Bog‘cha yoshidagi guruhda sasiometrik tadqiqotning ahamiyati


Download 78.13 Kb.
bet5/11
Sana30.04.2023
Hajmi78.13 Kb.
#1405096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bog‘cha yoshidagi guruhda sasiometrik tadqiqotning ahamiyati

Suhbat metodi. Suhbat – bevosita muloqot jarayonida o’quvchilar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo’lib, o’qituvchi oldindan tayyorlab qo’ygan savol asosida o’zi uchun kerakli bo’lgan informatsiyani olish imkoniga ega.
Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo’lgan munosabatlarni aniqlash mumkin.
Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.

      1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo’lishi kerak.

      2. Suhbat boshida o’quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak.

      3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak.

      4. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak.

Suhbat metodining ijobiy tomoni – o’quvchi bilan bevosita muloqatda bo’lish, uning reaktsiyalarini hisobga olish imkoni, qo’shimcha, to’ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. SHuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz ob’ektiv fakt emas, balki kishining sub’ektiv fikrini olamiz.

Psixik hodisalarni o`rganishda suhbat metodidan unumli foydalanish uchun tadqiqotchi quyidagi
shartlarga amal qilingani lozim:




  1. Suhbat jarayoniga puxta tayyorlanish;

  2. Suhbatning mavzusi va mazmuni o`rganilayotgan ob’ektning, shaxsning yoshiga va individual xususiyatlariga mos bo`lishi;

  3. Suhbat jarayonida beriladigan savollarning mazmunli va puxta bo`lishi;

  4. Tadqiqotchi tomonidan beriladigan savollarga o`rganiluvchining to`g`ri va to`liq javob qaytarishiga erishish;

  5. Suhbat jarayonini aniq muddatga mo`ljallash, uni haddan tashqari cho`zib yubormaslik.




Download 78.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling