Bu qirolga muntazam yollanma qo’shin tuzish imkonini berdi.
“Buyuk ozodlik xartiyasi”. Ioann qirolligi davri (1199 -1216)da qo’z-g’olonlar avj oladi. O’z kuchiga ishongan qirol gunohkor hisoblangan baronlarning mulklarini tortib olgan, vassallaridan katta to’lovlar talab etgan. Natijada, bu siyosat barchani qirolga qarshi qilib qo’yadi.
Baronlar ritsarlar va shaharliklar ko’magida 1215-yilning bahorida isyon ko’taradilar. Poytaxt London aholisi qo’zg’olonchilarga darvozalarni ochib beradilar. Qirol “Buyuk ozodlik xartiyasi” nomini olgan hujjatni imzolashga majbur bo’ladi.
Uning asosiy moddalari baronlar va ruhoniylar man-faatini ifodalagan. Qirol cherkovning erkin saylovlariga rioya qilishini, vassallardan odatdagidan ko’p to’lovlar olmaslikni, baronlarni qamamaslik, ularning mol-mulkidan mahrum etmaslik shartlarini qabul qiladi.
Yorliq 63 moddadan iborat bo’lib, ritsarlar va erkin dehqonlarga ham ayrim yengilliklar bergan. Xususan, ulardan belgilanganidan ko’p xizmat va to’lovlar olish ta-qiqlanadi. Hujjatda erkin kishilarga qirol amaldorlari o’zboshimchaliklari va qo’shimcha jarimalardan himoya va’da qilingan. Lekin unga amalda to’liq rioya qilinmagan.
Angliya parlamenti. Angliyada birinchi parlament 1265-yilda chaqiriladi. Parlament tarkibida baronlardan tashqari, ruhoniylar, har bir graflikdan ikkitadan ritsar hamda yirik shaharlardan ikkitadan vakillar to’plangan. Parlament ХIV asrdan lordlar va umumpalatalarga bo’linadi. Lordlar pala-tasida qirol taklif etgan zodagonlar, yepiskoplar, abbatlar majlis o’tkazganlar. Umumpalatada esa ritsarlar va shaharliklar vakillari qatnashgan.
“Parlament - fransuz tilidan parle - “gapirmoq’ so’zidan olingan. XIV asrdan boshlab parlament soliqlar tayinlashdan tashqari, qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish huquqini qo’lga kiritadi.
G’ARBIY YEVROPADA SAN’AT VA ADABIYOT. GUMANIZM G’OYASINING SHAKLLANISHI
Me’morchilik. Dastlab bino va hatto qasrlar yog’ochlardan qurilgan. XI asrga kelib G’arbiy Yevropada qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshlaydi. Qurilishda toshdan keng foydalanishga o’tiladi. Undan dastlabki ibodatxona va monastirlar barpo etiladi. Qurilish toshlari bo’lmagan Angliya va Polshada saroylar, ibodatxonalar pishiq g’ishtdan qurila boshlaydi. Fransiya, Italiya va Germaniya me’morchiligida dastlab roman uslubi hukmron edi. Germaniya. Laax monastiri. XI asr.
Roman ibodatxonasi - qalin devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun binodir. Tashqi tomondan u qal’ani eslatadi. Uning o’ziga xos tomonlari shundan iboratki, deraza tepasi, ibodatxonaga kiraverish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoq (arka)lar bilan bezatilgan. Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov (XI asr) roman uslubining yorqin namu-nasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |