Iqtisodiy funktsiyalar tizimida ishlab chiqarish va ijtiomiy mehnat taqsimoti muhim o’rin tutgan. Jumladan, dehqonchilik ishlari, ishlab chiqarishni tashkil etish, jamoa xo’jaliklarida yer va suvni taqsimlash, qurilish va sug’orish irrigatsiya ishlarini yo’lga qo’yish, hishloq xo’jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, mahsulot ayirboshlash hamda savdo-sotiq aloqalari shular sirasiga kiradi. Ishlab chiqarish taraqqiyotining turli bosqichlarida rejalash-tirish, tashkil qilish, tartibga solish va nazorat qilish kabi ishlarni bajarish vazifalari ham yuzaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |