Bohodir eshov


Qadim Yunonistonning ilk davrdagi siyosiy fikrlari


Download 0.73 Mb.
bet10/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

2. Qadim Yunonistonning ilk davrdagi siyosiy fikrlari.
Qadimgi Yunonistonda paydo bo’lgan va rivojlangan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlar tarixini Gomer va Gesiod dostonlarida ko’rish mumkin. Bu buyuk shaxslar yaratgan dostonlarda jamiyatda paydo bo’lgan ijtimoiy muammolar xudolar obrazlari orqali izchil ta’svirlagandir.
Adolat, qonunchilik va polis hayotiga oid boshqa tushunchalarning mohiyati, yo’nalishlari va shakllanishi eng avvlo Zevsning faoliyati bilan bog’lanadi. Bosh Xudo Zevs barcha xudolarni iskanjaga olib, adolat o’rnatishni talab qilgan. Gomer poemalarida Zevs xuddi mana shu tartibda, ya’ni qattiqqo’l adolatli Bosh Xudo obrazida ifodalangan. Bunda adolat tushunchasi erdagi voqealar bilan bog’langan holda izoxdanadi. Erdagi oddiy qonun-qoida asoslari odamlarni birlashtiruvchi bir kuch, umuminsoniy qadriyat sifatida namoyon bo’ladi.
Gesiod (eramizgacha VII asr) asarlarida adolat, huquq-tartibot tushunchalari yanada yorqinroq ifodalangan. Uning «Teogoniya», «Mehnatlar va kunlar» nomli asarlarida turli tamoyillarga ega bo’lgan axloqiy-huquqiy normalar ta’riflanadi va himoya qilinadi.
Masalan, uning «Teogoniya» asarida Zevs va abadiy tabiiy tartibning timsoli Femida nikohidan ikki qiz Dike adolat xudosi va Evnomiya qonunchilik xudosi tug’iladi. Dike adolatni himoya qiladi, uni buzuvchilarni qattiq jazolaydi. Evnomiya esa qonunchilik, tartib-intizom iloxusht tomonidan o’rnatilgan odamlar orasida bo’lishi shart bo’lgan qonun deb xisoblab uni himoya qiladi. Dike ham, Evnomiya ham barcha ishlarni bosh xudo-otalari Zevs buyrug’i bilan bajaradilar. Demak, adolat ham, qonunchilik ham ilohiy manbaga ega. U bosh xudo va boshqa xudolar tomonidan boshqarib boriladi.
Gesiod «Mehnatlar va kunlar» poemasida patriarxal tuzum ideallarini himoya qilar ekan, odamlar hayotida beshta biri-biri bilan almashinib turadigan bosqichlarini o’ziga xos tomonlarini ifodalab beradi. «Oltin asr», «kumush asri», «mis asri», «yarim xudo-qaxramonlar asri» va nihoyat o’zi yashab to’rgan asrni «temir asri» deb baholaydi. «Oltin asr» odamlari baxtli edilar, g’am-tashvishsiz umr kechirdilar. «Kumush asrining» qaysar, xudolarga itoat qilmagan odamlarini Zevs qirib tashladi. «Mis asri» ning odamlari o’zaro raqobatda va chiqishmovchiliklar tufayli o’zlari biri-birini yanchib tashlashdi. To’rtinchi «Temir asrining» qonli urushlarda Yarim xudo kahramonlar ham halok bo’ldilar. Gesiod «Temir asrini» qora bo’yoqlar bilan g’amgin tasvirlaydi. Mehnat og’ir, kun ko’rish qiyin, haqiqat toptalgan, odamlar o’rtasidan insof, diyonat ko’tarilgan.
Gomer va Gesiod ijodiga xos bo’lgan axloqiy, huquqiy tartib-intizomning insonlar o’rtasida qaror toptirish va ularga aql no’rini bag’ishlashga qaratilgan intilishlar keyinchalik etti donishmand faoliyatida davom ettirildi. Bu etti donishmand Fales, Pittak, Permandr, Biant, Solon, Kleobul va Xilon. Bu donishmandlar jamiyat adolat tantana qilishi uchun kurash olib bordilar. Ularning ayrimlari hokim yoki qonun chiqaruvchilar sifatida o’z g’oyalarini amalga oshirishga harakat qildilar. Masalan, Solon xususiy va davlat qarzlarini bekor qildi, qarz berishni adolatli asosga qo’ydi. Solon tomonidan tashkil etilgan polis demokratiyasi demos bilan zadogonlarni, boylar bilan kambag’allarni murosaga keltirish uchun ishlab chiqilgan qoidalarga asoslanar edi. Solon bir tomonning ikkinchi tomon manfaatlarini erga urish asosida ustunlikka erishishlarini ochiq qoralaydi.
Ijtimoiy, siyosiy-huquqiy tartiblarning falsafiy g’oyalar asosida qayta o’zgartirish fikrlarini ilgari so’rgan Pifagor (eramizgacha 580-500 yillar) va uning izdoshlari (Arxit, Lizis, Dgigolay va boshqalar), hamda qadimgi dunyoning atoqli faylasufi Geraklit (eramizgacha 530-470) demokratiyani tanqid qilib aristokratik boshqaruv usulini, aqlan va axloqiy etuk odamlar hokimiyatini yoqlab chiqdilar.
Pifagor va uning hamfikrlari dunyoqarashlari bir qadar mistik bo’lsada, ammo ular olamning asosini moddiylik belgisi sonlar tashkil etadi deb hisoblashdi. Hamma narsaning mohiyati oxir oqibatda sonlarga borib taqaladi. Axloqiy va siyosiy-huquqiy voqealarning ham moxiyatini sonlar harakteristikasidan izlash kerak, masalan, adolat tushunchasi tenglarga tenglik bilan javob qaytarish demakdir.
Pifagorchilar ideali polis edi. Ammo polisda adolatli qonunlar mavjud bo’lishi kerak. Pifagorning ko’rsatishicha, xudodan so’ng, ota-onani va qonunni hurmat qilish kerak, xudo, ota-ona va qonun. Pifagorchilar tartibsizlik, anarxiyadan qattiq nafratlanar, insoniy munosabatlar anarxiya zulmidan ozod etilib huqiqiy tartib va garmoniyaga ega bo’lishi kerak degan g’oyani ilgari surdilar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling