Bohodir eshov
Rim yuristlarining: huquqshunoslik fanlarining rivojiga qo’shgan hissalari haqida. Gay, Papinian, Pavel, Ulpian, Modestinlarning siyosiy qarashlari
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
3.Rim yuristlarining: huquqshunoslik fanlarining rivojiga qo’shgan hissalari haqida. Gay, Papinian, Pavel, Ulpian, Modestinlarning siyosiy qarashlari.
4.Xristian dinining paydo bo’lishi. Din va davlat o’rtasidagi munosabatlar. 1.Qadimgi Rimdagi asosiy siyosiy oqimlar. Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi ming yillarni o’z ichiga oladi va shu davr ichida Qadimgi Rimda o’zgarib to’rgan sotsial iqtisodiy, siyosiy-huquqiy qarashlarni voqealarni aks ettiradi. qadimgi Rim tarixi uch bosqichdan iborat. Podsholik (eramizgacha 754-510 y.), respublika boshqarish usuli (504-28 y), imperiatorlik (27 eramizgacha va 475 y). Yagona Rim imperiyasi eramizning 395 yili batamom bo’linib ketdi. G’arbiy (markaz Rim), Sharqiy (markazi Konstantinopol) Vizantiya imperiyasi-bular 1453 yilgacha yashab keldi. Qadimgi Rimdagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy qarashlar uzoq vaqt davomida turli qarama-qarshi kuchlar patritsiylar va plebeylar o’rtasidagi, to’xtovsiz kurashlar ichida shakllanib boradi va shu kuchlar nisbatini, manfaatlarini o’zida aks ettirdi. Qadimgi Rimdagi siyosiy-huquqiy institutlar va g’oyalar aholining turli tabaqalari — patritseylar va pleybeylar, nobilitetlar (patritseylar va boy pleybeylar) va kambag’allar, optimatlar (yuqori tabaqa tarafdorlari) va populyarlar (qo’yi tabaqalar erkinligi tarafdorlari), ozod kishilar va qullar o’rtasidagi uzoq davom etgan kurashlar davomida shakllanib, rivojlanib bordi. Qadimgi Rim tarixida plebeylarning asl “Rim xalqi” deb hisoblanuvchi, barcha siyosiy va fuqarolik huquqlarini o’z qo’llariga olgan patritseylar bilan teng mavqega erishish uchun olib borgan kurashi muhim iz qoldirdi. Bu kurash Rimning oltinchi podshohi Serviy Tulliy islohotlari boshlanishiga olib keldi. Ushbu islohotlar natijasida plebeylar mulkiy (ijtimoiy) ahvoliga qarab besh toifaga bo’linuvchi “Rim xalqi” tarkibiga kiritildi. Islohotlar davlat boshqaruvida boylar ustunligini ta’minladi. Plebeylar xalq yig’inida qatnashish, jamoat mulki va erdan o’z ulushiga ega bo’lish huquqini oldilar. Lekin plebeylar patritseylar bilan teng huquqqa ega bo’la olmadilar, natijada ular patritseylarning imtiyozlariga qarshi yana ko’p vaqt kurashishlariga to’g’ri keldi. Eramizdan avvalgi 494 yilda o’z mavqelaridan norozi bo’lgan plebeylarning Rimni tark etishlari natijasida hukmron doiralar yon berishga majbur bo’ldi. Ularni bu qarordan qaytarish maqsadida plebey (xalq) tribuni lavozimi ta’sis etildi. Tribun plebeylar manfaatini himoya qilish uchun ancha keng vakolatlarga ega bo’ldi. Ma’lumki, xalq yig’ini tomonidan har yili Rim respublikasining yuqori martabali amaldorlari hisoblangan ikki konsul saylanardi. Eramizdan avvalgi 367 yilga kelib xalq yig’ini tomonidan saylanadigan ikki konsulning biri albatta plebeylardan bo’lishi shartligi haqida qonun qabul qilindi. Plebeylarning ko’zga ko’ringan mafkurachilari va g’oyaviy rahnomalari aka-uka Tiberiy (eramizdan avvalgi 133 yil) va Gay Grakx (eramizdan avvalgi 122 yil)lar bo’lib, ular xalq tribunlari bo’lib saylangan davrlarda (tegishli ravishdava 123larda) ortiqcha erlarni tortib olish va ularni ersizlarga tarqatish, yo’llar qurish va oziq-ovqat narxini pasaytirish g’oyasi bilan chiqishadi. Bu choralarni amalga oshirish borasidagi ularning urinishlari yuqori tabaqalarning qattiq qarshiligiga uchraydi va oqibatda qurolli to’qnashuvgaashga aylanib ketadi, bu kurashda aka-uka Grakxlar ham halok bo’lishdi. Siyosiy jihatdan Grakxlar harakati davlat ishlarida senat va senatdagi konservativ guruhlar ta’sirini kamaytirishga, oddiy xalq ishtirokini ko’paytirishga qaratilgan edi. Gay Grakx sa’y-harakati bilan qabul qilingan sud qonuniga ko’ra shu paytgacha senat ixtiyorida bo’lgan sudyalar suvoriylar, ya’ni otliq chavandozlar qo’l ostiga o’tgandi. Bu qonun Rim respublikasi yuqori tabaqalariga qarshi kurashda senatga qarshi kuchlarning birlashishiga va demokratik ruhdagi harakatlarning kuchayishiga hissa qo’shdi. Nazariy jihatdan olganda, Qadimgi Rim siyosiy-huquqiy g’oyalari Qadimgi Yunoniston siyosiy-huquqiy ta’limotlarining sezilarli ta’siri ostida rivojlandi. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, eramizdan avval V asr o’rtalarida plebeylar yozma qonunlar talab qilishgan bir paytda Rim vakillari Yunonistonga u erdagi qonunchilik, ayniqsa Solon qonunlari bilan tanishish uchun yuborilgan edilar. Bu tanishuvning samaralari Qadimgi Rimning muhim huquq manbai — mashhur XII jadval Qonunlarini tuzishda foydalanilgan. Suqrot, Aflotun, Arastu, Polibiy singari yunon mutafakkirlarining qarashlari Qadimgi Rim mualliflariga katta ta’sir ko’rsatgan. Masalan, Demokritning odamlarning ma’lum tartibli siyosiy hayotga, davlat va qonunlar yaraltilgunga qadar bo’lgan taraqqiyoti haqidagi, Epikurning davlat va huquqning shartnomaviy (kelishuv) xususiyati to’g’risidagi mulohazalari Tit Lukretsiy Karning (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) “Buyumlarning tabiati haqida” dostonida rivojlantirilgan. Rim olimlari o’zlarining nazariy asarlarida yunon mutafakkirlarining tabiiy-huquqiy g’oyalarini, adolatli siyosat, davlat shakllari, “boshqaruvning aralash shakli” to’g’risidagi tasavvurlariga suyanishgan. Lekin shuni nazarda tutish lozimki, rimlik mualliflar o’zlaridan oldin o’tgan yunonistonlik mutafakkirlarning g’oyalarini shunchaki ko’chirib olgan emaslar, balki ularning nazariyalarini Rim voqeligidagi o’ziga xos ijtimoiy-siyosiy sharoitlar va vazifalardan kelib chiqib yanada rivojlantirganlar. Qadimgi Rimdagi siyosiy-huquqiy qarashlar qadimgi Yunonistonda shakllangan ijtimoiy-siyosiy qarashlar ta’sirida edi. Eramizgacha V asr o’rtalarida plebeylar yozma ravishdagi qonunlar tayyorlanishini talab qilib chiqdilar va Yunonistonga odamlar yuborib, ulardagi qonunchilik, davlatchilik asoslarini o’rganib kelish, xususan Solon davrida yaratilgan qonunlarga katta e’tibor berishni topshirdilar. Bu tajribalar puxta o’rganilib, nihoyat XII jadvaldan iborat bo’lgan qadimgi rim huquq normalarini ishlab chiqishga asos bo’ldi. Kadimgi Yunonistonning atoqli faylasuflari Sokrat, Aflotun, Arastu, Epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar kadimgi rim ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarning shakllanishiga kuchli ta’sir qildi. Qadimgi Rimda huquqshunoslik fanining rivojlanishi katta voqea edi. Rim huquqshunoslari huquqning umumiy nazariyasi muammolarini yoritib berdilar. Ayrim huquqshunoslik sohalari (davlat va huquq nazariyasi va ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, xalqaro huquq) mustaqil tarzda ishlab chiqildi. Rim huquqshunoslari jamiyat hayotida ro’y berayotgan yangiliklarning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar. Rim yuristlari tomonidan kashf qilingan huquqshunoslikka oid atamalar, fanlar bugun bizda ham o’rganilmoqda. Rim imperiyasida eramiz boshida xristianlik paydo bo’ladi. Ilk xristian ta’limotlari barcha erkinlik haqidagi qonunlarni, mavjud bo’lgan ko’plab tabiiy huquq g’oyalarini yangi din o’z nomidan, ilohiy ruh, xudoning ifodasi deb talqin qila boshaydi. Barcha odamlarning tengligi, uni odamlar o’rtasida qaror topishi zarurligi haqidagi g’oya muhim ahamiyatga ega edi. Xristianlikning paydo bo’lishi va jaxon dini sifatida kengayib, mustahkamlanib borishi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichlariga kuchli ta’sir qildi. Eramizning II asrida xristian jamoalarida axvol bir muncha o’zgaradi. Jamoa boshliqlarining hukmronligi mustaxkamlanadi, ular o’rtasida aloqa kuchayadi, ruhoniylar paydo bo’ladi. Cherkov ierarxiyasining paydo bo’lishi, diniy dogmatning kuchaytirib yubordi. Ilk xristianlik ta’limotlarida qulchilikni yo’qotishga, xususiy mulkchilikni bekor qilishga, odamlar o’rtasidagi notenglikni bartaraf etishga qaratilgan g’oyalar mavjud edi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling