Bo`g`inning turlari. Bo`g`in ahamiyati haqida


Davolashda shifokor tavsiyalari foydali


Download 58.13 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi58.13 Kb.
#1554434
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BO`G`IMLAR

Davolashda shifokor tavsiyalari foydali


  • Ertalabki badantarbiya, turnikda osilish mashqlari.

  • suzish.

  • kasallikning tinish davrida uqalash va fiziomuolaja (igna bilan davolash, magnit va zulukterapiya)lar qabul qilish.

  • suv yordamida asta-sekin chiniqish.

Zararli


  • Uzoq masofaga yugurish, keskin harakatlar talab etadigan mashqlar bajarish.

  • Achchiq qora choy, qahva, spirtli ichimliklar ichish, tamaki chekish.

  • Maxsus dori vositalar yordamida immunitetni ko‘tarish. Bu sizga qimmatga tushishi mumkin. Chunki bu birikmalar organizmga qay darajada ta’sir etishini aniq bilmaymiz. Buning o‘rniga asalari mumi, asalari changi, odamgiyoh (jenshen) kabi tabiiy vositalar yordamida immunitetni ko‘tarish mumkin.



Ushbu maqolani ham o‘qing: Ehtilom ( o‘z-o‘zidan bo‘shalish )

Yordamchi usul yordamida davolanish


Davolanishda shifokor buyurgan dori-darmonlardan tashqari, girudoterapiya, ya’ni zuluklar yordamida bajariladigan muolajalar qo‘llaniladi. Zuluk so‘lagidagi maxsus moddalar umurtqa bo‘g‘imlarini «yumshatib», immunitetni ko‘tarishga qodir! Bu esa kasallikning chekinishiga yordam beradi. Shuning uchun shifokor tavsiyasiga ko‘ra,bu usuldan ham foydalaning.
Davolanishda uqalash, ignaterapiya, asalari mahsulotlarini qo‘llash kabi usullardan keng foydalaniladi.Bemor ruhiy tushkunlikka tushmasligi kerak. Shifokor ko‘rsatmalarini bajarish, qiyinchiliklarga qaramay, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lish, doimiy harakat davolanishning samarasini belgilaydi. Bu esa sog‘ayib, to‘laqonlik yashashingizga yordam beradi. Kasallik oldida yengilmang, balki uni yengishga harakat qiling!



Badantarbiya yordam beradi


Kasallikdan qutulishning yana bir yo‘li ko‘proq harakatda bo‘lish. Qaysi yoshda bo‘lmang, ertalab badantarbiya mashqlarini bajarishga erinmang. U bo‘g‘imlarni qizdirib, kun davomida yaxshi kayfiyatda bo‘lishingizni ta’minlaydi. Badantarbiya mashqlari ochqoringa bajarilishi esingizda bo‘lsin. Avval o‘zingiz uchun qulay sharoitda o‘tirib, tinchlanishga, chuqur nafas olib, sekin chiqarishga harakat qiling.

  1. mashq. Dastlabki holat: oyoqlar elka kengligida, qo‘llar tushirilgan. O‘ng qo‘lni yuqoriga ko‘taring. Chap oyoqni tizzadan bukib, tovonni chap qo‘lda ushlang. Bu holatda 10-15 soniya turishga harakat qiling. Mashq davomida engil nafas olishga urining. Dastlabki holatga qayting. Mashqni o‘ng oyoqda ham takrorlang.

  2. mashq. Dastlabki holat: oyoqlar elka kengligida, qo‘llar tushirilgan. Chuqur nafas olinib, qo‘llar keng yoyiladi. 3 soniyaga nafasni ushlab turing. Nafas chiqarib, chap qo‘lni chap oyoqqa tekkizing. Dastlabki holatga qayting. Mashqni o‘ng qo‘lda ham takrorlang.

  3. mashq. Dastlabki holat: oyoqlar elka kengligida, qo‘llar tushirilgan. Oldinga egilib, o‘ng qo‘l yordamida o‘ng oyoq barmoqlariga tekkiziladi. Shu holatda turib, chap qo‘lni oldinga cho‘zing va 3 soniya nafasni chiqarmaslikka harakat qiling. Mashq bajarayotgan paytda imkon qadar oyoqlarni bukmang. Mashq chap qo‘l bilan ham takrorlanadi.

  4. mashq. Dastlabki holat: oyoqlar elka kengligida, qo‘llar tushirilgan. O‘ng oyoqni qo‘lda tutib, orqaga qa-yiring.

Download 58.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling