Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
Hududiy bo’linish. Mil.avv VI asrlarning o’rtalarida tashkil topgan ulkan ahamoniylar davlati tarkibiga hozirgi Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning katta qismi, SHimoliy Hindiston, Yaqin SHarq, Kichik Osiyo, Misr kabi hududlar kirgan edi. Bu ulkan davlat mahmuriy-qaram o’lkalar- satrapiyalarga bo’lingan edi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, bu anhana Midiya davlatidan qabul qilingan bo’lib, Doro I davrida mahmariy boshqaruvda islohatlar o’tkazilib, butun davlat 20 ta mahmuriy-qaram satrapiyalarga bo’linadi. Ularni satraplar (shahanshoh noiblari) boshqargan. Satrapiyalar ancha yirik bo’lib, ayrim hollardi bir necha o’lka va viloyatlarni birlashtirgan. Misol uchun, Parfiya, Girkaniya,Oriylar o’lkasi, Xorazm va Sug’diyona bitta satrapiya hisoblangan.
Satrapiyalarning chegaralari doimiy o’zgarib turgan. Tahkidlash lozimki, satrapiyalar hududlardagi xalqlarning etnik kelib chiqishiga qarab emas, balki hududlarning iqtisodiy salohiyatiga qarab tashkil etilgan. Satraplar asosan forslardan shahanshoh tomonidan tayinlangan. Satrapning saroyi va boshqaruv apparati qisqartirilgan ko’rinishda shahanshoh saroyi va markaziy boshqaruv apparatini takrorlagan. Satrapning ikkita yordamchisi, devonxonasi va mirzalari bo’lgan. Satrap o’ziga berilgan hududlarning bosh qozisi ham hisoblangan. Satraplarning faoliyati doimiy ravishda markazdan nazorat qilib turilgan.
Butun davlat hududi 4 ta harbiy okrugga bo’lingan. Har bir okrugning harbiy boshlig’i bo’lib, u bevosita shahanshohga bo’ysungan. Bo’ysundirilgan o’lkalar va chegara tumanlarida harbiy garnizonlar joylashtirilgan. Harbiy boshliqlarning deyarli barchasi forslardan tayinlangan. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling