Bohodir eshov


Qadimgi Hindistonda siyosiy ta’limotlar


Download 0.73 Mb.
bet6/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

3. Qadimgi Hindistonda siyosiy ta’limotlar
Qadimgi Hindistonda ilk bor paydo bo’lgan siyosiy va huquqiy qarashlar mifologiya va dastlabki dinlar ta’sirida shakllandi. Braxmanizm g’oyalari qadimgi Hindistonda erammzdan oldingi 2-ming yillikda paydo bo’lgan Vedallarda ifodalangan. «Veda» sankritda «bilim» degan ma’noni bildiradi. Eramizdan oldingi IX-VI asrda yaratilgan Hind yodgorligi Upanishadalarda braxmanizm yanada rivojlangan va konkretlashgan holda tasvirlandi. Veda va Upanishdalarda ta’kidlanishicha har bir odam draxma ya’ni, qonun, burch, odatlarga, tartiblarga rioya etishi zarur. Braxmanizm turli maktablari tashkil etuvchi dharmasutra va dharmashastrilar, xuquqiy to’plamlar braxmanizm mafkurasini vujudga keltiradi. Mashxur siyosiy va huquqiy yodgorlik «Manu qonunlari» eramizgacha II asrda yozma ravishda bunyod etildi. Unda Vedalar va Upanishadlardagi g’oyalar har tomonlama rivojlantirib ximoya etiladi. «Manu qonunlari» da asosiy e’tibor jazo belgilashga qaratiladi. Jamiyat varnalarga bo’lingan, ular o’rtasida notenglik mavjud. Eramizgacha VI asrda yashagan Siddhartxa braxmanizm va Vedda, Upapishaddagi g’oyalarni keskin tanqid qilib chiqdi va u o’zini «Ma’rifatli inson» Budda deb atadi. Uning uqdirishcha, Oliy hokimiyat xudo haqidagi g’oyalar insonni chalg’itadi, hamma gap insonning o’ziga bog’liq. U barcha siyosiy va huquqiy normalarni, ahloqiy tartibotlarni odamlar o’zlari yaratib olishlari kerak deb ko’rsatadi.
Buddizmga xos bo’lgan jazo choralarini cheklash xaqidagi fikrlar «Dxammpadada»da uchraydi. Insonning aybi tasdiqlanmasdan uni jazolash mumkin emas. Buddizmda dxammani ulug’lash, qonunlikni ulug’lash degan gap edi. Buddizm asta-sekin barcha ijtimoiy siyosiy voqealarga, shu jumladan davlat faoliyatiga o’z ta’sirini o’tkaza boshladi. Garchi buddizmda asosiy g’oya har insonning o’zi o’zini shakllantirib, nihoyat nirvanga ruhan yuksalib borishi bilan bog’liq bo’lsada, ammo bu yangi dinning ko’p tomonlari erdagi hayot bilan bog’liq edi. Shuning uchun ham eramizgacha 268-232 yillarda hokimiyatni boshqargan Ashoka buddizmni davlat dini deb e’lon qiladi. Buddizm shu tariqa janubiy-sharqiy mamlakatlarning bir qanchasiga tarqaldi.
IV-Sh asrlarda (eramizgacha) yaratilgan Artxashastrada davlatning mohiyati, vazifalari, qonunlarning yaratilishi va amal qilishi borasida braxmanizmdan farqli ular real g’oyalari ifodalanadi. Vazir va maslahatchi Kautilya bu kitobning muallifi deyiladi. «Axtrashastra» dunyoviy ta’limotlarning kengayib, chuqurlashib borishida katta rol o’ynaydi. Bu kitobda har bir siyosatning, qonunning nechog’li amaliy foydasi borligiga asosiy e’tibor qaratildi. Bu qonunlar odamlarning hayotini, davlat faoliyatini to’g’ri aks ettirishi zarur.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling