Bohodir eshov


G’arbiy Yevropada ham ilk o’rta asrlarda ibodatxo­nalar, monastirlar qurilishiga alohida e’tibor qaratiladi.Me’morchilikda


Download 0.73 Mb.
bet37/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

G’arbiy Yevropada ham ilk o’rta asrlarda ibodatxo­nalar, monastirlar qurilishiga alohida e’tibor qaratiladi.Me’morchilikda roman uslubi ayniqsa yuksalib, unda ibodatxonalar ulkan, salobatli devorlari, gumbazlari, qalin ustunlari, unchalik katta bo’lmagan derazalari, darvoza va eshlklari arkali qilib qurilganligi bi­lan ajralib turadi.
Fransiyadagi Puate ibodatxonasi.
Roman uslubida qurilgan eng mashhur binolar: Fransiyadagi Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari; Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Maynts, Axendagi cherkovlar hisoblanadi.
Cherkov va maorif. G’arbiy Yevropada ilk o’rta asrlar madaniyati xristian cherkovi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. Cherkov ilm, maorif, adabiyot va san’atga bevosita ta’sir o’tkazgan. Shuning uchun kishilarning dunyo haqidagi tasavvurlari cherkov hamda din ta’limotiga asoslangan edi. Boshqa mamlakatlar haqidagi ma’lumotlar yetarli bo’lmaganidan, aholi orasida turli uydirmalar ko’p bo’lardi. Fan-texnika taraqqiyotining pastligi insonlarning qurg’oqchilik, suv toshqinlari va yuqumli kasalliklardan jabrlanishiga olib kelgan. Zararat bo’lmaganidan faqat dehqonlar emas, hatto feodallar orasida ham savodli kishilar kam bo’lgan. Ritsarlar imzo o’rniga ko’pincha ikki chiziq tortib qo’yishgan.
Ibodatxona va monastirlar qoshidagi boshlang’ich mak-tablar quyi martabadagi ruhoniylami tayyorlagan. Bu kabi maktablarda lotin tilidan tashqari, ibodat qilish va duolar o’qish tartiblari ham o’rgatilgan.
Katta ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan o’rta mak­tablarda esa dunyoviy ilmlar ham o’qitilgan. Buyuk Karl davlatida keng tarqalgan shu turdagi maktablar asrlar o’tib universitetlar ochilishi uchun asos bo’ladi.
Ibodatxona maktablarida turli yoshdagi bolalar yoshiga qarab sinflarga bo’linmasdan, aralash holda o’qitilgan. Aksari maktablarda bittagina kitob bo’lgan va o’qituvchi uni navbat bilan bolalarga berib, parchalar o’qitgan. Darslar lotin tilida olib borilgan. O’quvchilarning qiziqishi deyarli hisobga olinmagan. Intizomsiz o’quvchilar qattiq jazolangan.
Maktablarda antik davrdan mavjud “yetti erkin san’at” deb nomlangan fanlar o’rgatilgan. O’quvchilar dastlab trivium - grammatika, dialektika va ritorikani o’zlashtirganlar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling