Bohodir eshov
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Та ’sis Majlisi
- Kommunasi
- dekret
Inqilobning boshlanishi. Qirol Lyudovik XVI 1789-yilda General shtatlarni chaqirdi. U General shtatlarda bo’shab qolgan davlat xazinasini toidirishga imkon beruvchi yangi soliqlar joriy etish lozimligini ma’lum qildi.
Biroq, uchinchi toifa deputatlari qirolning taklifni rad etdilar va yuqori toifalarning mol-mulkini soliqqa tortish talabini qo’ydilar. Oqibatda General shtatlarda bo’linish yuz berdi. Parij aholisi uchinchi toifa deputatlarning talabini qo’llab-quvvatladilar. Uchinchi toifa deputatlari o’zlarini butun millat vakillari deb e’lon qildilar va yangi parlament-Milliy Kengash tuzdilar. Ayni paytda ular mamlakat konstitutsiyasini ishlab chiqishga qaror qildilar. Konstitutsiya qabul qilish uchun Milliy Kengash 9-iyulda Та’sis Majlisi deb e’lon qilindi. Bunday sharoitda qirol murosa yo’lini qidirish o’rniga Ta’sis majlisini tarqatib yuborishni rejalashtirdi. Bu reja oshkor bo’lib qolgach, g’azablangan xalq ommasi qo’zg’olon ko’tardi. 14-iyul kuni esa Fransiya mutlaq monarxiyasining tayanchi Bastiliya (davlat qamoqxonasi) egallandi. Bastiliyaning egallanishi inqilobning boshlanishi bo’ldi. Qattiq qo’rqib ketgan Lyudovik XVI yon berishga majbur bo’ldi. U Ta’sis Majlisining qonuniyligini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat inqilobchilar vakillaridan tuzilgan Parij Kommunasi (Parij Kengashi) qo’liga o’tdi. Shu tariqa Fransiyada mutlaq monarxiya quladi. Hokimiyat tepasiga yirik burjuaziya-savdo-sanoat burjuaziyasi keldi. Bu buquaziya Buyuk Britaniyadagidek cheklangan monarxiya tarafdori edi. Feodal tartiblarning bekor qilinishi. Mutlaq monarxiyaning qulashi mamlakatda tinchlik o’rnatilishiga olib kelmadi. Aksincha, butun mamlakatni dehqonlar qo’zg’oloni qamrab oldi. Ular feodal majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdilar, oziq-ovqat omborlarini egallab oldilar, feodallarning qo’rg’onlariga o’t qo’yib. yoqib yubordilar. Natijada Ta’sis majlisi «Imtiyozlarni tugatish haqida dekret» chiqarishga majbur bo’ldi. Unga ko’ra feodal tartiblar bekor qilindi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling