Bohodir eshov


Download 0.73 Mb.
bet43/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Tasviriy san’at. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalar devorlari va shiplarini diniy mavzudagi suratlar bezab turgan. Gotika me’morchiligidagi cherkovlarda derazalar ora­sida rasmlar chizish uchun joy ham bo’lgan. Shu sababli derazalarga oddiy oynalar o’rniga vitrajlar - tiniq rangli shishalardan yasalgan surat yoki alohida bezaklar solingan. Parij. Shartr ibodatxonasi. Vitrnj. Bibi Maryam chaqalog'i bilan. XII asr.
Kitoblarni bezash uchun tasviriy san’atning yangi yo’nalishi - miniaturalar ixtiro qilinadi. Ularda o’rta asr kishilari hayotining turli man-zaralari tasvirlangan. Vitrajlar va mi-niaturalarda dehqonlar va hunarmandlarning mehnat jarayonlari, jang manzaralari va b. aks ettirilgan.
Miniatura (fransuzcha miniature; lotincha minium qizil bo’yoq) - badiiy usullari о’ta nafis bo’lgan kichik hajmli tasviriy san’at asarlari. O’rta asr qo’lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis, mo’jaz rasmlar.
Tabiat va insonga qiziqishning paydo bo’lishi. Yangi madaniyat arboblari insonni o’rganishni o’zlarining asosiy vazifalari deb bilganlar. Shu sababdan ularni gumanistlar deb ataydilar. Yangi Uyg’onish yoki Gumanizm madaniyati namoyandalari insonni olamning markaziga qo’yib, uning yaratuvchilik dahosini tan olishga chaqirdilar. Uyg’onish atamasi esa (fransuzcha “Renessans”) yangi madaniyatning antik davr bilan aloqadorligini ko’rsatadi. Sharqqa salib yurishlari va undan keyingi Levant bilan savdo-madaniyat borasidagi doimiy aloqalar, italiyaliklarning qadimgi yunon qo’lyozmalari, antik san’at va me’-morchilik yodgorliklari bilan tanishishiga imkon beradi.
Uyg’onish madaniyati markazlari.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling