Bohodir eshov


Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari


Download 0.73 Mb.
bet62/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

2.Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari.
Tomas Djefferson (1743-1826) atoqli mutafakkir va siyosiy arbob, Amerika qo’shma Shtatlari mustaqilligi Deklaratsiyasining muallifidir.
Djefferson ijtimoiy shartnoma va inson tabiiy huquq nazariyasiga asoslanib monarxiya davlat tuzumini tanqid ostiga oldi va xalq suvereniteti g’oyasini asoslab chiqdi. Uning fikricha, qirol hokimiyati xalq hokimiyatidan hosil bo’lgan, unga qaramdir. Davlat hokimiyatining tuzish va uni nazorat qilishda barcha ishtirok qilish xuquqiga ega, hech kim bu huquqdan mahrum qilinishi mumkin emas.
Agar hokimiyat halq huquqlarini oyoq osti qilguday bo’lsa, xalq bunday xukumatni almashtirish huquqiga egadir. Tenglik, erkinlikni xalqdan tortib olishga xech kimni haqqi yo’q, bularning barchasi begona qilinmaydigan tabiiy huquqlardir.
"Dunyoda inson huquqlaridan boshqa barcha narsa o’zgaradi", deydi Djefferson. Uning fikricha, tabiiy huquqlar davlat chiqargan qonunlardan ustundir. Ular o’rtasida paydo bo’ladigan ziddiyatlar har doim tabiiy huquq foydasiga hal qilinishi kerak. Davlat tabiiy huquqlarning taminlash uchun yaratilgandir.
Djefferson siyosiy ta’limotining asosiy muammosi shaxs huquqlari va hokimiyatni demokratik usulda tuzish muammosidir. Shaxs huquqlarini xukumat huquqlariga nisbatan ustuvor qo’yish orqali Djefferson shaxsni hokimiyat o’zboshimchaligidan muhofaza kilmoqchi bo’ladi. Djeffersonning siyosiy ideali davlatni xalq saylagan vakillar orqali boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi demokratik respublika edi.
Barcha mansabdor shaxslar ma’lum bir muddatga saylanishi va xalq nazorati ostida bo’lishi shart, deydi Djefferson, va shu nuqtai nazardan Montesk’ening monarxiya xaqidagi fikrlarini tanqid ostiga oladi. Djefferson tashabbusi bilan 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasiga o’nta qo’shimcha kiritilishi zarur deb topildi. Bu qo’shimchalar so’z erkinligi, matbuot erkinligi kabi demokratik huquq va erkinliklarni o’z ichiga olgan edi. Bu qo’shimchalarning barchasi 1791 yil kuchga kirgan AQSh Konstitutsiyasida o’z aksini topdi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling