O’qitish fakultetlarda olib borilgan, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa saylangan rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler turgan.
Maktab va universitetlarning taraqqiyoti davomida kitobga talab kuchayadi. Ilk o’rta asrlarda kitob juda kamyob, qimmatbaho narsa hisoblangan. Kitob varaqlari pergament (maxsus ishlov berilgan buzoq terisi)da bitilgan. Kitoblarni XII asrda rohiblar emas, shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi bilan ular arzonlasha boshlaydi. XIV asrdan boshlab qog’ozdan keng foydalanish kitob ishlab chiqarishni yanada ko’paytiradi.
Dastlab qog’ozni eski lattalardan tayyorlashgan. Nemis muhandisi Iogann Gutenberg 1445-yilda kitob bosish dastgohini kashf qiladi. Uning ixtirosi kitobni ommaviy tarqalishiga olib keladi.
Fan taraqqiyoti. Oksford universiteti professori Rojer Bekon (XIII asr) fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajri-balar yo’li bilan erishish mumkinligini isbotladi. Uning o’zi optika, fizika, kimyo fanlariga oid tajribalar o’tkazadi. Bekon o’zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan. Bekonning hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarlar ichida, cherkov ta’qibida o’tgan. U uzoq yillar qamoqda ham bo’lgan.
O’rta asrlarda astrologiya, alximiya fanlari yuksak rivojlangan. Munajjim-astrologlar osmon jismlari harakatlarini o’rganib kelajakni oldindan aytib berishga intilganlar. Qirollar, sarkardalar, savdogar va sayyohlar biror tadbirni boshlashdan avval, albatta ular bilan maslahatlashganlar. Alximiklar har qanday ma’danni oltinga aylantiruvchi “sehrli toshni” izlaganlar. Tajribalar yangi kimyoviy birikmalar, kislotalar, mineral bo’yoqlar olishga imkon beradi. Munajjim va alximiklar o’z izlanishlari davomida kimyoviy pechni, tozalash, haydash, filtrlash asbob-uskunalarini ixtiro qilganlar.
Genrix II qirolligi davri (1154-1189)da Angliyada moliya va harbiy islohotlar o’tkazildi. Baronlarga harbiy xizmat o’rniga xazinaga “qalqon puli” solig’i to’lashiga ruxsat berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |