Bohodir eshov


Arastu (Aristotel)ning davlat va huquq


Download 0.73 Mb.
bet12/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Arastu (Aristotel)ning davlat va huquq to’g’risidagi ta’limoti
Arastu Aflotundan keyin eng ulug’ mutafakkir sifatida maydonga chiqdi. (Eramizdan oldingi 384-322 yillar). O’zining «Politiya», «Afina siyosati», «Etika» nomli asarlarida siyosiy, huquqiy qarashlarini bayon etadi. Arastu siyosat fanini xdr tomonlama ishlab chiqishga, siyosatni axloq doirasida qarashga harakat qildi. Axloq siyosatning boshlang’ich nuqtasi, uning muqaddimasidir, deydi u. Arastu adolatning ikki xilini farqlab ko’rsatadi. Muvozanatga soluvchi adolat misoli arifmetik tenglik, ya’ni mana shu tamoyilni jamiyat taraqqiyotiga tadbiq etish. Belgilovchi adolat xuddi geometrik tenglikka o’xshaydi. Ya’ni barcha haq-huquqlar, ne’matlar odamlar o’rtasida har kimning o’ziga yarasha taqsimlanishi kerak.
Arastuning etika sohasidagi izlanishlarining mohiyati shundaki, siyosiy adolat odamlar o’rtasidagi tenglik, erkinlikka asoslangan bo’lib, har bir odamning o’z ehtiyojlarini qondirishi bilan belgilanadi. Arastu tasavvurida davlat ko’plab tarkibiy qismlarning o’zaro uyg’unligidan tashkil topadi. Davlat o’ziga xos bir tashkilot bo’lib, fuqarolarning uyushishidan tashkil topdi. Davlatning har bir turida o’ziga xos inson huquqlari ishlab chiqilgan bo’ladi.
Arastu davlatning siyosiy tashkilot ekanini ta’kidlab, davlat bu oliy hokimiyatga ega bo’lgan siyosiy tizimdir, deb uqdiradi. Davlatning to’g’ri va noto’g’ri boshqarish shakllarini ajratadi. Davlatning to’g’ri boshqarish shaklida xalqqa manfaat keltiradi. Noto’g’ri boshqarish shaklida faqat tor doiradagi odamlarga foyda keltiradi xolos. Davlat boshqarishining uchta to’g’ri shakli monarxiya, aristokratiya, politiya. Davlat boshqarishning noto’g’ri shakli tiraniya, oligarxiya, demokratiyadir.
Arastu davlat boshqarish shakllarining turli xillarini ham tekshirib chiqadi. Uning fikricha, eng to’g’ri boshqarish shakli bu politiyadir. Boshqa davlat formalari politiyadan ozmi-ko’pmi chekinishlarga asoslanadi. Davlatni noto’g’ri boshqarish shaklidan eng yomoni bu tiraniyadir. Politiya oligarxiya va demokratiyaning eng yaxshi tomonlarini birlashtiradi, ammo ularning yomon tomonlaridan butunlay xoli davlat shaklidir. Arastu ishlab chiqqan ideal davlatning loyihasini oddiy bir faktni tajribada sinab ko’rishdek aniq bir belgilar bilan harakterlab bo’lmaydi, deb ko’rsatadi. Ideal davlatning aholisi etarli darajada bo’lib, aniq ko’zga tashlanib turishi kerak. Uning xududida quriqlik va dengizga yaxshi yo’naltirilgan bo’lmog’i zarur.
Barcha erlar ikkiga bo’linadi. Bir qismi butun davlat tomonidan umumiy tarzda foydalaniladigan erlar, ikkinchisi fuqarolarning xususiy erlari. Tinchlikni jamiyatning ravnaqi deb baholagan olim, urushlarni xuquqqa qarshi hodisa deb baholaydi. Arastu Sokrat va Aflotunning adolat va qonunning biri-biriga mos kelishi zarurliga g’oyasini himoya qiladi. Umuman olganda, huquq siyosiy hodisa bo’lgani uchun uni siyosiy huquq deb atasa bo’ladi. Tabiat qonunlari hamma joyda bir xil ahamiyatga ega bo’lib, tan olinishi yoki olinmasligiga qaramay mavjud bo’laveradi. Bundan tashqari, shartli huquq ham bor. U sharoitga qarab o’zgarib turishi mumkin. Tabiiy huquqlar ham shartli huquqlar ham davlat siyosatiga xizmat qiladi. Bu huquq normalari izchil, barqaror bo’lishi zarur.
Qonun siyosatga mos bo’lishi uchun avvlo qonunlar adolat asosida shakllanishi zarur. Arastu qadimgi dunyoning eng mashhur, genial tafakkur egasi edi. Uning asarlari asrlar osha o’z kuchini yo’qotmay qolmoqda. U voqealarni chuqur, ilmiy tahlil etishda o’z ustozi Aflotundan ancha o’zib ketgan edi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling