Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Manzilgohlar va mehmorchilik
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
Manzilgohlar va mehmorchilik. O’tgan asrning 30-yillarida Ahamoniylar davri madaniy qatlamlari faqat Janubiy Tojikiston hududlaridagina mahlum edi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng mil.avv. VI-IV asrlarga oid yodgorliklar ko’pgina hududlarda aniqlanib, tadqiqotlar ko’lami kengaydi. Hozirgi kunda bu davrga oid manzilgohlar nafaqat Janubiy Turkmaniston, balki SHimoliy va Janubiy Baqtriyadan, Sug’diyonadan, Parfiya va Marg’iyonadan, Xorazmdan topib o’rganilgan bo’lsa, Farg’onadan, Oloydan, SHarqiy Pomirdan hamda Orolbo’yidan ko’mish marosimiga oid yodgorliklar topib tekshirilgan.
Bu davrga oid manzilgoh va ko’hna shaharlar mehmorchiligi Janubiy Turkmanistonda nisbatan ko’proq o’rganilgan. Bu hududlardagi eng yirik ko’hna shahar Marvdagi Govurqalha hisoblanadi. Govurqala o’lchamlarining yig’indisi 7,5 km. ga teng. Ahamoniylar davri Marvning markazi Govurqala shimoliy tomonining markazida joylashgan Erkqalg’a istehkomi bo’lgan. Mil.avv. I ming yillik o’rtalarida ushbu istehkom baland loy devor bilan o’rab olinadi. Erkqalhaning markazida yirik mehmoriy inshootlar – hukmdor saroyi va diniy majmua qad ko’taradi. Istehkom xom g’ishtdan bunyod etilgan mustahkam poydevor ustiga qurilib, yagona darvozasi shahar tomonga qaratilgan. Marv vohasining qadimgi markazida Ahamoniylar davriga oid Yozdepa manzilgohi ochib o’rganilgan. Yozdepa birmuncha ilgariroq davrda paydo bo’lgan bo’lib, mil.avv. I ming yillik o’rtalarida o’zining avvalgi harbiy-mahmuriy ahamiyatini yo’qota boshlaydi. Ammo, Yozdepa manzilgohi butunlay yo’qolib ketmaydi va qazishmalar natijasida bu yerdan to’g’ri burchakli g’ishtlardan qad ko’targan devorlar, inshootlar qoldiqlari aniqlangan. Kopetdog’ning tog’ oldi hududlaridan mil.avv. VI-IV asrlarga oid yirik ko’hna shahar Yelkendepe xarobalari ochib o’rganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Yelkendepe SHimoliy Parfiyaning harbiy-mahmuriy markazi bo’lib, bu yerga Ahamoniylar podsholari kelib turgan. Ko’hna shahar noto’g’ri aylana shaklida bunyod etilgan bo’lib, o’zunligi 500 metr, eni 300 metrga yaqin. SHahar o’rnidagi dastlabki manzilgoh to’g’ri burchakli yirik g’ishtlardan qad ko’targan mustahkam devor bilan o’rab olingan. Markazda istehkom qad ko’targan. Xorazm ekspeditsiyasining sayhi-harakatlari tufayli qadimgi Xorazm hududlarida ham Ahamoniylar davri yodgorliklari aniqlangan. Ulardan biri – satrapning qurib bitkazilmagan saroyi Qalhaliqir I hisoblanadi. Yana bir bu davrga oid ko’hna shahar Amudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan Ko’zaliqir bo’lib, u tabiiy tepalik ustida joylashgan. Uning maksimal o’zunligi 1000 metr, eni esa 500 metrdan ziyodroqdir. Qazishmalar natijalariga ko’ra, ko’hna shahar ikki qator devor bilan o’rab olinib, tashqi devor minoralar bilan mustahkamlangan. Ichki devor esa turli qurilishlarga tutashib turgan. O’ng qirg’oq Xorazmdagi Ahamoniylar davriga oid yana bir yodgorlik Ding’ilja yaqinidagi manzilgoh hisoblanadi. Qazishmalar natijasida bu yerdan 2600kv. m. maydonga ega bo’lgan ko’p xonali katta bino ochib o’rganilgan. Binodan turar-joy, xo’jalik ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan 17 ta xona aniqlangan. Devor to’g’ri burchakli va to’rtburchak yirik g’ishtlardan bunyod etilgan. Bino qurilishlari mil.avv. V asr oxiri - IV asrning birinchi yarmi bilan sanalangan. Sug’diyonaning yirik madaniy markazi va poytaxti bo’lgan Afrosiyob ko’hna shahri bu davrd ayniqsa gullab-yashnadi. Bu davrga kelib umumiy maydoni 219 gektar bo’lgan Afrosiyob markaziy va yirik shahar sifatida ancha rivojlanib, bu yerda shahar hayotining rivojlanishi Sug’diyona va butun O’rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy haytning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan. Ahamoniylar daridagi Samarqand Sug’di xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyoti haqida Lolazor, Laylaqo’ytepa, Ko’ktepa, To’rtko’ltepa kabi yodgorliklardan topilgan topilmalar ham qimmatli mahlumotlar beradi. Bu topilmalarga qarab (jangovar va mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari, taqinchoqlar, qurilish uslubi va hokazo) Samarqand va uning atroflaridagi hududlarda mil.avv. I ming yillikning o’rtalarida yashagan aholi xo’jalikning dehqonchilik, chorvachilik, uy hunarmandchiligi va ixtisoslashgan hunarmandchilik turlarini anchagina rivojlantirganlar degan xulosa chiqarish mumkin. Buxoro vohasidagi Xo’ja Bo’ston, Konimex, Qumrabod, Arabon, CHordara, Qo’zmontepa kabi o’nlab ko’hna shahar va manzilgohlar ahamoniylar davriga oiddir. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ular yirik etno-madaniy viloyatning uncha katta bo’lmagan tumanlari bo’lib, bu hududlarda mil.avv. VI-IV asrlarda umumiy ko’rinishi bir xil bo’lgan dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Topilgan topilmalarning nihoyatda o’xshashligi shundan dalolat beradi. Keyingi yillirda Buxoro shahri va uning atroflarida ko’pgina arxeologik tadqiqotlar olib borildi. Bu tadqiqotlar natijalariga qaraganda, mil.avv. I ming yillikning o’rtalarida Zarafshonning yirik bir irmog’i Buxoro shahari hududlaridan oqib o’tib, uning o’ng va chap qirg’oqida shaharga asos solinadi. Yana shu narsa ham aniqlandiki, bu davrda ark hududi paxsa devor bilan o’rab olinadi. Buxoro atroflaridan esa bu davrga oid qalhalar va qo’rg’onlar ham ochilganki, ular atrof qishloqlarni tashkil etgan. Tadqiqotlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Buxoro – vohadagi urbanistik jarayonlarning markazi bo’libgina qolmasdan, geografik nuqtai nazardan ham vohaning markazida joylashib, viloyat markazi vasifasini bajargan. Qashqadaryo vohasi mil.avv. VI-IV asrlar yodgorliklari Sug’diyonaning boshqa hududlariga nisbatan yaxshiroq o’rganilgan. Vohadagi ko’hna shaharlardan biri Yerqo’rg’on mil.avv. VIII-VII asrlarda shakllanadi va Ahamoniylar davriga kelganda hududlari ancha kengayib, to’rtburchak shaklda devorlar bilan o’rab olinadi. Undan tashqari bu davrga kelib ko’hna shahar atrofida alohida qishloq manzilgohlari paydo bo’ladi. Bu davrda dehqonchilik vohalari atroflarining o’zlashtirilishi shaharlar bilan bog’liq bo’lib, o’zlashtirilgan hududlar shaharlarga vositachi yoki tayanch vazifani bajargan. Bunday kichik qishloqlarning bir qismi shahar aholisining shahar tashqarisidagi yerlari bo’lgan bo’lishi ham mumkin. Mil.avv. VI-V asrlar voha va shahar yagona jamoadan iborat bo’lib yaxlit Sug’d o’lka – satrapiyasi tashkil etgan bo’lishi mumkin. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqarib Ahamoniylar davriga oid Janubiy Sug’ddagi quyidagi inshootlar shakllarini belgilash mumkin: rejaviy tuzilishi to’g’ri burchakli va ikki qator devor bilan mustahkamlanib maydoni 3 gektar bo’lgan alohida qalha qo’rg’on (Sangirtepa); qishloq ho’jalik vohasi aholisi uchun harbiy boshpana vazifasini bajaruvchi va madoni 34-70 gektar bo’lgan yirik qalhalar (Erqo’rg’on, O’zunqir); paxsa – xom g’ishtlari bo’lmagan hamda maydoni 2 gektargacha bo’lgan yarim yerto’la va yerto’lalardan iborat qalhalar (Qo’rg’ontepa, Somontepa, Ko’zatepa, To’rtburchaktepa va boshqalar); tabiiy-geografik qurilishlarga asoslanib, alohida turar-joylarga ega bo’lgan manzilgohlar (Daratepa, Qorovultepa); qishloq uy-qo’rg’onlari (Saroytepa, SHo’rob, CHoshtepa). Vohadagi eng yirik yodgorliklardan biri bo’lgan O’zunqir ko’hna shahri Ahamoniylar davrida o’zida barcha himoyalanish belgilarini aks ettiruvchi mustahkam devor bilan o’rab olinadi. O’zunqir va uning atroflaridagi mehmorchilik va himoya inshootlari (70 gektarga yaqin) yuqori darajadagi shaharsozlik madaniyatidan dalolat beradi. Hozirgi kunda Tojikiston qadimiyati bilan shug’ullanuvchi olimlar tomonidan Sirdaryo o’rta oqimining chap qirg’og’i hududlaridagi Xo’jand va uning va troflaridan (o’rta asrlardagi Ustrushona) mil.avv. VI-IV asrlarga oid yodgorliklar ochib o’rganilgan. Xo’jand shahrini o’rgangan tadqiqotchilar ko’hna shahar istehkomining pastki qatlamlarini, xususan, umumiy maydoni 20 gektarga yaqin bo’lgan (shundan istehkom 1 gektarga yaqin) to’rtbuchak shaklidagi shahar maydonini o’rab turgan qalha devori qoldiqlarini mil.avv. VI-IV asrlarga oid deb hisoblaydilar. Bu davr madaniy qatlamlari SHirin, Mug’tepa (O’ratepa shahrida) va Nurtepa (O’ratepa shahridan shimolroqda) ko’hna shaharlardan ham aniqlangan. Nurtepa ko’hna shahri baland tog’ tepaligida joylashgan. N. Negmatov va boshqalarning fikricha, ko’hna shahar o’rnidagi manzilgoh mil.avv. VII asrda paydo bo’lgan. Mil.avv. VI-IV asrlarda esa Nurtepa umumiy maydoni 18 gektar bo’lgan paxsa va xom g’isht devorlardan qad ko’targan qalha hamda himoya devorlari bo’lgan shahar hisoblanar edi. Bu yerdan topilgan ko’plab topilmalarga qarab shunday xulosa chiqarish mumkinki, Nurtepa aholisi asosan dehqonchilik va hunarmandchilik ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Xo’jand va Nurtepa ko’hna shaharlari makedoniyalik Iskandar yurishlari davrida tayanch nuqtalar bo’lgan bo’lishi mumkin. Mil.avv. VII-VI asrlarda Baqtriya hududlarida himoya devorlari bilan o’rab olingan shaharlar shakllana boshlaydi. Oltindiryor (Aorn), Baqtra, Qiziltepa kabilar bu hududlardagi yirik shaharlar edi. Ahamoniylar davri SHimoliy Baqtriya haqida to’g’ridan to’g’ri yozma manbalarda mahlumotlar berilmasa ham arxeologik tadqiqotlar bu masalaga ko’pgina aniqliklar kiritadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Baqtriya Kir II ning mil.avv. 539-530 yoki 547-539 yillardagi yurishlaridan so’ng Ahamoniylar davlatiga bo’ysuntiriladi. Ayrim tadqiqotchilar bu davrda Baqtriyaning shimoli-g’arbiy chegeralaridagi Temir darvoza atroflarida Sisimifr qalhasi bo’lgan deb hisoblaydilar. I. V. Pg’yankovning fikricha, bu yerda Baqtriya va Sug’diyona o’rtasidagi chegarani belgilaydigan hamda katta yo’lni nazorat qilib turadigan punkt joylashgan bo’lishi mumkin. Ammo, bu taxminlar arxeologik tadqiqotlar bilan tasdiqlanmaydi. SHu bilan birga Amudaryodan kechuv joyida va bu kechuvga keluvchi yo’llar ustida mil.avv. I ming yillik o’rtalarida qalhalar (SHo’rtepa, Talashkan I, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu jarayon Ahamoniylarning Baqtriyadan Sug’diyonaga o’tuvchi barcha yo’llarni qathiy nazorat ostiga olganlaridan dalolat beradi. Ahamoniylar davriga yelib Baqtriya shaharsozligida sezilarli o’zgarishlar bo’lib o’tadi. Ko’plab rivojlanish jarayonlari: temir qurollarning keng yoyilishi, sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilikning takomillashuvi, manzilgohlar sonining ortishi, ular maydonining kengayishi, yangi belgilar qo’shilgan holda tuzilishining murakkablashuvi aynan mana shu davr uchun xosdir. SHuningdek, bu davrga kelib aholi punktlarining turli shakllari: o’troq dehqonchilik zodagonlarining mustahkamlangan qo’rg’onlari (Qizilcha), yirik manzilgohlar (Bandixon II), murakkab mudofaa-rejaviy tuzilishga ega qo’rg’onli shaharlar (Qiziltepa) paydo bo’ladi. Bandixon II qalha va qalhaning shimoli-sharqiy tomonida joylashgan mustahkamlanmagan manzilgohdan iborat. Manzilgohning janubi-sharqiy burchagida joylashgan qalha (110x100 m) hamma tomonidan xandaq va paxsa devor bilan o’rab olingan bo’lib, burchaklari yon tomondan himoya qilingan va yarim aylana shaklidagi minoralari hamda uchburchak shinaklari mavjud. Qalha ichidagi madaniy qatlam turli suyaklar, go’ng, sopol parchalari, qurilish izlari bo’lmagan kul qatlamlaridan iboratki, tadqiqotchilarning fikricha, bu yer harbiy xavf tug’ilgan paytda aholi va chorva uchun boshpana vazifasini bajargan. Bandixon II uchun rejaning mahlum zichligi, himoya tartibining murakkabligi (minorali devorlar, xandaqlar), manzilgoh barcha qismlarining bir vaqtda shakllanishi va rivojlanishi xosdir. Qandaydir vazifani bajarishi nuqtai nazaridan bu manzilgoh uncha katta bo’lmagan dehqonchilik vohasining mahmuriy markazi bo’lgan bo’lishi mumkin. Bandixon II himoya inshootlari murakkablashgan tartibi va qalhasining ichki tuzilishi bilan farqlangan holda, bronza davri Sopollitepa anhanalarini (ikki qismli tuzilish) takrorlaydi. Bu davrga kelib manzilgohlarning ilgaridan ko’plab belgilari bilan farqlanuvchi Qiziltepa ko’rinishidagi yangi shaharsozlik shakli ham paydo bo’ladi, ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Qiziltepa: qalha, shahar, «shahar oldi», va atrof hududlar qismlaridan iborat. Maydoni 2 gektar, balandligi 14-15 metr tepalik ustiga joylashgan qalhaning g’arbiy yarimi baland sunhiy poydevor ustiga qad ko’targan hokimning saroyi bo’lgan katta qurilishlardan iborat. Qalhaning sharqiy yarimi g’arbiy qismidan katta hovli yoki maydon bilan ajratilgan bo’lib, bu yerda xo’jalik – turar-joy majmuasi joylashgan va bu majmua ko’plab turli davrlarga oid xonalardan iborat. A.Sagdullaevning Qiziltepada olib borgan stratigrafik tadqiqotlari natijasida ko’hna shahar o’zlashtirilishining uchta asosiy davri (Qizil I, II, III) aniqlangan. Qizil III davri aynan Ahamoniylar davriga (mil.avv. V-IV asrlar) oid bo’lib, bu davrda ko’hna shaharning janubi-sharq tomonida shahar oldi shakllanadi. Uning ichida va qalhada ayrim uchastkalar qayta qurilib, ayrim yangilari paydo bo’ladi. Bu davrning oxirlariga kelib shahar inqirozga uchray boshlaydi. Himoya devorlarida chiqindi to’plamlari paydo bo’ladi va qalhaning yuqori xonalari xo’jalik chiqindilarining qalin qatlami bilan qoplanadi. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, ilgarigi davrdagi barcha manzilgohlarga nisbatan Qiziltepada mutlaqo yangi tuzilish va rejaviy belgilar paydo bo’ladi. Xususan, ko’pqismlilik, vazifaviy farq va har bir qismning alohidaligi, qo’rg’onning qalhaga aylanishi, mustahkamlanmagan qismning qishloqqa aylanishi, shahar oldi va atrof hududlarning ajralishi kabi belgilar Qiziltepa uchun xosdir. SHuningdek, Qiziltepaning himoya inshootlari ham ilgarigi manzilgohlardan sezilarli farqlanadi. Himoya devorlari ikki tartibli bo’lib, ular o’rtasida yo’lak qoldirilgan. Keng va chuqur xandaqlar ko’hna shaharni o’rab turgan. Devorlarda kamonchilar tik turib va tizzalab otishlari uchun maxsus shinaklar o’rnatilgan. Antik davr mualliflari Ahamoniylar davri Baqtriyasini ko’p sonli katta shaharlari bo’lgan o’lka sifatida tahriflaydilar. Ular orasida nisbatan yiriklari Baqtra-Zariasp, Aorn, Drapsak yoki Daraspa-Adraspa va Kariatid bo’lgan. Baqtrada juda balandlikda qalha qurilib pastda shaharni qalin devor o’rab turgan. SHuningdek qalha, akropolda ham mavjud edi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, Ahamoniylar davrida Baqtra Bolo Hisor hududlarini (120 gektar) va uning janubi g’arbidagi pastki shaharning bir qismini egallagan. Aorn esa Balxdan 35 km shimolda joylashgan Oltindilyortepaga qiyos qilinadi. Xullas, mil.avv. I ming yillikning o’rtalari Baqtriyada to’rt qismli ko’rishidan iborat turli tipdagi shaharlar mavjud edi. Bu tuzilish – qalha, shaharning o’zi, shaharoldi hududi qishloqlari va alohida qo’rg’onlardan iborat shahar atrofi qismlari edi. Baqtriyaning bu davr shaharlari mahalliy anhanalar asosida shakllangan bo’lib bu jarayonning ildizlari bevosita bronza davri bilan bog’lanadi. Mil.avv. VI-IV asrlar Farg’ona va CHirchiq-Angren vohalarining Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida mahlumotlar saqlanmagan. Ushbu hududlardagi bu davrga oid yodgorliklarning madaniy anhanalari boshqa hududlarga nisbatan boshqacharoq kechgan. Bu davrga kelib CHirchiq-Angren vohasidagi Burgulik madaniyati inqirozga uchraydi. Bu madaniyat manzilgohlari yarim yerto’la va xom g’isht qurilishlar bilan izohlanadi. Ayrim tadqiqotchilar Jo’nariq bo’yidagi SHoshtepani mil.avv. VI-IV asrlarga oid deb hisoblab, Burgulik madaniyatining so’nggi bosqichiga xos degan fikrni bildiradilar. Agar bu fikr to’g’ri bo’lsa, SHoshtepa ushbu hududlardagi dastlabki qadimgi dehqonchilik manzilgohidir. Mil.avv. VI-IV asrlarga oid yodgorliklar Farg’ona vodiysidan nisbatan ko’proq aniqlagan bo’lib, ular manzilgohlar va mozor-qo’rg’onlardan iborat. Ular orasida nisbatan yaxshi o’rganilganlari Eylaton ko’hna shahri, Oqtom, Kungay va Niyozbotir hisoblanadi. Eylaton ko’hna shahri xarobalari Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi Iloton qishlog’i yonida joylashgan. Mahalliy aholi orasida bu ko’hna shahar SHahri Xayber nomi bilan mashhurdir. Mil.avv. VI-IV asrlarga oid1 bu ko’hna shahar nisbatan yaxshiroq o’rganilgan bo’lib, Eylaton madaniyati yodgorliklri vodiyning deyarli barcha hududlaridan aniqlangan. Eylaton ko’hna shahri ikki qismdan iborat. Ichki qism devorlar bilan o’ralgan, 20 gektardan iborat, lekin istehkomi yo’q. Tashqi qism, 200 gektardan iborat bo’lib bu hududda qurilishlar qurilmagan. Bu qism ham uyum-devorlar bilan o’rab olingan. Qazishmalar natijasida doimiy turar-joylar, xo’jalik xonalari, sopol idishlar, mehnat va jangovar qurollar, taqinchoqlar topib o’rganilgan. Ushbu topilmalarga qarab xulosa chiqaradigan bo’lsak, faqat Farg’onaning o’zida Eylatondan topilgan ashyoviy dalillarga davr jihatdan yaqin yodgorliklar SHo’rabashot, Simtepa va OzgorII lardir. SHo’rabashotdan olingan arxeologik ashyolarning asosiy xususiyati bu yerda och rangli sopol idishlarning qizil rangli sopol idishlar bilan bir majmuada uchrashi hisoblanadi. SHuningdek, SHo’rabashotda ko’za va qadahlar ham uchraydi. Undan tashqari SHo’rabashot ko’hna shahri tuzilishi ham Eylaton ko’hna shahari tuzilishiga o’xshaydi. SHundan xulosa chiqargan S. Qudratov SHo’raboshot ko’xna shahrining bir qismini mil.avv. III-II asrlar bilan belgilash lozim degan taklifni ilgari suradi. Bu davr vodiydagi dehqonchilik madaniyati mozor-qo’rg’onlar topilmalari bilan bevosita bog’liqlikdir. SHunday qo’rg’onlardan biri Oqtom Farg’onadan 9 km janubda joylashgan. Bu yerdan 31 ta qabr ochib o’rganilgan. Topilgan topishmalarga qarab Oqtom qabilalarining katta ko’pchiligi dehqonchilik bilan shug’ullangan degan fikrlar ham bildirilgan. Oqtom qabilalarining dehqonchilik bilan shug’ullanishga o’tishi quyidagi jarayonlarga asos bo’lgan bo’lishi mumkin: Farg’ona sharoitida doimiy manzilgohlar qurilishi va bu manzilgohlarda sobiq chorvadorlarning xom g’isht mehmorchiligi; o’troq dehqonchilik aholisi ustidan sak-chorvador aholisining siyosiy ustunlik qilishi; Farg’onada dastlabki davlat uyushmalarining paydo bo’lishi va mahmuriy markazlarning shakllanishi hamda bularda ham siyosiy ustunlik. SHuningdek, harbiy harakatlar paytida asir olingan qo’llarning mavjudligi ko’p sonli odamlarni, jumladan, tajribali mutaxassislarni yirik qurilish ishlariga jalb etish imkonini bergan. Ushbu jarayonlarning barchasi Farg’onada Eylatonga o’xshash manzilgohlarning paydo bo’lishi uchun zamin yaratgan bo’lishi mumkin. Keyinroq esa, o’troq dehqonchilik tumanlari chegarasida joylashgan bunday mahmuriy markazlar asta-sekinlik bilan hunarmandchilik va savdo markaziga aylanadi. Ular ichida turli qurilishlar rivojlanib (Marhamat ko’hna shahri misolida) shaharlarga aylanib boradi. G. Ivanovning fikricha, balki, zodagonlar va boshqaruv mahmuriyati xizmatkor ahlining ko’payishi asosida paydo bo’ladi. Xullas, Eylaton-Oqtom topidagi manzilgohlar va mozor-qo’rg’onlardagi topilmalardan xulosa chiqaradigan bo’lsak, mil.avv. VI-IV asrlar Farg’onada CHochda bo’lgani kabi o’troq dehqonchilik aholisi yashagan. Ammo, bu aholining madaniy anhanalari Baqtriya, Sug’d, Marg’iyona va Xorazmnikiga nisbatan boshqaroq edi. Ushbu madaniyatning ildizlari mil.avv. II-I ming yillik boshlari bronza davri mahalliy Farg’ona madaniyatiga borib taqaladi. Mil.avv. VI-IV asrlar Farg’ona yodgorliklari esa qadimgi Farg’ona mahalliy madaniyatining yangi bosqichi hisoblanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling