Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


-§. Amir Temur va Temuriylar davri davlatchiligida ichki va tashqi siyosat


Download 1.89 Mb.
bet110/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

4-§. Amir Temur va Temuriylar davri davlatchiligida ichki va tashqi siyosat.

Ichki siyosat. Mansab va unvonlar. Amir Temurning kuchli markazlashgan davlat barpo etishi natijasida Movarounnahrda o’zaro urush va nizolarga barham berilib, uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o’rnatildi. Fan, madaniyat, hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon yaratildi. Amir Temur vafot etgach bu anhanalar buzilgan bo’lsa-da, SHohruh va Ulug’bek Sohibqiron davridagi tartib-qoidalani tiklash borasida sayhi-harakatlar olib bordilar.

Bizga manbalardan mahlumki, Amir Temur hokimi mutlaq bo’lib, uning farmolari so’zsiz ijro etilgan. Ammo, o’rta asrlar davlatchilik anhanalariga ko’ra, nasl-nasabi xon avlodiga mansub bo’lmagan shaxs taxtni boshqara olmas edi. SHuning uchun ham, o’z davrida Amir Qozog’on tomonidan belgilangan anhanaga ko’ra, Amir Temur avval CHingizxon avlodidan bo’lgan Suyurg’atmishni (1370-1388 yy.) keyin esa uning o’g’li Sulton Mahmudxonni (1388-1402yy.) o’z huzurida “xon” qilib ko’taradi. Ularning nomidan yorliqlar chiqarilib, tanga pullar zarb qilingan bo’lsa-da, Sohibqiron ularni davlat ishlariga umuman aralashtirmagan. Sohibqiron “amir” unvonida bo’lib, 1370yilda Qozonxonning qizi Saroymulkxonimga uylanganidan so’ng “Qo’ragon” (“Xon kuyovi”) unvonini oladi. Bu holat, yahni, xon avlodiga kuyov, qarindosh bo’lishi ham uning siyosiy mavqeini rasman bo’lsa ham mustahkamlashga xizmat qilgan.

Amir Temur o’zi barpo etgan ulkan saltanatni o’g’illari, nabiralari va nufuzli amirlariga suyurg’ol tarzida inhom qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrni esa poytaxt Samarqand bilan o’zida qoldirdi. Suyurg’ol tariqasida berilgan uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular mahlum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida devonxonasi bo’lib, ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga jo’natish va oliy hukmdorning harbiy yurishlarida o’z qo’shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.

Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida markazda va joylarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati, boshqaruvdagi ikki muhim, hamda asosiy idora- dargoh va devonlar (vazirliklar) mavud edi.



Dargoh- eng oliy davlat idorasi bo’lib, oliy hukmdor Amir Temur, yuqorida eslatganimizdek, Suyurg’atmishni “xon” deb ehlon qilgan bo’lsa-da, hokimiyat batamom Sohibqiron ihtiyorida bo’lgan. “Soxta xon” ehlon qilinishi holati o’sha davr vaziyati va voqeyligidan kelib chiqib, Amir Temur hokimiyatini mustahkamlash yo’lida amalga oshirilgan edi. “Tuzuklar”da keltirilishicha, dargohda vaqti-vaqti bilan xos majlislar o’tkazilib turilgan. Bunday majlislarda davlat va mamlakat idorasi, sodir bo’layotgan o’zgarishlarga munosabat, mansab va vazifalarga tayinlash masalasi ko’rib chiqilgan. Bunday tadbirlarni tor doirada o’tkazilishiga sabab, davlat ahamiyatiga molik masalalarni chetga ayon bo’lishidan saqlanish edi.

Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar va joylardagi mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog’lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo’lgan. Dargoh tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik qilgan. O’sha davrda oliy devonning ahamiyati va mavqei shu qadar baland bo’lganki, ayrim manbalar (Ali Yazdiy) uni dargoh bilan bir mahnoda tahriflagan.




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling