Bohodir eshov
Yunonistonning eng rivojlangan davri siyosiy qarashlari
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
3. Yunonistonning eng rivojlangan davri siyosiy qarashlari.
Aflotunning ideal davlat va jamiyat haqidagi ta’limoti uning keyingi dialoglarida («Davlat», «Qonunlar» va boshqalar) rivojlantirildi. Uning ideyalar haqidagi qarashlarining mohiyati quyidagicha: haqiqiy borliq bu moddiylikdan tashqari, aql bilan idrok etiladigan ideyadir. Bizning qo’zimizga ko’rinib, hissiyotimizga ta’sir qilib to’rgan narsalar borliqqa aloqador emas, shuning uchun ham haqiqiy bilish bu borliqni bilishdan iborat, ya’ni ideyalarni bilishdan iborat. Borliqni hamma ham bilavermaydi, faqat faylasuflargina bunga qodir. U o’zining «Davlat» nomli asarida adolatli ideal davlatni ta’riflar ekan, davlat polisdagi ijtimoiy-siyosiy hayot bilan koinotning birikuvidan hosil bo’ladi, deydi. Aflotunning ta’limotiga ko’ra adolat deganda birichi navbatda har bir odam o’z ishi bilan shug’ullansin, boshqalarning ishlariga aralashmasin, polis turli ehtiyojlarning umumlashgan ifodasidir degan g’oyani ilgari suradi. Bu turli-tuman ehtiyojlarni qondirish uchun davlatda odamlar o’rtasida mexnat taqsimoti qaror topgan bo’lishi kerak Ideal davlatda ayollar erkaklar bilan baravar huquqqa ega. Aflotun ideal davlatida uch tabaqa faylasuflar, harbiylar va dehqon, hunarmandlarni bo’lishini e’tirof etgan. Aflotun o’zining «qonunlar» nomli asarida davlatning moxiyati va qurilishi haqida batafsil to’xtalib o’tadi. Aflotun ideal davlatning eng muhim belgilari quyidagilardan iborat. Uning 5040 fukarosi chek tashlash orqali er maydoni va uy-joy oladilar, ammo bu er va uy ularning xususiy mulki hisoblanmaydi. Barcha erlar davlatning mulki bo’lib odamlarning farzandlaridan biriga meros bo’lib o’tishi mumkin. Mavjud mulkning ko’p va ozligiga qarab, odamlar to’rt toifaga bo’linadilar: boylikning ham, kambag’allikning ham ma’lum chegarasi bo’lib, bu qonun tomonidan belgilab qo’yiladi. qullar va chet ellardan kelgan dehqon, qunarmand, savdogarlar yuqorida aytilgan 5040 fuqaro tarkibiga kirmaydi. Birinchi davlatda ham, ikkinchi davlatda ham hamma ish o’zaro kelishuv va muomila asosida olib boriladi. Yoshlar erkaklar bilan teng huquqqa ega bo’lsalarda, ammo ular oliy rahbarlikka ko’tarila olmaydilar. Aflotun davlatining boshida bosqichma-bosqich saylovlardan o’tgan 37 hukmdor turadi. Hukmdorlarning yoshi 50 dan 70 yoshgacha bo’ladi. 360 kishidan iborat bo’lgan saylov kengashi katta huquqlarga ega. Aflotunning ideal davlatida qonunchilikka e’tibor qaratgan. qonun chiqaruvchilarga Aflotun maslahat berib qonunlar juda qattiq bo’lmasin, qonunga itoat etish bilan birga hukmdorlar jamiyatni erkin boshqara olsinlar, qonunlarni ishlab chiqqanda geografik muhit, iqlim, tuproq va boshqa omillar e’tiborga olinishi zarur. Aflotun qonunlarga rioya etmaslikni qattiq qoralaydi. Har xil shoirlar, olimlar turli-tuman yangiliklar yaratib, qonunlarni buzishavermasin. Aflotun o’z qarashlarida mafkuraviy masalalarga katta e’tibor berdi. Davlat va qonunlarning ilohiy va muqarrar qudratini odamlarga etkazish, ularning ongiga singdirish kerak. qonun-qoidalarni buzish qattiq jazolanishi kerak. Aflotun tomonidan ikki yarim ming yil oldin aytilgan "qonun ustivorligi", "qonun hukumronligi" g’oyalari bizning kunimiz uchun shubhasiz juda foydali. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling