Bohodir eshov
Nikollo Makiavellining davlat va huquq haqidagi qarashlari
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
Nikollo Makiavellining davlat va huquq haqidagi qarashlari.
Uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri, siyosiy fanlar asoschisi Nikkolo Makiavelli (1469-1527) Florentsiya respublikasining davlat sekretari vazifasida 14 yil (1498-1512) faoliyat ko’rsatdi. Florentsiya respublikasining Medichilar tomonidan yakka hukmronlikni o’rnatilishi oqibatida Makiavelli davlat ishlaridan chetlashtirilgan. Shundan so’ng uning ajoyib asarlari siyosiy fanlar tizimida o’z o’rniga ega bo’ldi. Bu asarlar «Hukmdor», «Florentsiya tarixi». Makiavelli siyosiy-huquqiy qarashlarida, o’rta asrda davlatni kelib chiqishi to’g’risidagi ilohiylashtirilgan fikrlarni o’rniga, davlatni paydo bo’lishining asosiy sababi tarixiy taraqqiyot talabi deb tushuntiradi. Bu xodisani fortuna (taqdir) deb ataydi. Maklavelli siyosiy fanga yangi iborani kiritadi. Bu ibora Stato(davlat) so’zidir. Bu so’zdan keyinchalik, inglizcha State, frantsuzcha Etat, ispancha Estado tushunchalari muomalaga kiritildi. Makiavellining fikricha davlat-jamiyatning siyosiy tuzulishini anglatadi. “Siyosat va davlat ilohiy emas, balki insonlar o’z qo’llari bilan yaratadilar va muomalada bo’ladi.”- degan nazariyani Makiavelli ilgari surdi. Makiavellining siyosiy-huquqiy ta’limotida davlat formalari to’g’risidagi fikrlar tarixiylik nuqtai-nazaridan berilgan. Davlat formalari boshqaruvchilarning soni bilan belgilanishi Makiavellida kuzatish mumkin. Uning fikricha davlat formalari: monarxiya, aristokratiya va demokratiyadir. Davlatning rahbari Makiavellining g’oyalariga ko’ra: “sher va tulkining sifatlari ega bo’lishi kerak”- deydi.Makiavelli davlat formalarining bir-biri bilan solishtirib ko’rdi.“Qaerda tenglik qaror topgan ekan-deydi Makiavelli- u erda monarxiyaga o’rin yo’q, tenglik yo’q erda respublika tuzumi bo’lmaydi.”1 Makiavellining siyosiy-huquqiy qarashlari o’z davridagi eng ilg’or siyosiy g’oyalar edi. Siyosatshunos sifatida uningsh faoliyatidagi yorqin qirralarni, uning asarlari va siyosiy-huquqiy ta’limotlarida ko’rishimiz mumkin. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling