Bohodir eshov


Dinning Yevropada tarqalishi


Download 0.73 Mb.
bet33/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Dinning Yevropada tarqalishi. Qadimgi dunyo tarixidan ma’lumki, xristianlik dini Yaqin Sharqda I asrda vujudga keladi. Xristianlikning asosini halol hayot kechirish hamda toat-ibodat orqali inson va xudo orasida uyg’unlikka, muloqatga erishishga ishonch tashkil etadi.
Xristian dini IV asrdan german qabilalari orasida ham tarqala boshlaydi. V asming oxirida Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni qabul qiladi. Angliya va Irlandiya monastirlaridan yetishib chiqqan serg’ayrat rohiblar Yevropaning eng chekka joylariga ham borib aholini xristianlikka o’tkazganlar.
Kiyev Rusi va Bolgariya X asr oxirlarida xristianlikning pravoslav mazhabini Vizantiyadan qabul qilgan.
Xristian dini Yevropada IV asrdan boshlab XIV asrlargacha tarqalgan.
Cherkovning bo’linishi. Rim imperiyasining 395-yilda G’arbiy va Sharqiy Rimga bo’linishi cherkovni ham ajralishiga olib keldi. Frank qiroli ko’magida 756-yilda Italiyada Rim papalari davlati - Papa viloyati tashkil topadi. Vizantiya cherkovi esa avvaldan davlatga bo’ysunuvchi, Konstantinopol patriarxi boshqaradigan diniy tashkilotga aylanadi.
Sharqiy Yevropada bolgarlarni cho’ qintirishdagi raqobat 1054-yilda xristian cherkovini rasman: g’arbiy katolik (“jahon”) va Sharqiy pravoslav (“sof din”, “chin e’ti-qod”) cherkovlariga bo’linishiga olib keldi. XI asr o’rtala-ridan boshlab rim-katolik va yunon-pravoslav cherkovlari mustaqil faoliyat olib bormoqda. G’arbda cherkov va’zlari lotincha, Sharqda esa yunon tilida olib borilgan. Katolik cherkovi barcha ruhoniylarga uylanishni taqiqlasa (“selebat”), pravoslavlarda faqat rohiblar oila qurmagan.
Cherkov va davlat. Yevropada V asrda boshlangan feodal munosabatlaridan cherkov ham chetda qolmaydi. Ekinzorlarning uchdan biri ibodatxona va monastirlar qo’lida to’planadi. Davlat soliqlaridan ozod etilgan bu yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan 100 minglab qaram dehqonlar mehnat qilganlar.
Undan tashqari xristian cherkovi aholidan ushr (hosilning 1/10) solig’ini undirgan. Aholi, shuningdek, bolani cho’qintirganda, nikohdan o’tganida, marhumga ta’ziya marosimi o’tkazilganda va boshqa udumlar uchun ham pul to’lagan. Cherkovga tushadigan daromadning talay qismi Rim papasi xazinasiga yuborilgan. Katolik cherkovi, shuningdek, indulgensiya (lotincha, “afv”) - gunohlardan kechish yorliqlarini sotish hisobiga ham boyigan. Cher­kovning badnafsligi insonning faqat qilgan gunohlari emas, balki qilishi mumkin bo’lgan gunohlarini ham avvaldan ma’lum pul evaziga kechishida namoyon bo’ladi.
Yevropada cherkov davlatning muhim tashkilotiga ayla-nib, uning siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga aralashib, sud vazifasini ham bajargan. Cherkov qo’llagan jazoning eng og’iri interdikt - mamlakatda ibodat va marosimlarning vaqtinchalik taqiqlanishi bo’lgan. Innokentiy III (1198-1216) papaligi davrida katolik cherkovi o’z hukmronligining yuqori cho’qqisiga erishdi. Uning “Оу o’z yog’dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o’z jilosini papalikdan oladi”, degan so’zlari amalda qo’llaniladi. Rim papasi german, fransuz va ingliz hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi. Aholiga o’z hukmini o’tkazishda papa rohiblarga tayangan.
Dastlabki monastirlar IV asrdan tashkil etilgan. Rohiblar toat-ibodatdan bo’sh paytlarida xattotlik bilan shug’ullanganlar. Ayrimlari esa monastir qoshidagi maktablarda bolalarni o’qitganlar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling