Bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish
Bo‘g‘in va uning tuzilishi
Download 401.27 Kb.
|
bog`in
1. Bo‘g‘in va uning tuzilishi
Bo‘g‘in bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikma-sidir. Masalan: ona (o-na), ota (o-ta), bola (bo-la) kabi. Bo‘g‘in nutq oqimi-ning tovushdan katta, so‘zdan kichik (ba'zan bir so‘zga teng) segment birligidir. Fonologik nuqtai nazardan bo‘g‘in sillabema deyiladi, uni o‘rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi. Bo‘g‘in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo‘g‘inning markazi hisoblanadi - u undoshlarni o‘ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytila-digan fonetik bo‘lakni (bo‘g‘inni) hosil qiladi. Undoshlar o‘zicha bo‘g‘in yasa-maydi (sonorlar bundan mustasno). Ular unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi; kitob so‘zidagi “ki” bo‘g‘ini boshida kelgan "k" undoshi shunday. Undosh tovush unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so‘ng kuchsizlanib tugaydi: kitob so‘zidagi "tob" bo‘g‘ini oxirida kelgan "b" undoshi shunday. Ba'zan ikki bo‘g‘in orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: muddat (mud–dat) kabi. Bu hodisa geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala "dd" bir tovushdek talaffuz etiladi, binobarin, kuchli bosh-lanib, kuchli tugaydi, oralig‘ida esa bir oz pasayish kuzatiladi. Bular ikki balandlikka ega undoshlar sanaladi. Demak, bo‘g‘in tuzilishida undosh-lar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakteri-da bo‘ladi. Shunga ko‘ra bo‘g‘in uch qismga bo‘linadi; a) bo‘g‘in boshi - bo‘g‘in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo‘lgan qism; b) bo‘g‘in marka-zi (bo‘g‘in balandligi); v) bo‘g‘in markazidan keyingi qism (bo‘g‘in balandli-gidan so‘nggi qism). Unli (V) yoki unli+undosh (VS) tipidagi bo‘g‘inning boshi nulga teng bo‘ladi: o+ta (birinchi bo‘g‘in boshi nolga teng), ol+ma (birinchi bo‘g‘in boshi nolga teng); undosh+unli (SV) tipidagi bo‘g‘inning oxiri ham nulga teng: ol+ma ("ma" bo‘g‘inining oxiri nolga teng) kabi. O‘zbek tilidagi umum turkiy so‘zlarda: a) boshi nolga teng bo‘g‘in faqat so‘z boshida uchraydi: o+ta, uch+ta kabi; b) boshi nolga teng bo‘lgan bo‘g‘in birinchi bo‘g‘indan keyin qo‘llanmaydi. Bu tipdagi bo‘g‘inning so‘z o‘rtasida yoki oxirida kelishi faqat arabcha va ruscha leksik o‘zlashmalarda uchraydi: ma– o–rif (arab-cha), a–or–ta (ruscha-baynalmilal) kabi; v) oxiri nolga teng (SVtipidagi) bo‘g‘in so‘zning barcha qismlarida qo‘llanishi mumkin: bo+la, da+la kabi; g) bo‘g‘in boshida undoshlarning qatorlashib kelishi faqat ruscha-baynalmilal so‘zlarda uchraydi: traktor (birinchi bo‘g‘in sxemasi – SSVS) kabi. Bo’g’in. So’zning bir nafas zarbi bilan aytiladigan tuvush yoki tovush birikmasidan iborat qismi bo’g’in deyiladi. Masalan, otamiz so’zida uch bo’g’in bor: o-ta-miz. Birinchi bo’g’in tovushdan, qolgan iktasi tovush birikmalaridan iborat. O’zbek tilida bo’g’in unlisiz tuzilmaydi. So’zda qancha unli bo’lsa shuncha bo’g’in bo’ladi. Bo’g’in sonini aniqlash uchun unli sanab chiqish kifoya. Bo’g’in dastlab ikki belgi asosida tasniflanadi: Unli yoki undosh bilan tugashiga qarab: a) ochiq bo’g’in b) yopiq bo’g’in farqlanadi. Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in deyiladi: ona, ota, opa. Undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in deyiladi: mak-tab, rah-bar, shah-mat. Bir bo’gin bittadan to’rttagacha, o’zlashma so’zda beshtagacha tovushdan iborat bo’ladi: ona, bosh, tekst. O‘pkadan chiqayotgan havo to‘lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g’in deyiladi: ki-tob-lar, o-i-la. Unli tovush bilan tugagan bo‘g’in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g’in yopiq bo‘g’in deyiladi. Yopiq bo‘g’in: daf-tar, gul-don. Ochiq bo‘g’in: o-i-la, to-la. Har bir bo‘g’in tarkibida unli tovush bo‘lishi shart, demak, so‘z tarkibida nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g’in bo‘ladi. Bo‘g’in tarkibida undoshlar qatnashmasligi ham mumkin: u-ka, o-na. O‘zbek tilida quyidagi bo‘g’in shakllari mavjud: bir undoshli: ot, bu; ikki undoshli: ost, non; uch undoshli: to‘rt, shart; to‘rt undoshli: sport, start. so`z tarkibidagi bo`g`in yoki gap tarkibidagi biror so`zga zarb berib, ta`kid bilan aytilishiga urg`u deyiladi. Urg`u tushish o`rniga ko`ra so`z urg`usi va gap urg`usiga bo`linadi. Gap urg`usi adabiyotlarda ma`no urg`usi, mantiqiy urg`u, logik urg`u terminlari bilan ham yuritiladi. Gap urg`usi gapdagi so`zni mazmun jihatidan ajratib ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Gap urg`usi gapdagi barcha so`zga tusha olishi mumkin. Urg`u tushgan so`zni talaffuzda ta`kidlab aytilishi bilan, yozuvda esa kesim oldida qo`llanilishi bilan ajratish mumkin: Download 401.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling