Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Download 1.89 Mb.
bet211/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

Ikkinchi guruh, Qonunchilik palatasining quyidagi mutlaq vakolatlarini qamrab oladi:

1.Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o’rinbosarlarini qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash;



2.O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatini dahlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish;

Z.Reglamentni hamda o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;

4.Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish (O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi, 79-modda).

Uchinchi guruh, Oliy Majlis Senatining quyidagi mutlaq vakolatlarini o’zida mujassam etgan:

1.Senat Raisi va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash;

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudini saylash;

3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining Oliy Sudini saylash;

4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudini saylash;

5.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisi va uning o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;

6.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respubli­kasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;

7.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;



8.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish;

9.O’zbekistan Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish;

10.O’zbekistan Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish;

11.O’zbekistan Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat ahzosini dahlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish;

12.O’zbekistan Respublikasi Bosh prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;

13. Reglamentni hamda o’z faoliyatini tashkil etish va palataning tartib-qoidalari bilan bog’lik masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;

14.Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Senat qarorlarini qabul qilish (O’zbekiston Respublikasining Qonstitutsiyasi, 80-modda).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan mansabdor shaxslarni Senat tomonidan saylash, tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining umumiy va har ikki palataning alohida ish tartiblari mamlakatimizning Asosiy qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Reglamenti, O’zbekistan Respublikasining qonun hujjatlarini tayyorlash to’g’risidagi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo’mitalari va komissiyalari to’g’risidagi nizomi bilan belgilanadi.

Qo’mitalar va komissiyalarning hal qilishi lozim bo’lgan masalalarining ko’lami juda keng bo’lib, Oliy Majlis mamlakatimiz hayotiga doir bo’lgan, xalqimizni tashvishlantiradigan barcha masalalar bilan shug’ullanadi.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling