Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari. Reja: Smentli klinkerning modduli harakteristkalari
Download 102.56 Kb.
|
Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari
To’yinish koeffitsiyenti (TK). Olimlardan V.A.Kind va V.N.yunglar tomonidan aniqlangan to’yinish koeffitsiyenti portlandtsement klinker mineralogik tarkibining eng muhim tavsifidir. Klinker minerallar orasida uch kalg’tsiy silikat eng muhim mineral hisoblanadi, portlandtsement xossalari ko’p jihatdan ana shu silikatning foiz miqdoriga bogiiq. Shu bilan birga, klinker tarkibidan uch kalg’tsiy silikat olish texnologik jihatdan juda murakkab. Qolgan uch tur silikat osongina hosil boiadi.
Shu narsa maiumki, ohak keragidan ko’p boisa, C2S, S3A va C4AF ning hosil boiish jarayoni (shuningdek, CaO bilan SO2 o’zaro tahsir yetishi tufayli CaSО4 ning ham) uch kalg’tsiy silikat faqat ancha yuqori (1300°C dan ko’p) haroratda va kuydirilayotgan aralashmada suyuq faza boigandagina ikki kalg’tsiy silikatning ohak bilan to’yinishi hisobiga hosil boiadi. Shunday qilib, portlandtsement klinker ishlab chiqarishda 2CaOSiО2 ni 3CaOSiО2 ga aylantirish va klinkerda kerakli miqdorda 3CaOSiО2 hosil qilish kerak. Ammo klinkerda yerkin ohak qolmasligi kerak, yahni CaO dan C3S, C3A va C4AF hosil qilish uchun ular kerakli miqdorda boiishi lozim. Bu vazifa qanchalik aniq bajarilayot-gani to’yinish koeffitsiyentining (TK) qiymati orqali aniqlanadi. Unda yutilgan (alyuminiy oksidning uch kalg’tsiy alyuminatga, temir oksidning bir kalg’tsiy ferritga va sulg’fat kislota angidridining kalg’tsiy sulg’fatga aylanguncha to’yinishidan ortgan ohak) ohak miqdorining qumtuproq uch kalg’tsiy silikatgacha ohakka to’yinishi uchun zarur boigan ohak miqdoriga nisbati beriladi. Klinker minerallari tarkibiga kiruvchi oksidlarning molekulyar og’irliklariga qarab qumtuproq 2CaOSiО2 gacha, gil-tuproq 3CaOAl2О3 gacha, temir oksid CaOFe2О3 gacha va sulg’fat kislota angidridi CaSО4 gacha to’la to’yinishi uchun talab qilinadigan CaO miqdorini hisoblash mumkin (CaSО4 ikkita, yahni CaO va SО3 oksidlaridan iborat deb olinadi). Uch kalg’tsiy silikatda kalg’tsiy oksidning og’irligi bo’yicha kremniy oksidga nisbati ga teng. Demak, 3CaO • SiО2hosil bo’Iayotganda Si02 ning har bir og’irlik qismi 2,8 og’irlik qism CaO ni yutadi. Xuddi shunday yohl bilan A12О3 ning bir og’irlik qismi (3CaO • A12О3 hosil bo’Iayotganda) 1,65 og’irlik qism CaO nbir og’irlik qism Fe2О3 esa (CaO Fe2О3 hosil bo’Iayotganda) 0,35 og’irlik qism CaO ni bir og’irlik qism S03 (CaS04 hosil bo’Iayotganda) 0,7 og’irlik qismni yutishini aniqlash mumkin. Klinker minerallaridagi ohak va kislota oksidlarining og’irlik nisbatlari mahlum bo’lsa, qancha CaO kerakligini kislota oksidlari orqali ifodalash mumkin. C2S hosil bo’lishi uchun 2,8 SiО2 va C3A ga 1,65 A12О3; CF ga 0,35 Fe2О3 va CaSО4 ga 0,7 SО3 talab qilinadi. Bu mahlumotlardan foydalanib, to’yinish koeffitsiyenti formulasini quyidagicha yozish mumkin: Bu formula suratdagi A12О3, Fe2О3 va CО3 lar C3A; CF va CaSО4 gacha to’yingandan keyin qolgan ohak miqdorini, maxraji esa qumtuproqning C3S gacha to’yinishi uchun zaair bo’lgan ohak miqdorini ifodalaydi. Surat bilan maxraj teng bo’lsa, to’yinish koeffitsiyenti 1 bo’ladi. Bunday klinker tarkibida ikki kalg’tsiy silikat bo’lmaydi. Qumtuproqning C3S gacha toia to’yinishini qiyinlashtiradigan bir qator texnoiogik omillar tufayli qiymati 1 ga teng bo’lgan to’yinish koeffitsiyentiga yerishish amalda juda qiyin. Shuning uchun to’yinish koeffitsiyenti odatda 1 dan kichik bo’ladi. Oddiy portlandtsement uchun TK=0,80—0,95. Demak, bunday portlandtsement tarkibida C3S dan tashqari ikki kalg’tsiy silikat ham bor. To’yinish koeffitsiyenti qanchalik kichik bo’lsa, klinkerda C2S shuncha ko’p, C3S esa kam bo’ladi. Shunday qilib, to’yinish koeffitsiyenti va ikki modul qiy-matlariga qarab portlandtsement klinkerining sifati haqida fikr yuritish mum kin. Download 102.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling