Bohodir eshov
Immanuel Kantning siyosiy qarashlari
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
4.Immanuel Kantning siyosiy qarashlari.
Immanuil Kantning huquqiy qarashlari tabiiy huquq ta’limotini mukammal tizimga solgan mutafakkirlardan biri buyuk nemis faylasufi Immanuil Kant edi (1724-1804). Kant o’zining "Sof aqlni tanqid", "Amaliy aqlni tanqid", "Mulohaza layoqatini tanqid", asarlari bilan falsafa tarixida chuqur iz qoldirgan. Uning siyosiy qarashlari "Axloq metofizikasi asoslari", "Boqiy dunyo sari" asarlarida o’z aksini topgan. Kant fikricha, "tabiatning oliy maqsadi-insonda mujassamlashgan tabiat imkoniyatlarining barchasini rivojlantirishdan iboratdir". Insoniyatning bu maqsadga mustaqil erishishining asosiy sharti-adolatli fuqaroviy jamiyat barpo etishdan iboratdir. Kant nazariyasining boshlang’ich nuqtasi individdir. Individning o’z-o’zidan qadr-qimmatga egaligi xaqidagi g’oya uning siyosiy ta’limotining asosiy g’oyasidir. Individ ahloqiy qonunlar yaratish va bu qonunlarga mos tarzda harakat qilish qobiliyatiga egadir. Bu hol barchaning printsipial jixatdan tengligini bildiradi. Huquq va siyosiy institutlar mana shu erk va tenglikni himoya qilishga xizmat qilishlari kerak. Kant uchun individ huquqlarini poymol etish har doim yomonlikdir. Axloqiy holatda yashash uchun individga zarur bo’lgan huquqlar boshqaruvning konstitutsion qullik va tengsizlikni bekor qilishni, shuningdek urushlarni ta’qiqlashni talab qiladi. Mana shunday sharoitdagina har bir odam o’ziga o’zi egalik qilishi, o’zligini anglashi mumkin. Kant o’zining ta’limotini yaratganda insonning ahloqiy mavjudod ekanligidan kelib chiqadi. Uning fikricha, har bir inson o’z ahloqiy qonunining ijodkoridir. Har bir individ ahloqiy jihatdan mustaqil. Odamlarda axloqiy qanunlarni belgilash erki bor va ular shunday qilish uchun etarli aqlga egadirlar. Erkin va oqil shaxslar faqat o’zlarigagina ma’qul qonunlarni o’rnata olmasliklarini tushunadilar, chunki ular o’zlaridan boshqa teng xuquqlik individlar ham borligini ularga vosita yoki narsa sifatida qarash yaramasligini biladilar. Inson o’ziga ham boshqalarga ham erkin, oqil, o’z maqsadlariga intiluvchi kishilar sifatida qarashi kerak. Shundagina u o’zining xam, boshqalarni xam erkiga zarar etkazmaydigan harakatlargina yaxshilik ekanligini, individ huquqlarini paymol qilish yomonlik ekanligini anglaydi. Oqibat-natijada Kantning quyidagi qat’iy imperatroziga duch kelamiz. Uning talabi: "Sen o’z qiyofang yoki, boshqa odam qiyofasidami insoniyatga orzu, maqsad sifatida munosabatda bo’l, hech qachon unga vosita sifatida qarama" va o’zingning ham o’zgalarning xam, erkiga zarar etkazma. Qat’iy imperativning bu talablariga amal qilish uchun individlar "amaliy, yaxlit" talablariga erkin quloq solish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak. Shu nuqtai nazardan u absolyutizmni inkor qiladi va davlat boshqaruvining demokratik shakllarini asoslaydi. Kant o’zining huquq falsafasida odamlarning hamjixat yashashini ta’minlovchi umumiy mezonini izlaydi. Mana shu mezon mavjud xuquqiy tizim va boshqaruv shakllarini siyosiy adolat talablariga javob berishi yoki bermasligini baholash imkonini beradi. Davlatning fuqarolar erkiga qonun doirasida aralashuvining chegarasi kaerda? Insonning tabiiy erkinliklarini tartibga solish va uni ajralmas huquqlariga aralashish umuman qonuniymi? Kantning xuquqiy falsafasi mana shunday savollarga javob berishga harakat qiladi.Kantning fikricha, fuqarolar o’zlarining maqsadlarini o’zlari amalga oshirgani uchun qonuniy xuquqga egadirlar. Nima baxt keltirishini ularning o’zlari tanlaydilar. Biroq bizning maqsad va loyihalarimiz doim xam ratsional emas. Odamlar bir-birlari bilan dalzorblashuvlari mumkin. Bir individ xatti-harakatlaridagi erkinlik boshqa birining harakat erkinligiga tahdid tug’dirishi mumkin. Boshqa odamlar erkiga halaqit bermasdan eng ko’p erkinlikni qanday ta’minlash mumkin?-degan masala Kant uchun muhim muammo edi. Kant ham erkni, xam birgalikda yashashni kafolatlashi mumkin bo’lgan universal yuridik ta’moyilni topishga o’rinadi. "Huquq bu erkning umumiy qonuni nuqtai nazaridan bir kishining ixtiyorini boshqa kishi ixtiyori bilan mos kelishini ta’minlovchi sharoitlar yig’indisidir". Boshqacha aytganda, huquq bir odamning erkin tanlovini boshqa odamlarning erkin tanlovi bilan mos kelishi uchun sharoit yaratuvchi vositadir. Kantning fikri shundan iboratki, umumiy ta’moyilga ko’ra shaxsning cheklanmagan harakat erkinligi boshqalarning xuddi shunday erkinligi bilan mos keladigan darajagacha cheklanishi kerak. Amaldagi qonun ham xuddi shu tarzda har bir kishining harakat erkinligini cheklaydi. Turli xil maqsadlarga ega bo’lgan odamlarning tinch-totuv yashash sharti mana shundan iborat» Erkning shunday cheklanishi erkinliklarni ko’proq ta’minlaydi, eng avvalo, nizolarni adolatli tarzda tartibga solish imkonini yaratadi. Qonunlarning umum ahamiyatliligi mezoni Kant fuqarolarning o’zlari kiritgan qonunlar bilan bog’laydi. Amalda qonun chiqaruvchilar shunday qonunlar qabul qilishga harakat qilishlari kerakki, uni barcha fuqarolar qo’llab-quvvatlasin. Qonunlar legizimligining bosh mezoni ana shunda. Shu mezonga mos kelgan qonunlargina fuqarolar orasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun yaroqlidir. Kant amaldorlarning imtiyozlari, krepostnoylik, despotizm va tan jazolari kabi hodisalarni shu nuqtai nazardan qoralaydi. Uning aytishicha bunday institut va harakatlar huquqning universal ta’moyillariga ziddir. Kant liberalizm ruxidagi demokratik isloxatlar g’oyasining yorqin ifodachisi edi. Kant inson huquqlari masalasini umumiy ta’moyil sifatida qo’ygan eng birinchi siyosiy matafakkirlardan xisoblanadi. Har bir inson, deydi Kant, tug’ma va tabiiy huquqlarga egadir. Bu huquqlar huquqning ratsional tushunchasiga mos keladi. Umumiy qonunga ko’ra, har bir odam boshqa har qanday odamning harakat erkinligi bilan mos keladigan darajadagi harakat erkinligiga ega. Inson xuquqlariga xaqiqiy kafolat berish uchun boshqa odamlarni erkinliklarini paymol qilayotgan shaxs va institutlar faoliyatiga ba’zan aralashib turishga to’g’ri keladi. Demak, inson xuquqlari buzilgan xollarda davlat aralashish uchun qonuniy huquqga ega. Kant xalqaro munosabatlardagi kelishmovchiliklar, nizolar, qonunbuzarlik kabi xolatlarni insonlarga yarashmaydigan va noloyiq harakat deb baholaydi. Uning fikriga ko’ra nizolarni tartibga solish uchun qo’yidagi adolat tamoyillariga amal qilish lozim: "birorta mustaqil davlat boshqa davlat tomonidan va meros tarzida, na ayirbosh, na savdo,na sovg’a yo’li bilan o’zlashtirilishi mumkin emas". Kant qonunlar xalqning irodasini ifodalashi kerak deb chiqqan bo’lsada, u barcha fuqarolar uchun teng saylov huquqi berish tarafdori emas edi. Xotin-qizlar, moddiy va ijtimoiy jixatdan "mustaqil" bo’lmagan (vaqtli ishchilar, xizmatchilar va xokozolar)ni Kant bunday huquqlardan maxrum deb xisoblaydi. Kant ma’rifatchilikning farzandi edi. U shaxsning ma’rifati va mustaqilligi uchun kurashadi. Kant uchun ma’rifat individ aqlining ommaviy qo’llanishidir. Odamlar o’zgalar bilan xamjamiyatda fikr yuritar ekan, ma’rifatli va mustaqil bo’lib boradilar. Munozara yuritayotgan xususiy shaxslarning bunday hamjamiyatiga faqat aqlli odamlargina a’zo bo’lishi mumkin. Kant nazarida, birgalikda muxokama yuritish mulkka ega bo’lgan erkin fuqarolargagina xos. Ish xaqqi olayotganlar esa, jamiyatning to’la qonli a’zolari bo’la olmaydilar. Biroq, qattiq mehnat va omad tufayli kelajakda ular xam jamiyat a’zolari bo’lishi mumkin. Kant fikriga ko’ra, moddiy jihatdan mustaqil bo’lgan fuqarolargina madaniy, kitobsevar va munozara yurituvchi ommani tashkil qiladilar. ulargina aqldan ommaviy foydalanishlari mumkin. Shunday qilib, aqlga ega individlar ishtirokidagi erkin munozaralar xaqiqatning asta-sekin ravshanlashiga yordam beradi. Tarix shu tarzda paydo bo’layotgan muammolarni ochiq muhokama qilish va o’zaro erkin fikr almashish imkoniyatini beradigan ma’rifatli hamjamiyat qurish orqali haqiqatga yaqinlashish masalasini xal qiladi. Kant siyosat va ratsionallikni birlashtirmoqchi bo’ldi. Bir tomondan, ratsionallik ro’yobga chiqishi uchun muayyan siyosiy shart-sharoit talab qilinadi, ikkinchi tomondan esa, ratsionallik ma’rifatli siyosat yuritishning muxim shartidir. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling