Bo`g`inning turlari. Bo`g`in ahamiyati haqida
Download 58.13 Kb.
|
BO`G`IMLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yelvizak
- Infeksiyalar
- Bo‘gimlarni nega qisirlatamiz
Ortiqcha vaznBir qop kartoshka qancha tosh bosadi? Albatta, 25-30 kg. Yosh o‘tgan sari to‘lishish, tabiiy. Ammo ortiqcha 20-25 kg. vazn kun bo‘yi bir qop kartoshka ko‘tarib yurishdek gap. Ozishga harakat qilmas ekansiz, bu «qop» nafaqat qo‘l-oyoqlarni, balki yurakni ishdan chiqarishi tayin. YelvizakYoz kunlari deraza-eshiklarni ochib, kirayotgan shabodadan huzur qilishingiz turgan gap. Bu paytda bo‘g‘imlar e’tiroz bildirmasligi mumkin. Ammo havo salqinlashi bilan bu odatingiz pand berishi aniq. Xulosa: bo‘g‘imlarimiz havo o‘zgarishiga o‘ta ta’sirchan. Xona havosini har kun almashtiring, ammo yelvizakda o‘tirmang. InfeksiyalarUlarga oddiy gripp va tomoq og‘rig‘i, gaymoritdan boshlab, jinsiy a’zolardagi shamollashlar kiradi. Bu kasalliklarni vaqtida davolamaslik bo‘g‘imlarni yallig‘lantirib, yurak dardiga yo‘l ochib berishi mumkin. Bo‘g‘imlar ob-havoni sezadimi?Ob-havoning o‘zgarishiga nafaqat bo‘g‘imlar, balki butun organizm ta’sirchan bo‘ladi. Ko‘pchilik odamlarning bu holatda qon bosimi ko‘tariladi, boshi aylanadi, behollik qiynaydi, yurak urishi tezlashadi. Revmatizm, artrit kabi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar ham ob-havo o‘zgarishini zimdan «sezadi». Bularning hammasi organizmda kechayotgan yallig‘lanish jarayonidan darak beradi. Chunki sog‘lom odamlarda bunday holat bo‘lmaydi. Har yili yilning issiq faslida dam olish maskanlarida hordiq chiqarib, radonli, balchiqli vannalar qabul qilish, sovuq mavsumdan oldin esa yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega dori vositalar, inyeksiyalar olsangiz, havo soviganida, bunday holatdan qiynalmaysiz. Ushbu maqolani ham o‘qing: Asaldan shifobaxsh reseptlar Bo‘gimlarni nega qisirlatamiz?Ko‘pchilik kishilar uchun bu odat tusiga kirgan. Ba’zilar shu yo‘l bilan asablarini tinchlantiradi, boshqa birovlar esa xayoli parishon holatida shunday qilishni xush ko‘rishadi. Avvalo, nega bunday bo‘lishini aniqlaylik. Bu o‘ylaganingizdek, bo‘g‘imlarda yig‘ilib qolgan tuzlar emas. Qisirlash bo‘g‘imlardagi tog‘ay to‘qimasidan chiqadi. Qo‘llarni qisirlatganda og‘riq sezmaymiz. Negaki tog‘aylarda asab to‘qimalar yo‘q. Ammo bu odatga aylansa, tog‘aylar mo‘rtlashib, atrofidagi to‘qimalarni yallig‘lantirishi, bu esa suyaklarga ozor berishi mumkin. nega deganda suyaklardagi asab tolalar og‘riqni darhol sezadi. Noxush odatingiz artroz kasalligini chaqirishi mumkin. Qisirlatish natijasida nafaqat bo‘g‘im, balki tog‘ay to‘qimasi, paylar, qo‘l mushaklari zararlanadi. Ularga shikast etgan-etmaganligini aniqlash uchun shifokorga murojaat eting. Shifokor suyak va bo‘g‘im to‘qimasini mustahkamlovchi xodroitin sulfat, glyukozamin sulfat, gidroxlorid bo‘lgan vositalar buyuradi. Shuningdek, bir muddat darmondori yig‘indilarini ichib turish kerak. Davolanishdan keyin yana eski odatingizni eslamaslik uchun rezina xalqadan foydalanish mumkin. Uni qo‘lda ezish bo‘g‘imlar uchun maroqli va gimnastika vazifasini o‘taydi. Bo‘g‘imlar harakatchanligini saqlab qolish uchun, barmoqlarni yig‘ib, kaftga tekkizish mashqi bajariladi. Download 58.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling