Bohodir eshov


Mavzu. Reformatsiya va undan keyingi davriarda Yevropa mafkurasi


Download 0.73 Mb.
bet45/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Mavzu. Reformatsiya va undan keyingi davriarda Yevropa mafkurasi, undagi yo‘nalishlar va oqimiar.
Reformatsiya haqida. Reformatsiya-XVI asrda katolik cherkovini isloh qilish maqsadida Germaniyada bo’lib o’tgan va XVII asrning birinchi yarmida G’arbiy Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakat edi. Bu harakat oqibatida katolik cherkovida bo’linish yuz berdi. Zamon ruhiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, isloh qilingan yangi oqim-protestantlik vujudga keldi. Xo’sh, nega Reformatsiya yuz berdi Xristianlikning bungacha ikki oqimga bo’linib ketishi qachon yuz bergan edi?
Katolik cherkovining mavqeyi haqida. XVI asr boshlarida ham katolik cherkovi qudratli edi. Rim Papasining qudratini faqat qavmlarning xudoga chuqur va sidqidildan ishonishigina belgilab qolmagan. Bu qudrat asosida Rim katolik cher­kovining behisob boyliklarga egaligi ham yotardi. Zero, hamma oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o’z daromadining 1/10 qismini cherkovga tortiq qilardi. Ayni paytda cherkovning o’zi ham katta yer-mulk egasi edi. Bundan tashqari, indulgensiya savdosi ham cherkovga katta daromad keltirardi. Indulgensiya savdosi nima ekanligini eslang. Bu savdo orqali cherkov faqat sodir etilgan gunohnigina emas, kelajakda qilinishi mumkin bo’lgan gunohni ham kechirar edi.
Reformatsiyaning boshlanishi. XVI asrda Angliya va Fransiya qirollari mutlaq hokimiyatga ega bo’lib olgan bo’lsalar, Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Ya’ni, u mayda-mayda davlatlar (knyazliklar)ga bo’linib ketgan. Shu sababli, Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega bo’lmagan. Shuning uchun ham Germaniyada katolik cherkovining ta’siri hamon qudratliligicha qolgan. Germaniya aholisi, ham o’z hukmdorlariga, ham cherkovga tinka madorni qurituvchi soliq to’lagan. Bundan tashqari, Rim katolik cherkovi Germaniyada katta mol-mulkka ham ega bo’lib, o’z daromadining katta qismini Germaniyadan olgan. Imperatorning kuchi Rimga yuboriladigan soliqlar miqdorini kamaytirishga yetmagan.
Yuqorida qayd etib o’tilgan omillar Germaniyada umumiy norozilikni keltirib chiqardi. Umumiy norozilikning yuzaga kelishiga, shuningdek, katolik marosimlarini bajarishning juda og’irligi ham sabab bo’ldi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling