Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Soliqlar va majburiyatlar
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
Soliqlar va majburiyatlar. Gerodot mahlumotlariga ko’ra, ulkan Ahamoniylar saltanati alohida viloyatlar (o’lkalar) – satrapiyalarga bo’lingan bo’lib, ularning soni 20 ta edi. Har bir satrapiya har yili mahlum miqdorda soliq to’lab turishi shart edi. Soliqlarning miqdori ko’p hollarda kumush talant (talant – pul birligi, bir talant 30 kg kumushga teng bo’lgan) bilan belgilangan. Soliqlar kelib tushishini tizimga solish uchun Doro I yagona tanga tartibini joriy etadi. Bu tartibning asosini og’irligi 8,4 g keladigan oltin darik tashkil etardi. Oltin darikni bir donasini og’irligi 5,6 g bo’lgan 20 ta kumush tangaga almashtirish mumkin bo’lgan. Oltin darik faqat podsho tomonidan, kumush tangalar esa ayrim viloyatlar hukmdorlari tomonidan zarb etilgan.
Qaram o’lkalar pul solig’idan tashqari mahsulot bilan ham soliqlar to’laganlar. Ushbu soliqlar hisobidan Persepolda, So’zada va Ekbatanda fors podsholarining hashamatli saroylari qad ko’targan. Misol uchun, So’zadagi saroyni qurish haqida Doro I yozuvlarida shunday xabar beriladi: «Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtridan keltirilgan. Ko’k tosh «kapa-utaka» (lojuvard) va «sinkabrush» (yarim qimmatbaho tosh-serdolik) Sug’ddan keltirilgan. «Axshayna» toshi (fero’za) Xorazmdan keltirilgan». SHuningdek, Gerodot Ahamoniylar davridagi yana bir soliq turi – sunhiy ko’llardan dalalar uchun olinadigan suv puli haqida ham mahlumot beradi. Tarixchining tahkidlashicha, ko’llarning to’g’onini ochgani uchun fors podshosi «odatdagi soliqdan tashqari katta pul oladi». Ahamoniylar davlatida majburiy harbiy xizmat ham muhim ahamiyatga ega edi. Elefantin orolidagi (Misrning janubiy chegaralari yaqinida) garnizon arxividan mahlumki, bu yerda mil.avv. V asr oxirida xorazmlik jangchi Dargamon xizmat qilgan. Sak jangchilari haykalchalarining topilishi Misrdagi yirik harbiy bazalardan biri bo’lgan forslarning Memfis garnizoni tarkibida sak otliqlari ham bo’lganligidan guvohlik beradi. larga qarshi chiqqan Kserks qo’shinlari tarkibini sanab o’tar ekan Gerodot, baqtriylar, sak-amorglar, parfiyonlar, xorazmiylar, Sug’diylar va saklarni ham tilga oladi.
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling