Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Jadidlarning milliy davlatchilikni tiklash haqidagi g’oyalari va amaliy faoliyati.1


Download 1.89 Mb.
bet190/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

Jadidlarning milliy davlatchilikni tiklash haqidagi g’oyalari va amaliy faoliyati.1

Jadid” so’zi arabcha so’z bo’lib, “yangi” degan mahnoni anglatadi. SHuning uchun ham yangilik va islohatchilikka intiluvchi, taraqqiyparvar milliy ziyolilar tarixda “jadidlar” degan nom olganlar.

Turkistondagi jadidchilik harakatining namoyandalari mazkur harakat vujudga kelgan dastlabki paytlardayoq faqat mahrifatparvarlik g’oyalarini ilgari surishmagan. Jadidlarning ijtimoiy qarashlarida siyosiy masalalar, xususan, davlatchilik g’oyalari muhim o’rin tutadi. Jadidlar XIX asr oxiri XX asr boshlaridayoq, yahni harakat vujudga kelgan dastlabki yillardan boshlab Turkistonda milliy davlatchilikni qayta tiklash haqidagi g’oyalarni ilgari surganlar va uni amalga oshirish uchun intilganlar.

Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, ular Turkistonni obod va mustaqil ko’rishni orzu qildilar hamda shu yo’lda fidoyilarcha kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo’nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish; turli mahrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop etish; o’zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish.

Jadidchilik harakatining asosiy g’oya va maqsadlarini umumlashtirgan holda quyidagicha ko’rsatish mumkin: Turkiston o’lkasini o’rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa mahrifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro amirligi va Xiva xonligida konstitutsion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o’rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo’shin tuzish.

Turkistonda milliy davlatchilikni tiklash va uni amalga oshirishda yirik taraqqiyparvarlar Mahmudxo’ja Behbudiy, Fitrat, Fayzulla Xo’jaev va Munavvar Qori muhim rolg’ o’ynadilar. Xususan, Mahmudxo’ja Bexbudiy XX asr boshlaridayoq Turkistonda davlat boshqaruvi kelgusida qanday bo’lishi lozimligi haqidagi qarashlarini ishlab chiqib, uni amaliyotga joriy qilish uchun faol intildi. Misol uchun, Mahmudxo’ja Bexbudiy 1907 yilda chaqirilgan Rossiyaning 3-Davlat Dumasida ko’rib chiqish uchun uning qoshidagi Musulmon fraktsiyasiga topshirgan “Bexbudiyning Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi”ni topshirgan.

Behbudiy ushbu loyihasini “taklif”, “taklifnoma” deb ataydi. Bu fikr Buhbudiyda 1905 yil 17 oktyabrda Rossiya imperiyasida ehlon qilingan mashhur Manifestdan keyin paydo bo’lgan. Davlat Dumasi haqidagi fikrlar amalga osha boshlashi bilan Behbudiy o’z g’oyalarini amalga oshirishga kirishgan. Taklifnoma bilan qo’shib jo’natilgan hujjatlar orasida Behbudiyning 1907 yil 24 aprelda 2-Davlat Dumasi va 1907 yil 3-Davlat Dumasi musulmon fraktsiyasi ahzolariga yozgan ikkita xati ham saqlanib qolgan.

SHuni ham hisobga olish kerakki, 1906 yildan boshlab muxtoriyat masalasi Rossiya musulmonlari siyosiy doiralarida asosiy muhokama mavzusi bo’lgan. Bu davr voqealarining bevosita guvohi va bilimdonlaridan biri Ahmad Zaki Validiy To’g’onning keyinchalik yozishicha, Rossiya 1 va 2-Davlat Dumasining eng qizg’in masalalaridan biri “muxtoriyat harakati” bo’lgan. Hatto Sankt-Peterburgda 1905-1907 yillarda tatar tilida nashr qilingan “Ulfat” gazetasining muharriri, mashhur Abdurashid qozi Ibrohimov (1857-1944) muxtoriyat haqida maxsus bir risola ham yozgan.

Aslini olganda, Buhbudiy va boshqa taraqqiyparvar jadidlar tomonidan ilgari surilgan milliy muxtoriyat tushunchasi Turkiston o’lkasining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligiga intilish edi. Muxtoriyat boshqaruvi mustaqillik tomon qo’yilgan dastlabki qadam edi. SHuning uchun ham Rossiya imperiyasi mahmurlari, keyinchalik demokratik Rossiya respublikasi (1917 yil bahori va kuzi) va sovet Rossiyasi rahbarlari xususan, 1917 yil oktyabrda hokimiyat tepasiga zo’ravonlik yo’li bilan kelgan bolg’sheviklar partiyasi vakillari milliy muxtoriyat tushunchasiga qarshi jon-jahdlari bilan kurashdilar.

Behbudiy loyihasining “Turkiston qozilari xususinda” nomli 7-qismida qozixonalar faoliyati qanday bo’lishi xususida muhim fikrlar mavjud. Behbudiy islom dini tarixi va qonunshunosligini mukammal egallagan yirik ulamo (u Samarqandda muftiy lavozimida ham faoliyat ko’rsatgan) sifatida bu xususda o’z fikrlarini bayon qiladi. Xususan, Behbudiy tomonidan bildirilgan qozixonalarda ish ko’rish va barcha hujjatlarni yozish turkistonliklarning ona tili- turkiy (o’zbek) tilida olib borilishi, lozimligi haqidagi fikri muhim ahamiyat kasb etadi. Loyihaning “Mulkiy mahkamalar xususinda”, “Vaqflar xususinda”, “Umumiy maktablar”, “Suv va yerlar xususinda” nomli qismlarida ko’plab demokratik erkinliklarlarni joriy qilish talab etiladi. CHinovniklar (amaldorlar) huquqlarini cheklash (7-band), maktablarning ona tilida bo’lishi (18-19 bandlar), Turkiston o’lkasiga muhojirlar (aslida Rossiya markazidan yuborilgan rus mujiklari va boshqa kelgindilar) keltirilishini to’xtatish (24-band) shundaylardan edi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, 1915 yilga qadar Rossiyaning markaziy hududlaridan 2 mln. rus “muhojiri” Turkistonga keltirib joylashtirilgan.

Maxmudxo’ja Behbudiy o’zining davlatchilik qarashlarini jadid matbuotida ehlon qilgan ko’plab maqolalarida ham oshkora tarzda bayon qilgan. 1906 yil 11 oktyabrda “Xurshid” gazetasida bosilgan “Xayrul umuri avsatuho” (“Ishlarning yaxshisi o’rtachasidur”) nomli maqolasida u sotsialistik tahlimotni va uni Rossiyada amalga oshirishga uringan bolg’sheviklar partiyasini keskin qoralab chiqdi. Behbudiy o’z maqolasida Rossiyadagi mavjud siyosiy partiyalarni quyidagi guruhlarga bo’ladi:

1.Buyrukratiyai mustabid firqasi (mutlaq monarxiya - hukumat partiyasi).

2. Mashrutai avomiya (konstitutsion demokratlar - kadetlar partiyasi).

3. Ishtirokiyuni ommaviyun (xalq sotsializmi - sotsial -demokratlar partiyasi).

4. Rusiya musulmonlari ittifoqi.

Behbudiy maqolada sotsial-demokratlar (meng’sheviklar va bolg’sheviklar) hamda sotsial-revolyutsionerlar (eserlar) partiyasi faoliyatiga salbiy munosabat bildirib, ular mavjud tuzumni inqilobiy yo’l (revolyutsiya) orqali o’zgartirishga harakat qilayotganliklarini aytib, bu holat kelgusida Rossiya jamiyatida misli ko’rilmagan talafotlar yuz berishiga sabab bo’lishidan ogohlantiradi.

Behbudiy singari jadidchilik harakatining asoschisi, qrimlik mashhur Gasprinskiyga ham o’z fikrlarini faqat 1905 yildan keyin sal erkinroq aytishiga imkoniyat tug’ildi. Gasprinskiyning 1907 yili “Tarjimon” gazetasida bosilgan “Turkchilik” maqolasida milliy g’urur va iftixor tuyg’usini tarbiyalash asosiy maqsad qilib olingan edi.

I.Gasprinskiy Turkiston xalqi hayotini o’rganish va turkistonliklarni Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga tortish uchun ancha ishlarni qildi. U 1893 va 1908 yillarda 2 marta Turkistonga kelib, Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarda bo’ldi. Sanhatshunos olim S.Ahmedovning yozishicha, Gasprinskiyning mahrifatparvarlik g’oyalari Turkistonning barcha taraqqiyparvar ziyolilari bilan bir qatorda Buxoro amiri va Xiva xoni tomonidan ham yuksak baholangan. Buxoro amiri Abdulahadxon (1857-1910) Bog’chasaroyda bo’lgan chog’ida 1893 yili I.Gaspirnskiy bilan uchrashib, uni III darajali “Nishoni naugi yulduzi Buxoroyi sharif” oltin ordeni bilan, “Tarjimon” gazetasi xodimlari va uning oilasini turli sovg’alar bilan mukofotlagan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II-Fero’z (1844-1910) esa 1896 yili o’z vakili orqali Boqchasaroyga qimmatli sovg’alar yuborib, Gasprinskiyga tashakkur bildirgan.

D.Alimovaning yozishicha, “Jadidlar Rossiyadagi siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar, vujudga kelayotgan rus siyosiy partiyalari dasturlarini o’rgandilar. Lekin milliy mentalitetning o’ziga xos xususiyati bo’lgan o’zbek xalqining tinchliksevarlikka, bosiqlikka moyilligidan kelib chiqib, ular tinchlik yo’li bilan, jamoatchilikning murojaatlari, Davlat Dumasidagi ommaviy bahslar va boshqa legal vositalar bilan podsho hokimiyatidan o’z maqsadlarini amalga oshirish yo’lida yon berishga erishishga intildilar”

Olimlarning fikricha, Jadidlar kontseptsiyasining tarkibiy qismini Turkistondagi barcha xalqlarni birlashtirish muammosi tashkil etadi. Jadidlar o’zlarining kelajakdagi davlat tuzumini barcha millatlarning birligi asosida tasavvur etardilar. Bu haqida Behbudiy shunday degandi: “Biz joriy etgan qonunlar yahudiylarning ham, nasroniylarning ham, musulmonlarning ham va umuman barchaning manfaatlarini himoya qilishi kerak. Agar biz Turkiston musulmonlari birgalikda islohotlar o’tkazishni istasak, bizning ziyolilar, mahrifatparvarlar, boylar, ruhoniylar va olimlar millat va Vatan farovonligiga xizmat qilishlari kerak... Agar bizni mustamlakachilik qonunlari bilan boshqarayotgan ekanlar, buning sababchisi, avvalo, o’zimizning noittifoqligimizdir”.

Rossiya Fevral demokratik inqilobi arafasida, Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy harakatga aylandi. Agar Birinchi jahon urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo’lsalar, Fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining “taraqqiyparvarlar” oqimini tashkil qilgan radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi. Ular qatoriga mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish, o’lkani boshqarish yuzasidan asosli islohotlar o’tkazish, o’lkaga Davlat Dumasidan aholi soniga qarab o’rin berish, asosiy demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini tahminlash, chorizmni konstitutsion to’zum bilan almashtirish kabilar kiradi.

Jadidchilik harakati faqat madaniy hodisa bo’lib qolmasdan, u avvalo siyosiy hodisa ham edi. Jadidlar o’z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning mahnaviy hayotigacha bo’lgan barcha masalalarni qamrab olishgan. Jadidlarning davlat va jamiyat haqidagi qarashlarida quyidagi ikki masala: o’zbek xalqini dunyoning mahrifatli millatlari darajasiga ko’tarish hamda Turkistonning o’z mustaqilligiga erishuvi kabi masalalar muhim o’rin tutadi. Tarixdan mahlumki, jadidlar, bir tomondan, Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. Bu kurash jadidchilik mafkurasining asosini tashkil qiladi. Turkistonga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat tuyg’usi, uning kelajagi haqida tashvishli o’ylar, Vatanning taraqqiyot yo’llari rejasini tuzish, SHarq va G’arb anhanalarini birlashtirish jadidlarni kurashga undagan muhim omillar hisoblanadi.

Behbudiy, Fitrat, Fayzulla Xo’jaev, CHo’lpon, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar ziyolilarning asarlarida jadidlar milliy g’oyasining asosi – Turkistondagi barcha mahalliy xalqlarni birlashtirish g’oyasi edi. Bu holni Behbudiy quyidagicha ko’rsatgan edi: “Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islog’otga, ittifoqqa qadam qo’ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamoimiz birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga qaram bo’lmaymiz”.

Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari o’zlarining muxoliflari sanalgan ayrim johil ulamolarning noto’g’ri qarashlarini (tafakkur kuchi bilan sog’lom fikr yuritish natijasida) asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilganlar. “Qadimgilar” deb nom olgan ayrim ulamolar jadidlarni “kofirlik”da, islom dinidan qaytganlikda nohaq ayblar edilar. Holbuki, jadid taraqqiyparvarlarining aksariyati kechagi islom ulamolari bo’lib, ular islom dinini buzish uchun emas, balki unga kirib qolgan ayrim bidhat va xurofotlardan islom dinini tozalash uchun, islohotlarni tadrijiy ravishda amalga oirish uchun kurashga ahd qilgan edilar.

Taniqli jadid ziyolisi Abdurauf Fitrat “Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg’on munozarasi” (qisqacha “Munozara”) asarida bundan bir asrdan ko’proq avval -1909 yili quyidagi so’zlarni yozgan edi: “Islom bizning dinimizdir, islom bizning sharafimiz, islom bizning saodatimizdir. Islom bizning sarafrozlig’imiz boisi, islom osoyishtalig’imiz sababchisidir. Islomni bizga Payg’ambarimiz omonat topshirganlar.... Bas bu qadar g’aflat va tanballik, bexabarlik va johillikda o’tirganimiz. Bu dini mubinimizning nobud bo’lishini, bu muqaddas vatanimizning poymol etishini kamoli sharafsizliq bilan qabul qilganimizni na shariat, na urf-odat qabul qilmaydi. Balki olam oqillari, jahon jamiyat bandalari bizni lahnat qilib, insoniyat yo’lidan chetda hisoblamoqdalar”.

Xullas, o’zbek xalqining mazkur ilg’or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug’ullandilar. Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar, Taraqqiyparvarlar (ular arxiv hujjatlarida Yosh sartlar deb ham atalgan) partiyalari, Turk Adami Markaziyat (Federalist) firqasi, “SHo’roi Islomiya”, “SHo’roi Ulamo”, “Turon”, “Ittifoqi Muslimin” va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida ehtibor berilgan edi. Bu holat jadidchilikning allaqachon mahrifatdan siyosatga tomon yo’l tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatni tubdan o’zgartirish, yurt mustaqilligiga erishish uchun kurash boshlanganligini ham anglatar edi.

Jadidlarning davlatchilik qarashlarini tahlil qilish jarayonida Butunrossiya va Turkiston musulmonlarining turli shezdlari (qurultoylari) hamda ularda qabul qilingan rezolyutsiya va qarorlarga to’xtab o’tmaslikning iloji yo’q.

1905-1907 yillarda Rossiyada bo’lgan birinchi rus revolyutsiyasi jarayonida 1905 yil 17 oktyabrda imperator Nikolay II tomonidan fuqarolarga so’z, matbuot va jamiyatlar tuzish erkinligini berish to’g’risidagi manifest qabul qilindi. Oktyabrg’ manifesti sifatida tarixga kirgan ushbu manifest qabul qilingandan keyin butun Rossiyadagi musulmonlar, jumladan, turkistonliklar ham faollashdilar.

Rossiya imperiyasi hududida yashovchi barcha musulmon xalqlari bir jamiyat atrofiga uyushish maqsadida Butunrossiya musulmonlari qurultoyini o’tkazish uchun harakat qildilar. 1905 yil 15 avgustda Nijniy Novgorod shahri atrofidagi Oka daryosida turgan “Gustav Struve” paroxodida yarim yashirin holatda Butunrossiya musulmonlarining I shezdi bo’ldi. Unda turkistonliklar ham ishtirok etdilar. Mazkur shezdda qabul qilingan rezolyutsiyada aytilishicha, mo’ljallangan maqsadni amalga oshirish uchun joylarda musulmonlar shezdi rahbarlik qiladigan o’z majlislarini tuzishi lozim.

1906 yil 15-23 yanvarda Sank-Peterburgda bo’lgan Butunrossiya musulmonlarining II shezdida Butunrossiya musulmonlar ittifoqining Ustavi qabul qilindi. Dastlabki shezddan farqli ravishda bu anjuman oshkora tarzda Rossiya imperiyasining poytaxtida jamoatchilik ko’z o’ngida bo’lib o’tdi. Butunrossiya musulmonlari ittifoqining Ustavida (uni tayyorlashda Musa Bigiev faol ishtirok etdi) musulmonlar ittifoqini tashkil qilish yo’l-yo’riqlari ko’rsatildi. Ustavda yozilishicha Rossiya imperiyasi guberniyalarida musulmonlar yashovchi hududlar 16 ta rayonga ajratiladi. Bu rayonlarning hammasida rayon kengashlari tuziladi. Bu kengashlar umumiy yig’ilishda saylangan kishilardan iborat bo’ladi.

Butunrossiya musulmonlarining III shezdi 1906 yil 16-21 avgustda Nijniy Novgorod shahrida bo’lib o’tadi. Bu shezdda partiya programmasi qabul qilinadi. 20 avgustda 15 kishidan iborat partiya Markaziy Komiteti saylanadi.

Markaziy Komitet tarkibi ushbu 15 kishidan tashqari yana 5 ahzoga ko’paytirilishi, ulardan 3 nafari Boku, Yelizavetopolg’, Erivan guberniyalaridan musulmonlardan saylov asosida aniqlanishi, Turkiston va Orenburgdan esa bittadan vakil kiritilishi belgilab qo’yildi.

1914 yil 15-25 iyunda Sank-Peterburgda Butunrossiya musulmonlarining IV shezdi bo’lib, unda 30 nafar delegat qatnashdi. Rossiya markazida bo’lib o’tgan ushbu shezdda M.Behbudiy va boshqa turkistonliklar delegat sifatida ishtirok etdilar.

1917 yildan boshlab Turkistondagi musulmonlar qurultoylarida, jadidlar partiyasining faoliyatida yangi davr boshlandi. Fevral inqilobidan so’ng o’zbek, tatar va qozoqlar birlashishga ahd qildilar va “Turon” uyushmasi zaminida “SHo’roi Islomiya” jamiyatini tuzishdi. Mazkur jamiyat tuzilishida Munavvar Qori, Abduvoxid Qori Abduraufqoriev, Ubaydulla Xo’jaev (Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev) muhim rolg’ o’ynashdi. 1917 yil 14 martda ish boshlagan bu jamiyat qishloq va shaharlarga targ’ibotchilar yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib borish, saylov to’g’risida mahlumot berish bilan shug’ullandi.

“SHo’roi Islomiya” ning tashabbusi bilan 1917 yil 16-22 aprelda Butun Turkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ishtirokchilari bir qancha masalalar qatorida Turkiston o’lkasining davlat maqomi masalasini ham muhokama qildilar. Bu qurultoyda Turkiston o’lka musulmonlari Markaziy SHo’rosi (Kraymussovet) – Milliy markazni tashkil etishga qaror qilindi. Milliy Markazga rais bo’lib Mustafo CHo’qay, unga o’rinbosarlar qilib Islom SHoaxmedov, Ahmad Zaki Validiy va Ubaydulla Xo’jaev saylandi. Bu esa tashkilotlarni birlashtirish bilan birga milliy ozodlik harakatini yagona izga solib, tashkiliy jihatdan markazlashtirar edi.

Turkiston muxtoriyati muammosi milliy ozodlik harakatining barcha harakatlantiruvchi kuchlari manfaatlarini tutashtirgan asosiy nuqta bo’ldi. 1917 yil yozida Butunrossiya Tahsis Majlisiga saylovlar arafasida turkistonlik taraqqiyparvarlar o’zlarining siyosiy partiyalarini tuzish zaruriyatini anglab yetishdi. Taraqqiyparvarlar “Turon” mahrifiy jamiyatini demokratik tamoyillarga asoslangan partiyaga aylantirish g’oyasini ilgari surdilar. Tarixchi S.Ahzamxo’jaevning yozishicha, yetarli partiyaviy ish tajribasi bo’lmagan turkistonlik islohotchilar namuna sifatida “Musovot” demokratik partiyasi dasturidan foydalanganlar. Turkistonliklar taklifiga binoan tayyorgarlik ishlarini o’tkazish uchun Toshkentga 1917 yil iyuli boshlarida “Musovot” partiyasining taniqli faollaridan ulamo Abulqosim Aminzoda, jurnalist Piri Mursilzoda, muallim Muhammadamin Afandizodalar taklif etildi. 4 iyul kuni Ulamo jamiyati ularning sharafiga Toshkentda iftorlik tashkil qildi.

Turk federalistlar partiyasi (Musovot) dasturi bilan Turkistondagi ushbu partiyaning maromnomasi solishtirilganda bu holat yaqqol ko’rinadi.

1917 yil 1-11 mayda Moskvada bo’lgan Butunrossiya musulmonlarining I qurultoyi bergan turtki natijasida muxtoriyat masalasi yanada jiddiylashdi. Moskvada bo’lgan qurultoyda qo’qonlik Mulla Kamoliddin qozi domulla Rahmonberdi o’g’li qatnashib, Rossiya musulmonlari SHo’rosi ahzoligiga saylangan. 1917 yil 12-14 iyulda Skobelev (hozirgi Farg’ona) shahrida bo’lib o’tgan Musulmon tashkilotlarining qurultoyida dasturiy masalalar ko’rib chiqildi. Unda “Turk Adami Markaziyat (federalistlar) firqasi”ning dasturi (maromnomasi) va 22 moddadan iborat nizomi (nizomnomasi) qabul qilindi.

Turk Adami Markaziyat (Federalistlar) firqasining maromnomasi 9 qismdan iborat bo’lib, yaxlit olganda demokratik jamiyatning asoslarini ifoda etgan. Birinchi qism “Davlat va muxtoriyat tashkiloti” deb nomlangan. Unda firqaning o’z oldiga qo’ygan maqsadi quyidagicha ko’rsatilgan:


  1. Rusiyada mahalliy va milliy adami markaziyat (federatsiya) asosi uzra xalq jumhuriyati tashkil etmoqdur.

  2. Firqa Turkiston, Qirg’iziston, Qofqoz va Boshqirdiston qithalari (o’lkalari) uchun va boshqa milliy va mahalliy muxtoriyat, Idil bo’yi ila Qrim totorlari uchun va boshqa, Rusiyada yashaydurg’on turk qavmlari (xalqlari) uchun milliy muxtoriyat talab qiladur.

  3. Muxtoriyatli qithalarda ochiladurg’on majlis mabhusong’a (deputatlar palatasi)mahalliy idoralarga va boshqa butun tashkilotga saylanadurg’on ahzolar umumiy, barobar, yoshirin va bevosita saylov usuli ila saylanadur...

  4. Yuqorida mazkur barcha muxtoriyatli qithalar markaziy hukumat ila vatan mudofaasi, pul chiqarmoq, boj va xorijiy hukumatlar ila munosabatda bo’lmoq xususlarida aloqa va irtibotini (bog’liqlikni) muhofaza qilur.

  5. Muxtoriyatli qithalar doxiliy mashalalar (idoriy, moliy, sharhiy, madaniy, adliy va maorif ishlari) da mustaqildur.

  6. Har bir muxtoriyatli qithaning markazida, qonun yasaydurg’on bir majlisi mabhuson va ul qonunni ijro qiladurg’on bir xayhati vukalo (vakillar xayhati) bo’lur.

Yuqoridagi iqtiboslardan ko’rinadiki, Rossiyaning usuli idorasi ham, Turkistonning davlat tuzumi ham qo’shma xalq jumxuriyati bo’lmog’i kerak. Turkistondagi usuli idoraning xususiyati haqida Turk Adami Markaziyat (federalist) firqasining nashri bo’lgan “Turk eli ” gazetasi shunday yozgan edi: “O’ziga xayrihox millatlar ila birlashkan holda turklik beshigi bo’lg’on Turkistonga milliy –madaniy va ham yerlik muxtoriyat (federatsiya) olmoqdur”

Maromnomada eng dadil ko’tarib chiqilgan moddalardan biri, bu til masalasidir. Til har bir millatning birinchi va asosiy belgisi tarzida namoyon bo’lishi bois firqa maromnomasida ham bunga katta ehtibor qaratilgan.

Xullas, firqa o’z maromnomasida ilgari surgan jamiyat tuzumi demokratik tarzda bo’lishi ko’zda tutilgan. Bu holat ayniqsa maromnomaning “Muxtoriyatli qithalarda ahliyat (fuqarolik) huquqi” deb nomlangan 4-qismida yorqin ko’zga tashlanadi. Unda aholi qaysi din va qaysi mazhabda bo’lishidan qathiy nazar, qonun oldida tengligi; fuqarolarga vijdon erkinligi berilishi, bironta din yoki mazhab hukumat tomonidan boshqalariga nisbatan ustun qo’yilmasligi; har bir fuqaro o’z fikrini aytish, matbuot yoki boshqa nashr vositalari orqali bayon etish huquqiga egaligi; fuqarolarning yuzaga keladigan muammolarini hal qilish uchun yig’inlar o’tkazish, jamiyatlar tuzishga huquqli bo’lish, buning uchun hech kimdan ruxsat so’ramoqg’a ehtiyoj yo’qligi”; shaxs erkinligi, oila muhofazasi daxlsiz bo’lishi, tegishli mahkamalarning qarorisiz bironta ham fuqaroning uyiga bostirib kirib tintuv o’tkazish, xat va kitoblarini tekshirish mumkin emasligi kabi moddalar aks etgan. Jadidlarning dasturiy hujjatlarida asosiy ehtibor davlat tuzilishini barpo etish, qonunlar chiqarishni amalga oshirish uchun chaqirilgan mustaqil vakolatli o’lka hokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va sudi mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratildi. Demokratik huquq va erkinliklar berilgan va konstitutsion jihatdan kafolatlanishi lozim bo’lgan demokratik jamiyatni shakllantirish – ustuvor maqsad qilib belgilandi.

Xulosa qilib aytganda jadidlarning milliy davlatchilikni tiklash haqidagi g’oyalari va ularning amaliy faoliyati O’zbekistonning yangi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. XX asr boshlarida Turkiston taraqqiyparvarlari mavjud tuzumni isloh qilish, xalqimizni rivojlangan millatlar darajasiga ko’tarish uchun muhim ishlarni amalga oshirdilar. Xususan, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori, Fayzulla Xo’jaev singari atoqli siyosat arboblari Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati, Buxoro amirligi va Xiva xonligidagi istibdod va zulmga qaramay o’zlarining davlatchilik g’oyalarini amalga oshirish uchun kurashdilar. Turkistonning usuli idorasi qanday bo’lmog’i kerak, degan savolga taraqqiyparvarlar o’sha davr sharoitidan kelib chiqqan holda madaniy – milliy muxtoriyat idora usulini maqbul topdilar. Turkiston o’lkasida 1917 yil bahoridan boshlab muxtoriyatchilik harakati o’zining yangi bosqichiga qadam qo’ydi.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling