Bohodir eshov


Martin Lyuterning faoliyati


Download 0.73 Mb.
bet46/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Martin Lyuterning faoliyati. Refor­matsiya 1517-yilda Germaniya aholisi­ning katolik cherkovini isloh (reforma) qilishni talab qilib chiqishidan boshlandi. Reformatsiyani knyazlarning bir qismi, shaharlik va dehqonlar qo’llab-quvvatladilar. Reformatsiya to’lqinining kuchayishiga Vittenberg universitetida ilohiyotdan dars beruvchi Martin Lyuter ta’limoti katta ta’sir ko’rsatdi.
U 1517-yili cherkov eshigiga dindorlarga qarata yozgan o’zining mashhur «95 tezis» deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qo’ydi. Xitobnomada indulgensiya savdosi qattiq qoralandi, Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog’idan ozod etish talab etildi, cherkovning esa «kamchiqim cherkov» bo’lishi yoqlandi. Martin Lyuterning «95 tezis»i butun Germaniyani to’lqinlantirib yubordi.
Ko’p o’tmay u cherkov Papasiz ham yashashi mumkin, deb baralla aytdi va bundan keyin Rimga soliqdan tushgan pullarni yubormaslikni taklif etdi. Cherkov knyazlarga va imperatorga bo’ysunishi lozim, deb uqtirdi. Bu «qilmishlari» uchun Rim Papasi Lyuterni shakkoklikda aybladi va Germaniyaga uni la’natlovchi yorliq yubordi. Biroq Lyuterni xalq qo’llab-quvvatlayotganligi uchun bu yorliqni Germaniya bo’ylab tarqatishning iloji bo’lmadi. Aksincha, M. Lyuter Papaning uni cherkovdan chetlashtirganligi to’g’risidagi qarorini talabalar ko’z o’ngida yoqib yubordi. Bu uning katolik cherkovi bilan aloqani butunlay uzganligini anglatar edi.
Katolik cherkovidagi bo’linish. Reformatsiya natijasida Rim katolik cherkovida bo’linish yuz berdi. Xo’sh, bu qanday sodir bo’ldi? Tez orada Germaniyada katolik cherkovining zulmiga va zo’ravonligiga qarshi boshlangan harakat ommaviy tus oldi. 1524-yilda esa bu harakat yer egalarining zulmiga qarshi urushiga aylanib ketdi. Qo’zg’olonning yetakchisi ruhoniy Tomas Myunser edi. Garchand dehqonlar urushda yengilgan bo’lsalarda, u Germaniyada katolik cherkovi hukmronligining barham topishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
1526-yilda Germaniya Reyxstagi lyuterchi-knyazlar talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi.
Biroq oradan ko’p o’tmay Reyxstag bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaharlari va 5 nafar knyazi protest (norozilik) bildirishdi. Ular «Protestatsiya» deb atalgan hujjatga, ya’ni ruhoniylar va dunyoviy feodallarning lyuterchilikni cheklash haqidagi umumgerman yig’ilishi qaroriga qarshi protestga imzo qo’ydilar. Shu tariqa 5 nafar knyaz protestant (norozi) deb ataldi. Protestant knyazlar 1555-yilda Rim Papasi bilan bitim tuzishga muvaffaq bo’ldilar. Unga ko’ra, endi har bir knyaz o’z fuqarolari uchun istagan dinni, ya’ni yo protestantlikni yoki katoliklikni tanlash huquqiga ega bo’ldi. Shu davrdan boshlab Reformatsiyaning barcha tarafdorlari protestantlar, yangi cherkov esa protestant cherkovi deb atala boshlandi. Shunday qilib, xristianlikda uchinchi oqim protestantlik vujudga keldi.
M. Lyuterning katolik ta’limotiga kiritgan islohlari natijasida vujudga kelgan ta’limot uning nomi bilan lyuterchilik deb ataldi. «Lyuterchilik» va «protestantlik» atamalari amalda bir xil та’noni anglatadi. Reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta’limot vujudga kelibgina qolmadi. Endi knyazlarga bo’ysunadigan cherkov ham vujudga keldi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling