Bohodir eshov


Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining boshqa umumnazariy fanlari bilan aloqadorligi


Download 0.73 Mb.
bet2/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

3. Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining boshqa umumnazariy fanlari bilan aloqadorligi.
Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganuvchi ham tarixiy, ham nazariy ixtisoslikka mansub fandir.
Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining predmeti bo’lib, jamiyatdagi nazariy ta’limotlardan tashqarii siyosiy va huquqiy voqelikni o’zida aks etuvchi turli tasavvurlar, his-tuyg’ular,e’tiqodlar, kayfiyatlar, fikrlar ham mavjud. Bular turli asarlarda, davlat va jamoat arboblarining fikrlarida va mulohazalarida ifodalangan.Ular maxsus nazariya darajasida bo’lmasada , jamiyatdagi turli ijtimoiy-siyosiy harakatlarning manfaatlarini , siyosiy dasturlarini aniqlash va yoritish imkonini beradi. Fanning predmeti bularning barchasini qamrab oladi.
Mazkur o’kuv fanining o’qitishdan maqsad bo’lajak huquq sohasi mutaxassislarini umumjaxon miqyosidagi siyosiy va huquqiy ta’limotlarning paydo bo’lishi xamda rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatish, ularning tafakkuri tarixiy sinovlardan o’tgan ibratli siyosiy va huquqiy fikrlar bilan boyitish, turli siyosiy va huquqiy g’oyalar, fikrlar, nazariyalar moxiyatini anglab olish malakasini shakllantirishdir.
«Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi» fanini o’rganishda ijtimoiy fanlarni o’rganishda qo’llaniladigan uslublardan foydalaniladi. Falsafiy va maxsus-huquqiy, formal mantiiqiy, dialektik, sistematik, qiyosiy- tarixiylik uslublari alohida o’rin tutadi.1
Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani yuristlarning zamon talabiga mos dunyoqarashini shakllantirib, huquq sohasidagi ilmlarini yanada mustaxkamlashga yordam beradi. Xozirgi davrda davlat va huquq haqida chukur ilmiy tasavvurga ega bo’lish zamonaviy dunyoviy tafakkurning teranlashuviga va O’zbekistonning jaxon xamjamiyatida insonparvar demokratik huquqiy davlat sifatida o’z qonuniy o’rnini egallashiga xizmat qiladi.
Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixining ahamiyati shundaki, u bo’lajak huquqshunoslarni umumjahon miqyosidagi ta’limotlarning paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlari bilan tanishtirish bilan birga,ularda bu ta’limotlarning mohiyatini anglab olish malakasini shakllantiradi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling