Bohodir eshov
Turonda siyosiy qarashlar (“Avesto”)
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
5.Turonda siyosiy qarashlar (“Avesto”).
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy ma’naviy merosining namunalaridan biri hisoblangan. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. «Avesto» hozirgi O’zbekiston hududida eramizgacha II minginchi yillik o’rtalarida yashagan qabilalarning diniy va dunyoviy mafkurasi, ilk davlatchilik ijtimoiy-siyosiy tuzumi, huquqi haqida asosiy manba sifatida qimmatli ma’lumot beradi. Zardushtiylik dinining tarqibotchisi Sipiytlyun Zardusht hisoblanadi. U Xorazmda tug’ilib, keyinchalik Eronga boradi.Zardusht Eronda o’z dinining keng targ’ib qiladi. Zardusht vafotidan keyin diniy duolar, takbirlar, rasm-rusumlar yig’indisi «Avesto» uning izdoshlari tomonidan kitob holiga keltirildi.«Avesto» bayon etilgan siyosiy-huquqiy fikrlarda, o’sha davrda ijtimoiy, siyosiy, huquqiy muhit haqida tushuncha paydo bo’ladi. «Avesto»da davlat boshqaruvi haqida gapirilganda: davlatni shoh - «Kavi» iroda qilgan. «Kavi» muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy masalalarni o’zida mujassamlashtirgan. Oilalarning birlashmasi - «Nmana», katta oila jamoasi oqsoqoli - «nmanapati», urug’ jamoasi boshlig’i - «vis», qishloq oqsoqoli «vispati», qabila boshlig’i «zantupati», viloyat hokimi «daxyupati». Qonun chiqaruvchi Oliy organ - Oqsoqollar Kengashi (Qabilalar Ittifoqi) - «varzanapa» deb atalgan. Oliy Sudya vazifasini Kohin bajargan, uni «Zaratushtroema» deb atashgan. Uning hukmi mutloq bo’lgan va unga hech kim e’tiroz birdirmagan. «Avesto»da tasvirlangan jamiyat ahli to’rt toifaga, kohinlar, jangchi askarlar, chorvadorlar va hunarmandlarga bo’lingan («Yasna» 19-bet). Erkin jamoa a’zolarining asosiy boyligi chorva hisoblangan. Birinchi navbatda chorva, keyin esa shaxsiy mulk - uy, hovli-joy, qal’a, qo’rg’on... Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra yolg’on gapirib guvohlik berish jinoyat hisoblanadi. «Avesto»da qayd etilgan eng muhim ijtimoiy-siyosiy va huquqiy g’oyalardan biri - yovuzlikka qarshi va haqiqat (adolat) uchun kurash masalasidir. Huquqiy qarashlar bayon etilgan «Videvdad» qismida («Devlarga qarshi duolar») jinoyatlarni klassifikatsiya qilib quyidagilarga bo’lingan: Dinga qarshi jinoyatlar: dindan qaytish, boshqa din vakili bilan nikoh tuzish, kohin tomonidan diniy rasm-rusumlarni, amallarni qo’pol buzish, ateizm kirgan. Shaxsga qarshi jinoyatlarga: qasddan tajovuz qilish, qo’rqtitish, tabibning noto’g’ri harakati va uning yomon oqibatlari. Hayvonot olamiga qarshi jinoyatlar: ayniqsa itlarga qarshi harakatlar. Mulkiy jinoyatlar: o’g’irlik, talonchilik, yo’l to’sarlik va ziqnalik. Axloqiy normalarga qarshi jinoyatlar: fohishabozlik, oilaga hiyonat va buning uchun o’lim jazosi berilgan. Tabiatga qarshi jinoyatlar: tuproq, suv, olov, o’simlik dunyosi (Videvdad VI. 54-83) ayniqsa tuproqni ifloslantirish. «Avesto»da oila monogamiya asosida tuzilgan. Nikoh shartnomasi 10 yil muddatga tuzilgan.1 «Avesto» - huquqiy manba sifatida o’rgangan olimlar ichida Ingliz olimasi Meri Boys va A.G.Perexanyan, Z.Muqimovning ta’kidlashicha, Sipiytlyun Zardusht o’z ta’limotida adolatli sud qismi uchun Ordalia (sinab ko’rish yoki jazo berish) 33 usuli mavjud bo’lgan. Agar so’z qasam to’g’risida bo’lsa, odatda suv bilan sinash o’tkazilib aybdor yoki gumondorga o’zining huquqligini isbotlashga imkon berilgan. O’t bilan sinfida aybdor chalayonlar orasidagi tor yo’lakdan yugurib o’tgan, agar tirik qolsa, Shartnoma tangrisi Mitra uni asbsiz deb hisoblagan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling