Bohodir eshov


XX asr Liberalizmining xususiyatlari


Download 0.73 Mb.
bet68/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

5. XX asr Liberalizmining xususiyatlari.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida liberalizm yangi bosqichga ko’tarildi. Bu kapitalizmning yangi bosqichga o’tishi bilan bog’liq edi. Shu davrda liberalizmning kuchli tomonlari bilan bir qatorda bo’sh tomonlari ham namoyon bo’la boshladi. Xususan, klassik liberalizmning erkin bozor munosabatlari va erkin raqobat kabi muhim qoidalari aholining imtiyozli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga bo’ysundirildi. Shuning uchun xam Evropa va AQSh da bu o’rinishlarga qarama-qarshi g’oyalar bilan bir qancha atoqli siyosatshunoslar iqtisodchilar guruxi klassik liberalizmning muxim qoidalarini qayta ko’rib chiqish, korporatsiyalarning o’zboshimchaliklarini cheklash va aholining muxtoj qatlamlarini axvolini engillashtirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish takliflari bilan maydonga, chiqadilar. Bular orasida Germaniyada J.Tobson, T.Grin, L.Xobxauz, F.Nauman, Italiyada B.Kroche,. AQSh L.Uord J. Krouli, U.Bird, J.D’yui va boshqalarni eslatish mumkin.
Ular yangi liberalizmni nomini organ bir qancha yangi g’oya va printsiplarni ishlab chiqdilar. Eng avval ular erkin bozor va erkin raqobat g’oyalarini qayta karab chiqish zarurligini asoslashga o’rindilar. Birinchi galda ular liberalizmga xos individualizmning ma’lum darajada yangicha talqin qildilar. Ular davlatning jamiyat iqtisodiy hayotida ijobiy rol o’ynashini tan oldilar.
XX asrning 30 yillarida yuz bergan iqtisodiy krizis va bu krizisdan chiqish yo’lida AQShning islohotchi prezidenti D.Ruzveltning iqtisod sohasida tutgan "yangi yo’li" iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda davlat ijobiy rol o’ynashini yaqqol namoyon qilgan edi. Bu xodisalar liberalizmning shakllanishida burilish yasada.
Ikkinchi jaxon urishidan keyin liberalizmda muxim o’zgarishlar yuz berdi. Shuni ta’kidlash kerakki XIX asr davomida va XX asrning birinchi un yilliklarida liberalizmning asosiy g’oyalari siyosiy amalyotda tekshirildi va yaxshi natijalar berdi. Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda demokratik me’yor va printsiplar siyosiy amaliyotga joriy qilindi. Bu xol liberalizmda yutuqlarni sanlab qoladi asosiy vazifadir degan tasavvurlarni tug’dirdi. Xatto liberalizm o’z vazifasini o’tab bo’ldi, unga o’rin qolmadi, u o’ldi xam deyishdi. Lekin liberalizm o’lgan emas edi. Aksincha, XX asrning 70-80 yillariga kelib liberalizmning qaytadan tiklanishi haqida gapirila boshlandi.
Liberalizm tarafdorlarining ko’pchiligi jamiyat davlat va individ munosabatlari, kapitalizm va demokratiya, erkinlik va ijtimoiy tenglik, adolat masalalariga doir qarashlarni qaytadan ko’rib chiqishga o’rindilar. Bu o’rinishlar ijtimoiy-siyosiy fikrda turli xil oqimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Bu oqimlar ichida ikki yo’nalishni ajratish mumkin. Ularning har biri jamiyat oldida to’rgan muxim muammolarni xal qilishda o’ziga xos umumiy g’oya printsip va yondashuvlarga egadir. Birinchi yo’nalish vakillarini iqtisodiy konservatorlar deb baxolansa bo’ladi. Ular klassik liberalizmning asosiy qoidalarini, ayniqsa, erkin bozor tamoyillarini muayyan o’zgarishlar bilan takrorlaydilar. ikkinchi oqim namoyondalari ijtimoiy-iqtisodiy sohada muhim isloxatlar o’tkazish, davlatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi rolini qayta ko’rib chiqish, kam ta’minlangan axoli qatlamlariga yordam ko’rsatish kabi masalalarni ko’rib chiqdilar.
XX asr oxirida liberalizmning xususiyati mana shundan iborat bo’ldi.Shu bilan birga liberallar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga aralashib borishining kuchayishidan xavfsirardilar. Shuning uchun ham ular bozor mexanizmlarini rag’batlantirish va shu bilan birga davlatning tartibga solish vazifalarini cheklash talablarini ham qo’ydilar. Davlatning aralashuvining muqarrarligi va zarurligini tan olish bilan birga, liberallar bu aralashuvni chegaralarini belgilash zarurligi haqida xavotirlanib gapiradilar.
Ular iqtisodiy krizis va uning oqibatlarini yumshatishda davlatning-aralashuvi imkon berganligini xotirasidan chiqarmagan bo’lsada, davlatinng aralashuv chegaralari qancha bo’lishini anglardilar.
Liberalizm o’zining ikki yuz yillik tarixidan har doim sharoitga moslashib o’zgarib bordi. Inson erkinligi, uning hayotiga davlatning aralashmasligi g’oyasidan muayyan darajada davlat aralashuvi kerak, degan g’oyaga keldi. Har bir odam erkin, xoxlagan ishini qilishi mumkin, lekin qoidaga rioya qilgan holda qilsin. Davlat mana shuni ta’minlashi zarur.
Davlatning idora qilish shakli masalasiga kelganda liberalizm adolat printsiplariga asoslangan qonuniy va samarador idora qilish shakli tarafdoridir. Liberalizm o’mumiy qonun va printsiplarni, fuqarolar erkinligi va huquqlarini Ta’minlovchi adolat bu? "siyosiy adolat" yoki "rasmiy adllat"dir, deb biladilar. Ijtimoiy huquqlar va o’larning amalga oshirish masalasida o’lar har bir fuqaroga muayyan darajada farovon xayot ta’minlanishini talab qiladilar. Bu ta’lim olish, mehnat qilish, qarilik nafaqasi bilan ta’minlanish kabi huquqlardir.
Ko’pchilik liberallar ijtimoiy tenglikka nisbatan imkoniyatlar tengligini ustun qo’yadilar. Ularning fikricha, davlat qonun ustivorligini, barcha fuqarolarning siyosiy xayotda ishtirok etishda teng huquqga egaligini ijtimoiy-iqtisodiy soxada teng imkoniyatlarga egaligini ta’minlash garovidir. Adolat printsiplarini amalda ta’minlovchi omil shundan iboratdir. Liberallarning eng zaif tomoni ham shu erda, Ularning birontasi ham insoniyat oldida kadimdan to’rgan tetglik, erkinlik va adolat o’rtasidagi jumboqni xal qila olmadilar.
Mavzu. XVIII-XIX asrlarda G‘arbiy Yevropa va Rossiyadagi mafkuraviy yo‘nalishlar va oqimlar

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling