Bohodir eshov
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Presviterianlik.
Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko‘rsatmalar» degan bosh asari protestantizm ta'limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo‘nalish – kalvinizmning asosi bo‘lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o‘laroq Kalvin uchun diqqat markazi Injil emas, Tavrot bo‘lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Bu ta'limotga ko‘ra barcha odamlar xudoning biz uchun noma'lum bo‘lgan irodasiga asosan mag‘firat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo‘linadi. Inson na imon, na «xayrli ishlar» bilan taqdirga yozilganini o‘zgartira olmaydi: mag‘firat qilinganlar najotga mahkum, mag‘firatdan mahrum bo‘lganlar esa abadiy azobga mahkum. Taqdir haqidagi ta'lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi. Protestant cherkovining kalvinistik yo‘nalishdagi davomchilari (kalvinistlar yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Fransiya, Angliyada katta obro‘ va ta'sirga ega edilar. Presviterianlik. Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo‘lib, (yunoncha eng eski) mo‘tadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu ta'limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida jamoa a'zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va davlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim juda sodda, ibodat paytida va'z aytiladi, birgalashib duolar o‘qiladi va diniy qo‘shiqlar kuylanadi. Presviterning mav'izasi oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilingan, boshqa oqimlarda asosiy ibodat qo‘shig‘i hisoblangan «din ramzi» va «otche nash» o‘qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi. Presviterianlar diniy ta'limotining asosiy aqidalari «Vestminster» kitobida bayon qilingan. Bu aqidalar ortodoksal kalvinizm ruhida bo‘lib, olamdagi barcha odamlarning gunohkorligi va qismatning mutlaqligiga ishonishdan iborat. Presviter jamoasi qavmlar saylagan presviterlar va pastorlardan iborat konsistoriya tomonidan boshqariladi. Presviterchilarning oliy organi – bosh assambleya. Bosh assambleya presviteriyalar vakil qilib yuborgan presviter va pastorlardan iborat. Presviterchilarning ko‘pchiligi o‘zlarining xalqaro tashkiloti – «Presviterchilarning tashkiliy tuzilishiga amal qiluvchi Jahon reformatsiya cherkovlari alyansi»ga a'zodir. Mazkur alyans 1875 yilda tashkil etilgan. Hozirgi paytda Shotlandiya (davlat cherkovi), Angliya, Irlandiya, AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda presviterchilar mavjud. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling