Bohodir eshov


Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi


Download 0.73 Mb.
bet51/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi. 1789-yilning 26-avgustida Ta’sis majlisi yana bir muhim hujjat-«Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. U «barcha odamlar ozod va teng huquqli bo’lib tug’iladilar» degan so’zlar bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni «hokimiyatning manbayi» deb e’lon qildi. Shuningdek, feodal va toifa imtiyozlarini bekor qildi. So’z, matbuot erkinligini e’lon qildi. Fuqarolarning qonun qabul qilishda ishtirok etishi erkinligini hamda xususiy mulkning daxlsiz va muqaddasligini belgilab qo’ydi. Ayni paytda qirol huquqlari cheklandi. Shu tariqa Deklaratsiya Fransiyada huquqiy davlat yaratilishiga asos soldi.
Konstitutsiyaning qabul qilinishi. 1791-yilda Fransiya tarixida birinchi marta mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Shu tariqa Fransiyada cheklangan monarxiya qaror topdi. binobarin, qirol hokimiyati ham saqlab qolindi. Konstitutsiyaga ko’ra parlament-Qonun chiqaruvchi Majlis tuzildi. Shu davrdan boshlab parlamentda siyosiy partiyalar faoliyat ko’rsata boshladi. Ularning ichida yetakchilari «jirondachilar» va yakobinchilar» partiyalari edi. Parlamentga o’tkazilgan saylovdan so’ng hokimiyat jirondachilar qo’liga o’tdi. Bu partiya mqilobdan oldin boyib ketgan savdo va sanoat buijuaziyasining immfaatlarini himoya qilar edi.
Partiyaning nomi mamlakatning Jironda departamenti (viloyati) nomidan olingan. Qonun chiqaruvchi Majlisda shu departamentdan saylangan deputatlar guruhi yetakchi ta’sirga ega bo’lib olganligi uchun ularga jirondachilar deb nom berilgan. Jirondachilar Fransiyani respublika deb e’lon qilish bilan cheklanish tarafdori bo’lganlar. Yakobinchilar partiyasi esa o’z nomini Yakov monastiri nomidan olgan. Bunga Yakobichilarning o’z yig’ilishlarini shu monastir kutubxonasida o’tkazib turganliklari sabab bolgan.
Yakobinchilar-inqilobning eng keskin tarafdorlari edilar.
Ular o’z oldilariga monarxiyaning har qanday shaklini tugatish, feodal tartiblarni butunlay bekor qilish maqsadini qo’yganlar. Ular, asosan, mayda va o’rta mulkdorlar manfaatini himoya qilardilar.
Jirondachilar Fransiya inqilobiga dushman bo’lgan davlatlarga qarshi g’olibona urush orqali o’zlarining mavqelarini mustahkamlab olmoqchi bo’ldilar va ularning xohishi bilan qirol hamda Qonun chiqaruvchi Majlis Avstriyaga urush e’lon qildi. Biroq Fransiya qo’shini mag’lubiyatga uchray boshladi. Bu esa inqilob tufayli mamlakatda vujudga kelgan og’ir ichki vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Qo’shni monarxiya davlatlari Fransiyaga hujum uyushtirdilar. Bular Avstriya, Prussiya va Buyuk Britaniya edi.
1792-yilda Qonun chiqaruvchi Majlis «Vatan xavf ostida» chaqirig’i bilan xalqqa murojaat qildi. Jirondachilar mamlakat mudofaasini uyushtira olmadilar. Ularning aybi bilan Fransiya qo’shini kiyim-kechak va oziq-ovqatsiz qoldi. Bu esa mamlakatda keskin norozilik keltirib chiqardi. 1792-yil 10-avgust kuni esa Parijda qurolli qo’zg’olon boshlandi. Bunday sha­roitda parlament qirolni hokimiyatdan mahrum etish va yangi parlament-Milliy Konventga saylov o’tkazish haqida qaror qabul qilishga majbur bo’ldi. Lyudovik XVI esa hibsga olindi.
Shu tariqa 1792-yilning 10-avgustida Fransiyada monarxiya ag’darib tashlandi. Yakobinchilar qirolni darhol sud va qatl qilishni, Respublika e’lon qilinishini, feodal qaramlikni butunlay tugatish va chetellik bosqinchilarga qarshi inqilobiy urush olib borishni talab qildilar. Yakobinchilarning ko’zga ko’ringan arboblari M. Robespyer, J. P. Marat, J. Danton, Eber va Shomettlar edi.
22-sentabrda Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Lyudovik esa qatl etildi. Respublika feodal-toifaviy tengsizlikni bekor qildi. 21 yoshga to’lgan erkak fuqarolarga saylov huquqi berildi. Saylovda qatnashish uchun talab etiladigan mulk senzi bekor qilindi. Mamlakat shiori erkinlik, tenglik, birodarlik bo’lib qoldi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling