos ko'z) yosh kanalining berkilib qolishi natijasida vujudga keladi. Buning natijasida konyuktivit, shox qabatining yumshashi vujudga keladi - keratomalyatsiya (grek. keras - shox, malaria - parchalanish); bu jarayon juda tez rivojlanadi. Avitamminoz A (gipovitaminoz A) uchun xarakterli belgi bo'lib shapko`rlik (gemeralopiya) hisoblanadi. Kasallar qorong'i xonada narsalarni bir-biridan ajrata olmaydilar, kunduzi yaxshi ko'radilar. Vitamin A rodopsin oqsilining tarkibiga 11-sis-retinal shaklida kiradi. Ko'zdagi tayoqchalar qorong`ilikda ko'rishni ta'minlaydi, kolbachalar esa yorug'likda rangli ko'rishni ta'minlaydi. Tayoqchalarda rodopsin oqsili bo'lsa, kolbachalarda - yodopsindir. Ikkalasi ham murakkab oqsil bo'lib opsin oqsili va 11-sis-retinaldan tashkil topgan.
16
1 (filloxinon)
О || 7 8 9 1 2 СН 3 CН 3 CН 3 CН 3 CН 3 | | | | 6 8 10 5 4 3 СН 2 – СН = С– (СН 2 ) 3 –СН–(СН 2 ) 3 –СН–(СН 2 ) 3 –СН–СН 3 || О Vitamin К odamda normal ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi. Ovqatdagi vitamin К ko'proq ichakning proksimal qismidan o't kislotalari va pankreatik lipaza ishtirokida so'riladi. Qonda vitamin albumin bilan birikadi, a'zo va to'qimalarga borib, u yerda faol shakllariga aylanadi. Vitamin К membrana foslolipidlari, glkoproteidlar, lipoproteidiar va nerv hujayrasining muhim
fosfolipidi-sfingozin sintezida qatnashadi. Vitamin К erkin radikal reaktsiyalarning va peroksidlarni membranalarga yopishishining to'xtashiga ijobiy ta'sir qiladi. To'qimalarga nur ta'sir etganda vitamin К membranalarni me'yorda saqlashga yordam beradi va xuddi vitamin E kabi membranalarning gormon retseptorlari sezgirligini oshiradi. Vitamin К ning asosiy biologik ahamiyati shundan iboratki, u jigarda qon ivishuni ta'minlovchi oqsillar sintezida qatnashadi. Shu jarayonda vitamin К oqsil molekulalarida glutamin kislotasi qoldiqlarining g-karboksillanish reaktsiyalarida, jumladan preprotrombindan protrombin hosil bo'lishida koferment sifatida qatnashadi. Vitamin К yetishmasligi qon ivishini sekinlashtiradi, natijada qon ketish va gemorragik belgilar rivojlanishiga imkoniyat tug'iladi. Glutamin kislotasining g-karboksillanishi faqatgina vitamin К miqdoriga emas, balki membranalardagi fosfolipidlar miqdoriga ham bog'liq. K-avitaminoz hollarda hujayra membranalari tarkibiy qismlarini sitatiy o'zgarishlari bilan birga membranadagi xolesterin miqdori
kamayishi ham
aniqlangan. Vitamin К anaerob sharoitda vitamin С, В 2 ishtirokida fosforillanish jarayonlarini stimullaydi, makroergik birikmalar ATF, kreatinfosfat almashinuvida qatnashadi. 17
Vitamin qator oqsillar sintezi uchun va qator fermentlar (geksokinaza, fosfotransferaza) faoliyati uchun zarurdir. Vitamin К membrana lipidlari tarkibiga kirgan holda, membrana fosfolipidlarining yog' kisiota tarkibiga boshqaruvchi ta'sir ko'rsatadi. Vitamin К ning ko'proq mitoxondriya ichki membranasi bilan, kamroq tashqi membranasining bog'lanishi ko'rsatilgan. Bu vitamin К mikrosoma va lizosomalarning lipidlari bilan oz miqdorda birikkanligi, uni membranalarning minor komponentlari qatoriga kiritishga asos bo'ldi. Vitamin E (tokoferollar) Vitamin E ning asosida xroman halqasi mavjud bo’ladi:
6 7
10
4
3 СН 2
7
8
9
1 2
СН 3 О Xroman halqasi
, va -tokoferollarning tuzilishi quyidagicha:
qoldiq
[2-metil-2- (4 1 ,8 1 , 12
1 –trimetil tridesil)
Xroman -6-ol. yoki 5,7,8, trimetil tokol] 18
СН 3 | CН 3 СН 3 СН 3 НО 6 5 10 4 3 СН 2 | | | (СН 2 ) 3 – СН – (СН 2 ) 3 – СН – (СН 2 ) 3 – СН – СН 3 7 8 9 1 2 СН 3 | О СН 3
Tokoferollar faqat o'simliklarnmg yashil qismida, ayniqsa boshoqlilarning maysalarida hosil bo'ladi. Ular o'simlik moylarida ko'p bo'ladilar. Hayvon mahsulotlarida tokoferollar kam. Odam va hayvonlarda tokoferollar ingichka ichakda oddiy diffuziya yo'li bilan so'riladi. Ovqatda yog'lar bo'lganda va o't kislotalari ishtirokida, iste'mol qilingan tokoferollarning 50% so'riladi. α -tokoferol yaxshi so'riladi. Tokoferollar a'zo
va to'qimalarga lipoproteidlar tarkibida tashiladi. Hujayra ichidagi vitamin E faqatgina biomembranalar bilan bog'langan holda ularning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. U membranalarning lipidlari va lipoprotein tabiatli retseptorlariga bog'langan holatda bo'ladi. Vitamin E ni boshqa yog'da eruvchi viiaminlar bilan birgalikdagi asosiy vazifasi -organizmning a'zo va sistemalari hujayralari membranalarining tarkibi va funktsiyalarini boshqarishdir.. 19
Vitamin D ingichka ichakdagi o't kislotalari ishtirokida so'riladi, keyin jigarga tashiladi va u yerda NADH va molekulyar kislorod ishtirokida ishlovchi mitoxondriyalar sistemasi ta'sirida 25-oksixolekalsiferolga aylanadi. 25-
oksixolekalsiferol buyraklarda gidroksillanadi, natijada gormonal xususiyatga ega bo'lgan 1,25- dioksixolekalsiferol hosil bo'ladi.Bu reaktsiya parat gormonlar bilan boshqariladi. 1,25- dioksixolekalsiferol ichakda Ca tashilishini kuchaytiradi. Uning ta'sirida ichak shilliq qavati hujayralarining tegishli oqsillari kalsiy biriktirgan oqsilga aylanadi. Bu birikma ichak mikrovorsinkalarida faoliyat ko'rsatadi. Yuqoridagi oqsil va
Ca ga
bog'liq ATFaza
Ca tashilishida qatnashadi/limfotsitlarning differentsallanishi va faoliyatidagi katta ahamiyatini ko'rsatadi. Vitamin D yetishmaganida faqat suyak to'qimasi emas, balki butun 20
organizm zarar ko'radi, qon bilan a'zolarga Ca yetarli bormasligi natijasida ikkilamchi o'zgarishlar yuzaga keladi. Vitamin D tanqisligida ingichka ichakning shilliq qavatida distrofik o'zgarishlar yuz beradi, bu esa ichakning faoliyatini ayniqsa, so'rish qobiliyatini pasaytiradi. D-gipovitaminozda lipidlar almashinuvi buziladi (qonda umumiy
xolesterin, erkin
yog' kislotalari va fosfatidiletanolaminlarning miqdori jigarda lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida ortadi). D-gipovitaminozda organizmdagi oqsil almashinuvida o'zgarishlar kuzatiladi. Taloqda va timusda parchalanishini ortishi bilan uning sintezi pasaygan. Shunday hollarda bolalar va kattalarda suyaklarning deminerallashuvi yuz beradi, uncha kuchli bo'lmagan ta'sirlar suyaklar sinishiga olib keladi. Qon zardobida Ca va P miqdori ortishi hisobiga yumshoq to'qimalarda Ca yig'iladi va buyraklarda tosh hosil bo'ladi. Vitamin D 2 prooksidant xususiyatiga ega bo'lib kislotalarini, hujayra membranalarining fosfolipidlarini oksidlanishidan saqlaydi. Vitamin D yetishmasligining organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta'siri immun sistemada ham o'z aksini topadi
Download 435.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling