Bo’g’in va urg’u
Download 360.07 Kb.
|
1428588876 61038
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo`g`in tiplari.
- Bo`g`inning ahamiyati.
- Urg‘u va uning turlari
- Urg`u so`z oxiriga tushmaydigan holatlar.
- Urg`u quyidagi belgilariga ko`ra tasnif qilinadi
- O‘zlashma so‘zlardagi urg‘u
- E’tiboringiz uchun rahmat
Bo’g’in va uning turlariBo’g’in va uning turlariO‘pkadan chiqayotgan havo to‘lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g’in deyiladi: ki-tob-lar, o-i-la. Unli tovush bilan tugagan bo‘g’in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g’in yopiq bo‘g’in deyiladi. Yopiq bo‘g’in: daf-tar, gul-don. Ochiq bo‘g’in: o-i-la, to-la. Har bir bo‘g’in tarkibida unli tovush bo‘lishi shart, demak, so‘z tarkibida nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g’in bo‘ladi. Bo‘g’in tarkibida undoshlar qatnashmasligi ham mumkin: u-ka, o-na. O‘zbek tilida quyidagi bo‘g’in shakllari mavjud: bir undoshli: ot, bu; ikki undoshli: ost, non; uch undoshli: to‘rt, shart; to‘rt undoshli: sport, start.Bo`g`in tiplari.
Bo`g`inning ahamiyati.
Bo‘g’inning amaliy ahamiyatiBo‘g’inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) yozuvda bir satrga sig‘may qolgan so‘z keyingi qatorga bo‘g’in asosida ko‘chiriladi; 2) birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish bo‘g’in asosida amalga oshiriladi; 3) she’riy misralarda bo‘g’inlar soni teng bo‘ladi.Urg‘u va uning turlariSo‘z bo‘g’inlaridagi unli tovushlardan birining yoki gap tarkibidagi ayrim so‘zning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi urg‘u deyiladi. Urg‘u yozuvda (‘) belgisi bilan ifodalanadi: bola, paxta, yumshoq. So‘zning urg‘u tushgan bo‘g’ini urg‘uli bo‘g’in, qolganlari urg‘usiz bo‘g’in deyiladi.Urg‘u ikki xil bo‘ladi: So‘z urg‘usi so‘z tarkibidagi ayrim unli tovushning kuchliroq aytilishidir: qalam – qalamdon – qalamdonda. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g’iniga tushadi. So‘zlarga qo‘shimcha qo‘shila borishi bilan urg‘u ham ko‘cha boradi: g‘alla, g‘allakor, g‘allakorlar, g‘allakorlarga. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi birinchi va o‘rta bo‘g’inlarga tushadigan so‘zlar ham bor: hamma, kimdir, albatta, afsuski, hatto kabi. Urg‘usi turli bo‘g’inga tushadigan ko‘p so‘zlar tilimizga kirib, o‘zlashmoqda: ruchka, gazeta, matematika, respublika va boshqalar.Urg`u so`z oxiriga tushmaydigan holatlar.
Urg`u quyidagi belgilariga ko`ra tasnif qilinadi:
O‘zlashma so‘zlardagi urg‘uO‘zlashma so‘zlardagi urg‘u tushgan o unlisi aniq talaffuz qilinadi: futbol, volleybol. Motor, fontan, vodoprovod kabi so‘zlarning urg‘usiz bo‘g’inidagi o unlisi a tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Traktor, doktor kabi so‘zlardan so‘z oxiridagi urg‘usiz o unlisi i unlisiga yaqin talaffuz qilinadi: traktir, doktir.Urg‘u so‘z ma’nolarini farqlash uchun ham xizmat qiladi: olma (meva) – olma (harakat), yangi (sifat) – yangi (ravish), qishloqcha (ot) – qishloqcha (ravish). Gap (mantiqiy, logik, ma’no) urg‘usi gap tarkibidagi ayrim so‘zlarning kuchliroq aytilishidir; urg‘u olgan so‘z har doim kesim yonida joylashadi: Bugun maktabga bordim. Maktabga bugun bordim.E’tiboringiz uchun rahmatDownload 360.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling