Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Salavkiylar davlat boshqaruvi


Download 1.89 Mb.
bet39/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

Salavkiylar davlat boshqaruvi

Har qaysi satrapiyani podsho tomonidan tayinlanib qo’yilgan satrap yoki strateg mansabidagi shaxs boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular ham mahmuriy, ham harbiy boshqaruvni qo’lga olganlar. Satrap-strateg mahmuriy boshqaruvda eng yaqin odamlaridan o’ziga yordamchi tanlagan. Bu yordamchi soliq yig’uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo’jalik hayotini nazorat qilib borgan.

Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda (Stratonik, Aleksandr, Gieraks, Antiox va boshqalar) tilga olinadi. Demak, salavkiylar hukmdorlari asosan yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy zodagonlardan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O’rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida to’plangan yunon zodagonlari bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati O’rta Osiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi.

Salavkiylar davri Baqtriya, Marg’iyona, Sug’diyona va Parfiya hududlarida ko’p aholili shaharlar ko’p edi. Maroqand, Baqtra, Niso kabi ko’plab qadimgi shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo’jalik ishlari rivojlanganligidan dalolat beradi.

Salavkiylar davlati mahlum bir xalq yoki elatlardan iborat bo’lmay, ko’pdan ko’p etnik guruhlarni harbiy yo’l bilan birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yo’nalishlari podsho saroyi bilan bog’liq bo’lib, bu holat davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ahamoniylar davlatida bo’lgani kabi salavkiylar davlatida ham ko’pgina davlat ishlarini olib boruvchi devonxona mavjud bo’lgan. Ayrim manbalar salavkiylar saroyidagi xat-hujjat ishlarining boshlig’i lavozimi haqida mahlumotlar beradi.

Tadqiqotchilarning fikricha, salavkiylar davrida anchagina murakab soliq tartibi joriy qilingan bo’lib, salavkiylar hukmdorlari o’zlarigacha mavjud bo’lgan soliq tartibini o’zlashtirgan holda unga o’zgartirishlar kiritib, mukammallashtirganlar. Dehqonlardan yer solig’ini yig’ib olish satrap-strateglarning vazifasi bo’lgan. Bunday soliqlarning miqdori aniq belgilangan bo’lib, viloyatlardan keladigan soliqlarning umumiy miqdori qishloq jamoalaridan to’shadigan soliqlarga bog’liq bo’lgan.

Mil.avv. III asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida Salavkiy hukmdorlari o’rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlarida siyosiy vaziyat o’zgarib markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashadi. Mil.avv. 250 yilda kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o’zlarini mustaqil deb ehlon qiladilar.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling