Bohodir eshov


Tomas Peynining siyosiy qarashlari


Download 0.73 Mb.
bet63/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

3. Tomas Peynining siyosiy qarashlari.
AQSh mustaqilligi uchun kurashni nazariy asoslab chiqqan siyosiy mutafakkirlardan yana biri Tomas Peyn edi (1727-1809). U ingliz qirol hokimiyatini AQSh xalqiga nisbatan olib borgan mustamlakachilik siyosatini tabiiy huquq nuqtai nazaridan tanqid qiladi, unga qarshi ozodlik kurashi zarurligini asoslaydi. Uning fikricha, mustaqillik uchun kurash har bir xalqning begonalashtirib bo’lmaydigan tabiiy huquqidir.
Peyn inson erki va huquqlarining ta’minlash masalalariga katta ahamiyat beradi. "Barcha odamlar nasl-nasabi bilan birdirlar, demak, ularning barchasi teng tug’iladilar va teng tabiiy huquqlarga egadirlar". Peyn so’z erkinligi, matbuot, vijdon erkinligi, tenglik, faravon xayot va baxtga erishish, kabi xuquqlarni tabiiy tug’ma xuquqlar deb biladi. Tabiiy xuquq asosida fuqaroviy xuquq paydo bo’ladi. Bu xuquq odamlarning tabiiy huquqlariga zid bo’lmasligi kerak. Peynning aytishicha, tabiiy huquq asosida paydo bo’lgan hokimiyat hech qachon yakka shaxs qo’lida va inson tabiiy huquqlariga zid bo’lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, Peyn xalq suvereniteti g’oyasini asoslaydi. Hokimiyat man’bai-xalqning o’zidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning xalq tomonidan tashkil qilish xalqning begonalashtirib bo’lmaydigan tabiiy xuquqidir. Peyn jamiyat va davlat bir emasligi, ularning o’rtasidagi farq haqida o’z fikrini bayon qiladi. "Jamiyat bizning ehtiyojlarimiz tufayli paydo bo’ladi, hukumat esa bizning nuqsonlarimiz tufayli", deydi Peyn.
Davlat va jamiyat kelib chiqishi nuqtai nazaridangina emas, vazifalari jixatidan ham bir biridan farqlanadi.Agar odamlar nuksonlariga ega bo’lmay o’zaro
munosabatlarini adolat asosida qo’rganlarida edi, hukumatlarga extiyoj bo’lmas edi. Xukumatning asosiy maqsadi xavfsizlik va erkinlikni ta’minlashdir.Shuning
uchun davlatning idora qilishning eng yaxshi shakli xalqning xavfsizligini, uning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi demokratik respublikadir,Djefferson, Peyn,Linkolnlarning demokratik an’analari AQShda progressiv siyosiy va huquqiy fikrning rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling