10-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o’z oltin zaxirasini yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valyuta jamg’armalarida uz ulushiga ega.
11-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z pul birligi — milliy valyutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog’ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga hakli.
12-modda. O’zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig’imlar O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetiga va mahalliy byudjetlarga tushadi.
13-modda. O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o’rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning ahzosi bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |